O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Munavvar Qori Abdurashidxon


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
Munavvar Qori Abdurashidxon 
Adburashidxon Sotiboldixon Olim o‘g‘li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining 
markaziy  dahasi  –  Shayx  Xolvand  Taxurning  Darxon  mahallasida  mudarris  Abdurashidxon  va 
Xosiyat  Otin  oilasida  dunyoga  keldi.    U  7  yoshida  otasidan  ajraydi.  Dastlabki  ta‘limni  onasi 
Xosiyat  Otindan  oladi,  xat-savodi  chiqqach  o‘sha  davrdagi  yirik  maktablardan  biri  –  Usmon 
domlada  o‘qiydi,  so‘ng  Toshkentdagi  Yunusxon  madrasasida  tahsil  ko‘radi.  U  1901  yili  jadid 
maktabini  ochib,  bolalarni  o‘qitadi.  Bu  maktabda  beshi  yillik  bilimni  uch  yilda  berishga 
muyassar bo‘ladi.  
Munavvar Qori ochgan yangi usul «namuna» maktabida bir necha yuz bola o‘qigan. Bu 
maktabda  tayyorgarlik  ancha  jiddiy  bo‘lgan  iste‘dodli  yoshlar  o‘qituvchilik  qilgan.  Munavvar 
Qorining  o‘zi  esa  jadid  maktablari  uchun  yangi  tovush  «usuli  savtiya»  usulida  darsliklar  – 
«Adibi  avval  alifbosi»  (birinchi  adib  1907),  «Adibi  soniy»  (ikkinchi  adib  1907),  «Yer  yuzi» 
(Jug‘rofiya),  «Havoijon  diniya»  (1907)  kitoblarini  yozib  chop  ettirgan.  Bular  o‘lkadagi  jadid 
maktablari uchun asosiy darsliklar sifatida bir necha bor qayta nashr etildi.  
Munavvar  Qori  o‘z  fikrdoshlari  Ubaydulla  Xo‘jayev,  Abdulla  Avloniy,  Toshpulatbek 
Norbutabekov,    Karim  Norbekov  va  boshqalar  bilan  hamkorlikda  1909  yilda  Toshkentlik  bilr 
boyning raisligida «Jamiyati hayriya»ni tashkil etadi.  
Munavvar  Qori  va  safdoshlari  bu  jamiyat  orqali  qashshoq  va  kasalmand  kishilar 
o‘qiuvchilarga  yordam  ko‘rsatadilar,  Rusiya  va  Turkistondagi  oliy  o‘quv  yurtlariga  talabalar 
yuborish bilan shug‘ullanadilar. U millat bolalarini savodxon qilishdek bunday savob ishga faqat 
«To‘ron» jamiyati a‘zolarining jalb etibgina qolmasdan, balki mahalliy boylarning ham boshini 
qovushtirib,  ularning  e‘tiborini  bu  hayrli  ishga  tortadi.  Munavvar  Qori  nomi  faqatgina 


Turkistonda  mashhur  bo‘lmay,  balki  Markaziy  Osiyo,  Rossiya  musulmonlari  uchun  ham 
tabarruk edi.  
O‘zbek xalqini ma‘rifatli qilishga intilgan Munavvar Qori 1918 yil may oyida Toshkent 
shahrida «Turk o‘chog‘i» ilmiy – madaniy jamiyatini tuzadi.  
1918  yil  9  aprelda  Munavvar  Qori  uyida  to‘plangan  jadidlar  Turkiston  xalq 
dorilfununining  musulmon  bo‘limini  tashkil  etish  maqsadida  9  kishidan  iborat  tashkilot 
komissiyasini  tuzadi.  Komissiyaga  Munavvar  Qori  Rais  qilib  tayinlangan.  Komissiya  22  kun 
ichida  musulmon  bo‘limi  dasturlarini  tuzadilar.  Dorilfununning  musulmon  va  o‘ris  bo‘limi  3 
bosqichdan iborat bo‘lishi belgilanadi.  
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o‘zbeklar uchun maxsus 
o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi – «Dorilmuallimin» ochildi.  
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar 
maorif  xodimlari  quriltoyida  ishtirok  etib,  maktab  bo‘limiga  a‘zolikka  saylandi.  Do‘stlari  va 
shogirdi  Qayum  Ramozon  va  Shorasur  Zunnun  bilan  xamkorlikda  uch  bo‘limdan  iborat 
«O‘zbekcha til saboqlari» kitobini (1925) nashr ettirdi. Munavvar Qori insonlarni faqat olijanob 
fazilatlarga,  yoshlarni  halol  mehnat  qilishga,  ilm-ma‘rifat  va  kasb-hunar  o‘rganishga  rostgo‘y 
bo‘lishga  chorladi.  Ammo  Munavvar Qori 1926  yili  GPU tomonidan qamoqqa olinib,  «Yovuz 
niyatli jadid va turkparast», «millatchi», «xalq dushmani» sifatida 1931 yili otishga hukm qilindi.  
Aslida  Munavvar  Qori  o‘z  xalqining  xur,  millat  sifatida  shakllangan,  ijtimoiy-siyosiy 
jihatdan barkamol bo‘lishini orzu qilgan va shu yo‘lda istiqlol uchun kurashgan ma‘rifatparvar 
edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling