O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


pedagogik fikrlar taraqiyoti


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

pedagogik fikrlar taraqiyoti 
 
Reja: 
1. Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. 
2. Jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari. 
3. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodi va pedagogik faoliyati. 
4. Munavvar Qori hayoti va ijodi. 
5. Abdurauf Fitrat ko‘p qirrali olim va ma‘rifatchi. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Jadid,  diniy  fanatizm,  usuli  saftiya,  qadimistlar,  gimnaziya,  progimnaziya,  rustuzem, 
jadid maktabi, darslik, dastur, jadval, sinf-dars va hokazo. 
 
XIX asrning boshlariga kelib Turkistonda islom dini keng tarqalib, mustahkam o‘rnashib 
o‘z  mavqyeiga  ega  edi.  Bu  davrga  kelib  diniy  e‘tiqod  asosiy  tarbiya  kuchi  sifatida  maydonga 
chiqdi.  Islom  dini  murakkab  ta‘limot  bo‘lganligidan  u  turlicha  talqin  qilina  boshladi.  Islom 
dinida  turli  xil  oqimlar  vujudga  kela  boshladi.  Bu  holat  islom  dinini  sofligi  uchun  kurashuvchi 
ilg‘or kishilarni qoniqtirmas edi. Shuning uchun ham Buxorodagi ma‘rifatparvarlar, musurmon 
ruhoniylar va ziyolilar orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom  diniga kirib  qolgan 
bid‘atlarni isloh qilish  fikri  paydo bo‘la boshladi. Shunday islohot  tarafdorlarini jadidlar,  ya‘ni 
yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar.  
«Jadid»  -  so‘zi  arabcha  so‘z  bo‘lib,  «yangi»,  jadidizm  esa  yangilik  tarafdorlari  degan 
ma‘noni anglatadi.  
XIX asr boshlarida qancha ma‘rifatparvarlar, mudarislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin 
madrasani  isloh qilish  g‘oyasi  bilan chiqdilar.  Bu harakat  boshida madrasa mudarisi Abu Nasr 
al-Kursaviy  turgan.  Ammo  kadimistlar  oqimi  ularni  kofirlikda  ayblaydilar  va  Buxoro  amiri 
Kursaviyni  o‘lim  jazosiga  hukm  etadi.  Abu  Nasr  al-Kursaviy  zindondan  qochishga  muvofiq 
bo‘ladi va Qozonda o‘z faoliyatini davom ettiradi.  
XIX  asrning  50-60  yillarida  diniy  islohotchilik  harakati  yanada  kengaydi.  Jadidchilik 
harakati  boshida  buxorolik  mudaris  va  tarixsi  olim  Marjoniy,  g‘ijduvonlik  domla  Fozil, 
Mo‘minjon Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa mudarislar turar edilar.  
Islohotchilar bu davrda Marjoniy rahnamoligida quyidagi masalalarni oldinga surdilar:  
1. Qur‘ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o‘zlari erkin fikr 
yuritsinlar. 
2. Birovning birovga ko‘r-ko‘rona ergashishi qat‘iy mann qilinsin
3. Madrasalarda o‘qitiladigan hoshiya va shrq  kabi mazmunga ega bo‘lgan va madrasa 
o‘quvchilari  uchun  foydasiz  bo‘lgan  hamda  ularning  vaqtini  bekorga  oluvchi  darslar  dars 
jadvallaridan olib tashlansin
4.  Madrasalarda  Qur‘oni  Karim,  Hadisi  Sharif,  ularning  tarjimalari  va  islom  tarixi  kabi 
darslar o‘tilsin; 
5.  Arifmetika,  tarix,  jug‘rofiya,  tabobat,  handasa,  mantiq  va  boshqa  dunyoviy  fanlarni 
o‘qitishga qarshilik ko‘rsatilmasin. 


6. Har bir ishda musulmonchilikning Muhammad Alayhissalom davridagi qadimiy islom 
madaniyatiga qaytarish ko‘zda tutilmasin.  
XIX asrning 80-90  yillaridagi jadidchilik harakatining keng  yoyilishida Munavvar Qori, 
Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Said  Ahmad  Siddiqiy,  Abdulla  Avloniy,  Abdurauf  Fitrat, 
Muhammadsharif So‘fizoda va boshqalar jonbozlik ko‘rsatgan.  
Jadidlar  1906  yilda  «Taraqqiy»  deb  nomlangan  gazeta  nashr  ettirib,  o‘z  g‘oyalarini 
tarqata  boshladilar,  oradan  ko‘p  o‘tmay,  «Xurshid»,  «Shuxrat»  singari  yangi  gazetalar  dunyo 
yuzini  ko‘rdi.  Bu  gazetalarda  jadidchilik  harakatining  asosiy  g‘oyalari  talqin  qilinar  va 
muhokamaga tashlanar edi.  
Bu  davrda  jadidlarning  harakat  dasturi  tuzilib,  u  quyidagi  masalalarni  hal  qilishga 
qaratilgan edi: 
1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash (ko‘r-ko‘rona e‘tiqod); 
2. Diniy aqidalarga asoslangan O‘rta asr maktablari o‘rniga Ovro‘pa qabilidagi dunyoviy 
ilmlarni  ona  tilida  o‘qitishga  moslangan  yangi  usuldagi  maktablarni  tashkil  etish,  feodal  davri 
maorif tizimini isloh qilish
3.  Jadidchilik  g‘oyalarini  keng  xalq  ommasiga  yetkazish  niyatida  yangi  o‘zbek  adabiy 
tilini  ishlash  chiqish,  matbuot  xurligi    uchun  kurashish,  xalq  ommasiga  tushunarli  adabiyot  va 
teartni yaratish; 
4.  Xotin-qizlarni  paranjidan  chiqarish  va  jadid  maktablariga  qatnashishlarini  ta‘minlash 
yo‘li bilan ular taqdirini o‘zgartirish va oilada islohot o‘tkazish; 
5. Mahalliy boylar va savdogarlar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi 
bilan  bir  huquqda  bo‘lishi,  mahalliy  amaldorlarning  chor  hukmdorlari  tomonidan  siquvga 
olishiga qarshi kurashish, shu yo‘l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish. 
Asosiy talablari ana shundan iborat bo‘lgan jadidlar uchun ilm va ma‘rifat yagona qurol 
bo‘lib,  ular  shu  qurol  yordami  bilan  o‘lkada  ijtimoiy  iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyot  uchun 
kurashmoqchi bo‘ldilar.  
Markaziy  Osiyo  jadidchilik  haqida  gap  ketganda  buni  Behbudiy,  Munavvar  qori,  Fitrat 
kabi ma‘rifatparvarlarning ijodi va faoliyatini alohida o‘rganish maqsadga muvofiq. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling