Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish


Otlarda kelishik ma'nolari, shakli va vazifasi


Download 112.5 Kb.
bet2/3
Sana09.11.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1759045
1   2   3
Bog'liq
Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish.

2. Otlarda kelishik ma'nolari, shakli va vazifasi.
Otlarda oltita kelishik mavjud bo'lib, har bir kelishikning o'z shakli ma'nosi va sintaktik vazifasi bor.
1) Bosh kelishikda kelgan ot umuman shaxs, predmet, voqea-hodisalarning nomini ataydi, gapda, asosan, ega vazifasini bajarishga mos shaklda bo'ladi.
Bosh kelishikda kelgan otning kelishik qo'shimchasi yo'q, ya'ni nol ko'rsatkichli shaklda bo'ladi. Bosh kelishik shaklidagi ot kim? Nima? va qayer? So'roqlaridan biriga javob beradi.
Bosh kelishikda kelgan otlar gapda turli vazifalarda keladi:
A) Asosan ega vazifasini bajaradi:
Ximmatlilik o'zining saxovati, mehr-muhabbati bilan odamlar qalbiga singib ketadi. (U. Maxkamov)
B) Kesim vazifasida keladi: Toshkent-tinchlik shahri
V) Izohlovchi vazifasida kelganda, kasb, hunar, unvon, taxallus, jins, qiyoslash kabi ma'nolarni anglatadi:
Navro'zda-Ona tabiat uyg'onadi.
G) Sifatlovchi vazifasida keladi:
Po'lat pichoq qinsiz qolmas (Maqol)
D) Undalma vazifasida kelganda, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydi:
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
YE) Nominativ (atov)gap tarzida keladi:
Subhidam. Quyosh yotoqidan bosh ko'tardi. (P.G'.)
Ё) Bundan tashqari bosh kelishikda kelgan ot ko'makchi holda kelganda, to'ldiruvchi va hol vazifasini ham bajaradi:


Igna bilan quduq qazib bo'lmas. (Maqol) Ular tong bilan yo'lga chiqqan edilar. (J.Abd). Yuksal quyosh kabi, yuksal oy kabi, Sen bilan bezalsin yurting fazosi (Uyg'un)
2)Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglatilgan predmetga yoki shaxsga qarashli ekanligini ifodlaydi. Qaraqich kelishigida kelgan ot kimning? nimaning? qayerning? Kabi so'roqlardan biriga javob beradi, -ning qo'shimchasi orqali shakllanadi.
Masalan: Hayotga go'zallikning manbai soddalikdir.
Ba'zan she'riyatda qaratqich kelishigi qo'shimchasi -n shaklida ham qo'llanadi: Kimki boqmabdir ishin poyoniga, Hech hisobi bo'lmaygay armoniga.
Qaratqich kelishigida kelgan ot doimo egalik qo'shimchasini olgan ot blian bog'lanadi va qaratqich qaralmish munosabatini hosil qiladi: kitobning varag'i, daraxtning bargi kabi.
Qaratqich kelishigida kelgan ot gapda aniqlovchi turi qaratuvchi aniqlovchi vazifasida keladi.
Masalan: Guruchning kurmagi bor. Yomonning to'kmog'i bor (Maqol).
Qaratqich kelishigida kelgan ot ikki xil belgili yoki belgisiz shaklda qo'llanadi. Belgili shaklda qo'llangan ot -ning qo'shimchasi bilan ifodalanadi.
Belgisiz shaklda qo'llangan ot -ning qo'shimchasi bilan ifodalanadi.
Masalan: Kasbning yomoni yo'q (Maqol)
3)Tushum kelishigida kelgan ot ish-harakatni o'z ustiga olgan predmetni anglatadi. Tushum kelishigida kelgan ot kimni? Nimani? qayerni? Kabi so'roqlardan biriga javob berib, -ni qo'shimchasini qo'shish orqali shakllanadi.
Masalan: Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda (X.O.)
Ba'zan she'riyatda tushum kelishigi qo'shimchasi -n, -ni shaklida ham qo'llanadi: olmazorlar gulin to'kadi, Seva bog'lab shoxin bukadi. (X.O.)
Tushum kelishigida kelgan ot doimo fe'l bilan bog'lanadi va gapda vositasiz to'ldiruchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Onangni kaftingda tutsang, Singlingni kaftingda tut (Maqol)
Tushum kelishigi 2 xil -belgili yoki belgisiz shaklda qo'llanadi: Belgili shaklda qo'llangan ot -ni qo'shimchasi bilan ifodalanadi. Belgisiz shaklda qo'llangan ot -ni qo'shimchasi bilan qo'llanmaydi.
Masalan: Nosirov Saidani uzoqdan ko'rishi bilan o'rnidan turdi (A.Q.) Gul tufayli tikan suv ichar (Maqol)
Belgisiz shaklda qo'llangan otning tushum kelishigida ekanligi mazmunidan; fe'lga bog'lanishidan anglashilib turadi. Belgisiz tushum kelishigidagi ot fe'l kesim bilan ma'no va grammatik jihatdan juda zich bog'langan bo'lib, ular orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi.
4)Jo'nalish kelishigi shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetning ish-harakat yo'naltirgan o'rin, vaqt, sabab yoki ish-harakatning bajaralishida vosita ekanligini anglatadi.
Jo'nalish kelishigida kelgan ot kimga? nimaga? qayerga? qachon? nega? kabi so'roqlaridan biriga javob beradi. -ga (-ka, -qa) qo'shimchalari bilan shakllanadi.
Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidasiga binoan jo'nalish kelishigi qo'shimchasi k undoshi bilan tugagan so'zlarga -ka tarzida: terak-terakka, bezak-bezakka kabi; qishloq-qishloqqa, buloq-buloqqa kabi; qolgan barcha hollarda -ga razida qo'shiladi: tog'-tog'ga, barg-barga, maktab-maktabga kabi.
Masalan: Kumush bu gapga ajablanar, to'g'rsi shodlanar edi (A.Q.)
Yerga qarasang, bog' bo'lar Ko'ngil ochilib chog' bo'lar (Maqol)
Jo'nalish kelishigida kelgan ot turli xil ma'nolarga ega. Shunga ko'ra jo'nalish kelishigida kelgan otlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
A) Harakatning bajarilishida vosita bo'lgan predmet yoki shaxsni anglatib, kimga? Yoki nimaga? So'rog'iga javob beradi va gapda vositali to'ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Masalan? Quyosh gullar yuzini shu'lllarga beladi (U) maslahat Abdurasulning haloyiqqa nima deyishi lozimligi ustida bo'ldi (P.T.)
B) Harakat yo'nalishi o'rinni anglatib qayerga? so'rog'iga javob beradi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Ular faqat kechga yaqin qalin o'rmon bilan o'ralgan kichkinagina bir qishloqqa yetib kelishdi. (A.Raxmat)
V) Harakatning bajarlish vaqtini anglatib, qachon? qachongacha? kabi so'roqlardan biriga javob beradi va gapda payt holi vazifasini bajaradi.
Masalan: To'y ko'klamga qoldirildi (O). Agar she'r baxsh etolsa zavq, Quvonardim butun umrga (Uyg'un).
G) Harakatning bajarilishi maqsadini anglatib, nima maqsadda? So'rog'iga javob beradi va gapda maqsad holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Toshkentga o'qishga keldi.
D) Harakatning bajarilish sababini anglatib, nima sababdan? Nega? so'rog'iga javob beradi.
Masalan: G'ulomjon uy tarovati va saranjomiga havasi kelib o'tirdi (M.Ismoiliy).
YE) Bundan tashqari jo'nalish yelishigida kelgan otlar ko'makchi holda ham kelib, gapda hol vazifasini bajaradi.
Masalan: O'qtam o'z kolxoziga tomon otini asta haydadi. (O). Ochilning gapiga rosa so'z qidirdi, lekin topa olmadi.
5)O'rin-payt kelishigi shaklidagi ot ish-harakat yoki predmetning bajarilish o'rnini, vaqtida yoki ish-harakatning bajarilishida vosita ekanligini anglatadi.
O'rin-payt kelishigida kelgan ot kimda? Nimada? qayerda? qachon? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. -da qo'shimchasi bilan shakllanadi.
Masalan: Oltin o'tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol).
O'rin-payt kelishida kelgan ot gapda quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
A) harakatning bajaralishida vosita bo'lgan predmet yoki shaxsni anglatib, kimda? yoki nimada? so'rog'iga javob beradi va gapda vositali to'ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Insonlarda umid bo'lmasa, hayot lazzati yo'qolur edi.
Yashnagan el tillarda doston, qulug' nomi hur O'zbekiston (M.Shayxzoda)
B) xarakatning bajarilish o'rnini anglatib, qayerda? So'rog'iga javob beradi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Ishkomda tug'ilib, chaylada katta bo'lgan bu istarali yigit sohibkorlikni o'n besh yoshidayoq egallab, san'at darajasiga ko'targan edi. (A.Muxtor).
V) harakatning bajaralishi paytini anglatib, qachon? So'rog'iga javob beradi va gapda payt holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Yozda qilingan mehnat, Kuzda ko'rsatar himmat (Maqol)
G) harakatning bajarilish holatini anglatib, qanday? qay tarzda? Kabi so'roqlardan biriga javob berib, ravish holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Ular musiqani chuqur sukutda tinglar edi.
D) harakatning bajarilish sababini anglatib, nega? nima uchun? So'roqlaridan biriga javob beradi va sabab holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Kattalikni bilmas bir yaxshi odam, saxiylikda yo'lda qolibdi hotam (F. Yo'ldosh)
YE) o'rin-payt kelishigda kelgan ot kesim vazifasida kelib, predmet yoki hodisaning bo'lish o'rni, payti, holati hamda vosita bo'lgan predmetni anglatadi.
Masalan: Aql yoshda emas, boshda (Maqol) Yigit moli-yerda (Maqol). Tejab yegan darmonda, tejamagan-armonda. (Maqol). Oy tunda kerak, aql-kunda (Maqol)
6) Chiqish kelishigi shakldiagi ot ish-harakatning kelib chiqish manbai o'rni, sababi bo'lgan predmetni yoki ish-harakatning bajarlishida vosita bo'lgan predmetni ifodlaydi.
Chiqish kelishida kelgan ot kimdan? nimdan? qayerdan? qachon? nega? kabi so'roqlardan biriga javob beradi va gapda -dan qo'shimchasi orqali shakllanadi.
Masalan: Gavhar balchiqqa tushgani bilan qimmati ushalmas va o'z bahosidan qolmas (I.Sulton)
Chiqish kelishigida kelgan ot gapda quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi.
A) harakatning bajarilishida vosita bo'lgan predmetni anglatib, kimdan? nimadan? so'rog'iga javob beradi va gapda vositali to'ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Ochilib ёqqan havodan kulib boqqan odamdan qo'rq (maqol)
B) xarakatning bajarilish o'rnini anglatib qayerdan so'rog'iga javob beradi, gapda o'rin-xol vazifasini bajaradi.
Masalan: Yormat shahardan piyoda qaytib, o'lguday horigani uchun hamma otlarga Yo'lchi qaradi (O)
V) harakatning bajarilish paytini anglatib, qachon so'rog'iga javob beradi, gapda payt holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Ikkalasi yoshlikdan birga o'sishgan.
G) harakatning bajarilish sabbaini anglatib, nega? nima uchun? so'roqlaridan biriga javob beradi va gapda sabab holi vazifasini bajaradi.
Masalan: Yodgor cholning soddaligidan huzur qilib kuldi.
D) Shu bilan birga chiqish kelishigida kelgan otlar ko'makchi holda ham kelib, gapda to'ldiruvchi va hol vazifasini bajaradi.
Masalan: Tursunalidan boshqa hamma ishga chiqdi (U). Ovqatdan so'ng mehmonlar o'rinlaridan turishdi (A.Qodiriy)
Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik kategoriyasi deb aytiladi. Otning kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik affikslari esa turlovchi affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi (sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda, kelishiklar o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik jarayonning tugallovchi shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa o‘tkazuvchi, uni nutqiy jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi.
Kelishik kategoriyasi, asosan, ot turkumiga xos bo‘lib, ular ot tipli so‘zlar, ya’ni olmosh, harakat nomi, jamlovchi sonning ba’zi ko‘rinishlariga ham bevosita qo‘shila oladi: Menga, sendan, kimni, nimani, barchaga, o‘qishga, beshovimizga kabi.
Kelishik affikslari sifat, son va ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, fe’lning sifatdosh shakli, ba’zi alohida yordamchi so‘zlar guruhiga qo‘shilganda, ularni otlashtiradi. Boshqacha aytganda, kelishiklar otlashadigan so‘zlar bilan faqat sintaktik vazifa talabiga ko‘ra birikadi: Yaxshidanot qoladi, yomondan dod. (Maqol) Birni kessang o‘nni ek. (Maqol) O‘qigan o‘qdan o‘zar. (Maqol) Mana shunda gap ko‘p. Aravaning g‘ichir-g‘ichiridan cho‘chidi.
Kelishiklar belgili va belgisiz holda, ya’ni turlovchi affikslar bilan yoki turlovchi affikslarsiz ishlatiladi. Belgili ishlatilish barcha kelishiklarga xos hodisadir. Belgisizlik esa quyidagi kelishiklarda uchraydi: a) qaratqich kelishigi belgisiz qo‘llaniladi: cho‘l bag‘ri, maktab bog‘i; b) tushum kelishigi belgisiz qo‘llanadi: ariq qazimoq, ko‘chat o‘tqazmoq kabi.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z shakli va ma’nosi hamda sintaktik vazifasiga ega. Ular o‘zi birikadigan boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: 1) qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi va moslashuvli birikma hosil qiladi: kitobning varag‘i, odamning gavdasi; 2) tushum, jo‘nalishi, o‘rin, chiqish kelishiklari ot bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi va boshqaruvli birikma hosil qiladi: kitobni o‘qidi, kitobda ko‘rdim, kitobga qaradi, kitobdan oldim kabi.
Makon va zamon kelishiklari nomi bilan yuritiluvchi jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham birika oladi: otdan baland, itdan past, uyat o‘limdan qattiq, xalqimga aziz.
1-§. Bosh kelishik. Bosh kelishik boshqa kelishiklarga zid holda ko‘rsatkichsizdir. Bu kelishikdagi so‘zlar kim? nima? qayer? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Bosh kelishik otning bosn shakli bo‘lib, u egalik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan qo‘llanganda ham o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi: kitob, kitoblar, kitobim. Bosh kelishikdagi so‘z boshqa so‘zlar bilan quyidagicha ikki turdagi munosabatga kirishadi:
1.Qo‘shma so‘zlar yasalishida ularning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etib, tobe munosabatli mikrosintagmatik butunlik hosil qiladi: toshko‘mir, oshqozon, jigar rang, kul rang, tamom bo‘lmoq, hayron bo‘lmoq, qaror qilmoq, va’da bermoq.
2.Bosh kelishikdagi ot takroriy (teng munosabatli mikrosintagmatik aloqada) qo‘llanib, o‘z lug‘aviy ma’nosidan tashqari miqdoriy ortiqlik, kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlariga ega bo‘ladi: ombor-omor g‘alla, guruh-guruh odam, quchoq-quchoq gul.
makrosintagmatik munosabatni shakllantirishda ishtirok etadi
Gapda ega vazifasini bajaradi: Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi. Toshkent-do‘stlik shahri. 2. Kesim yoki uning ot qismi vazifasini bajaradi: Mustaqillik-buyuk ne’mat. Hunarlining qo‘ligul. Anvarning akasi fermer ekan.
Izohlovchi vazifasini bajaradi: Majlisda professor Mamatov nutq so‘zladi.
Sifatlovchi vazifasida qo‘llaniladi: Asfalt yo‘ldan mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turar edi.
Bosh kelishikdagi otlar bilan, uchun, uzra, haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari bilan birgalikda vositali to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Ona o‘g‘ilchasini oq choyshab bilan o‘radi.
Payt bildiruvchi otlar bilan birikib, hol vazifasida kelishi mumkin: Shu kuni Odilbek mehmon kutmoqda edi.
Bosh kelishikdagi ot yakka yoki birikmali holda atov gap vazifasini bajaradi: Izg‘irin shabada hushtak chalib turibdi
8.Undalma vazifasini bajaradi: Chimxo‘rsan-da, qizim, shu ham osh yeyishmi? (A.Qod.) 2-§. Qaratqich kelishigi. Narsaning shu kelishikdagi otdan angla-shilgan boshqa narsaga qarashli ekanini bildiradi va kimning? Nima-ning? qayerning? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Qaratqich kelishi-gining asosiy morfologik ko‘rsatkichi –ning: ishning samarasi, uyning jihozi, dalaning havosi. She’riyatda –n, -im shaklida ham ishlatiladi: Har bolam ufurgan nafasin atri- she’rimning eng yetuk, eng yaxshi satri (G‘.G‘.). O‘zbekiston-vatanim manim (A.O.). Men, sen kabi kishilik olmoshlaridan keyin –ing tarzida qo‘shiladi: Men+ing, sen+ing.
Qarluq lahjasiga kiruvchi markaziy shahar shevalarida, so‘zlashuv nutqida –ni shaklida ham ishlatiladi va tushum kelishigi bilan shakldoshlikka ega bo‘ladi: Yomonni bir qilig‘i ortiq.
Qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘pincha egalik affiksini olgan ot bilan birikadi. Bunda qaratqich kelishigidagi so‘z qaratqich, egalik affiksini olgan ot esa qaralmish deb nomlanadi.
Qaratqich kelishigi belgili va belgisiz ishlatiladi. U belgili qo’llan-ganda qarashlilik ma’nosi ta’kidlanib, aniq anglashilib turadi: daraxt-ning ildizi, Dehqonlarning hayoti. Belgisiz qo‘llanganda esa qaratqich va qaralmish asosida anglashilgan qarashlilik ma’nosi umumiy, mav-hum bo‘ladi. Bunda so‘zning qaratqich kelishigida ekanligi qaralmish-dagi egalik affiksi orqali anglashilib turadi: daraxt ildizi, dehqonlar hayoti. Ba’zan qaratqich ham, qaralmish ham belgisiz qo‘llanilib, so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik aloqa mazmun orqali anglashiladi: O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo‘ldi (Bobur.).
Bu kelishik leksik va grammatik ma’nolar talabiga ko‘ra quyidagi hollarda belgisiz ishlatilishi mumkin:
1.Qaratqich kelishigidagi so‘z mavhum ot bo‘lganda: vijdon amri, hayot mazmuni, kuy sehri, umr savdosi, til birligi.
2.Qaralmish payt ma’nosini anglatuvchi so‘z bo‘lganda: tush vaqti, tong mahali, yoz chog‘i, ko‘klam payti.
3.Qaratqich tur-nav ma’nosini bildirganda: bug‘doy uni, chigit yog‘i, cho‘l qovuni, mahalla markazi, yoshlar markazi, kamolot tashkiloti.
Qaratqich qaratqich bilan bog‘langanda: madaniyat rivojining shartlari, O‘zbekiston madaniyatining negizi kabilar shular jumlasidan-dir.
Gapda qaratqich kelishigidagi so‘z qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bu yerdan hovlining bog‘cha va polizning qarovsizligi yana ham yaqqolroq ko‘rinar edi (A.Q).
Qaratqich kelishigidagi so‘z belgili va belgisiz shaklda ba’zi ko‘makchilar bilan munosabatga kirishib, ular bitta sintaktik vazifani, ya’ni to‘ldiruvchi yoki hol vazifasini bajaradi: Erkak qaddi to‘g‘risidagi gapi mening uchun ham yangilik (A.Q).Ovqat orqasidan choy berildi (A.Qod). Olimxon kavak orasiga kirib ketdi (O). 
3-§. Tushum kelishigi. Ish-harakatni o‘ziga qabul qilgan narsani anglatib, kimni? nimani? qayerni? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Tushum kelishigining asosiy ko‘rsatkichi –ni bo‘lib, mazkur kelishik bilan shakllangan so‘z hamma vaqt o‘timli fe’l bilan birikadi: hayotni tushunmoq, vazifani bajarmoq, bahorni his qilmoq, dalani aylanmoq.
She’riy nutqda tushum kelishigi –n shaklida ishlatiladi: Tinim yo‘q, har nafas sep yozar, bahor yozib o‘z tugunchagin (H.O.). 
Tushum kelishigi men, sen olmoshlaridan so‘ng va mumtoz she’riyatda –i shaklida ishlatiladi: Men+i tanimay, sen+i tanibdi. Adl qulog‘ila eshit holim+i (Muqimiy.).
Tushum kelishigi belgili va belgisiz ishlatiladi. Atoqli va shaxs bildiruvchi otlar, egalik affiksini olgan turdosh ot, aniqlovchi olgan ot, harakat nomi, olmosh, son, sifat, ravish va boshqa otlashadigan so‘zlar tushum kelishigi bilan turlansa har doim belgili bo‘ladi: Navoiyni oldim qo‘limga (H.O.).Yo‘lchi titroq qo‘llari bilan Gulnorning sochlarini asta siladi (O.). Egilgan boshni qilich kesmas. Bo‘linganni bo‘ri yer.(Maqol)
Tushum kelishigidagi so‘z, asosan, bir turdagi narsani ifoda qilib, uni ta’kidlash lozim bo‘lmaganda belgisiz qo‘llanadi: «Eshon hey» degani esa «Hovliga borib ayt, nozik mehmon olib kelaman»degani bo‘lar ekan (A.Q). Shoirlari g‘azal yozadi, botirlari kanal qazadi (H.O).
Tushum kelishigining doim belgisiz ishlatilishi, ma’no kasb etmoq, farzand kutmoq, quloq solmoq singari turg‘un birikmalarda ham uchraydi.
Tushum kelishigidagi so‘z gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Umrini ilmga bag‘ishlagan odam abadiy umrga erishadi. O‘n sakkizga kirgan odam olamni ming xil jilvada ko‘radi…(S.A).
4-§. Jo‘nalish kelishigi. Ot orqali ifodalangan narsaning harakat yo‘nalgan o‘rin, vaqt, sabab yoki ish-harakatning bajarilishida vosita ekanligini anglatadi. Jo‘nalish kelishigining affiksi –ga bo‘lib, k yoki g undoshi bilan tugagan o‘zakka –ka, q yoki g‘ undoshlari bilan tugagan o‘zakka esa – ga tarzda qo‘shiladi: uy+ga, ish+ga, jamiyat+ga, kitob+ga, oila+ga; bezak+ga-bezakka, barg+gabarkka, bog‘+ga-bog‘ga, qishloq+ga-qishloqga kabi.
Jo‘nalish kelishigi affiksi she’riyatda va o‘g‘uz lahjasida –a shaklda ham uchraydi: Lozim siza har tilni biluv ona tilidiyek, Bilmakka ani g‘ayrat eting foydayi kondur (Avaz O‘tar.). Bu kelishik affiksi ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shilganda n undoshi orttiriladi: bu+n+ga, shu+n+ga, u+n+ga. Jo‘nalish kelishigi, asosn, belgili ishlatiladi. Uning belgisiz ishlati-lishi juda kam uchraydigan hodisalardan bo‘lib, harakat yo‘nalgan o‘rin ifodalanganda belgisiz ishlatilishi mumkin. Masalan: bozor bormoq, boshini quyi solmoq, past ketmoq kabi sanoqli o‘rinlardagina belgisiz ishlatiladi. Jo‘nalish kelishigi affiksi ba’zi so‘zlar tarkibida o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda uchraydi. Bunday tarzda yangi so‘z, ya’ni ravish yasaladi: birga,birdaniga, ertaga, to‘g‘riga.
Jo‘nalish kelishigi ot, olmosh, son, harakat nomi, sifat, sifatdosh, undov va taqlid so‘zlarga qo‘shilb, ko‘pincha fe’lga tobelangan holda boshqaruvli birikma hosil qiladi. Bunda ot va ot tipli so‘zlardan boshqa so‘zlar o‘z lug‘aviy ma’nosini kengaytirib otlashadi: ukasiga olmoq, barchaga tarqatmoq, uchoviga keltirmoq, birinchiga yetmoq, yaxshiga yondashmoq, bilmaganga tushuntirmoq , dodiga quloq solmoq, shivir-shiviriga uyg‘onmoq.
Ba’zan jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni sifat, ravish va harakat nomi ham boshqarishi mumkin: Bir yigitga qirq hunar oz. Bilganga oson, bilmaganga qiyin. U hammaning diqqatini o‘ziga qaratishni biladi.
Jo‘nalish kelishigidagi so‘z ko‘makchilar bilan birikib, ular bilan bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: buyruqqa binoan kelmoq, kelishuvga ko‘ra uchrashmoq, uyga qadar bormoq. Bu kelishigidagi ot, otlashgan so‘zlar gapda qo‘yidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
Kimga? nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: To‘tiniso buning sababiga qiziqdi (A.Q). Mehr va muruvvat yilining mazmun-mohiyati qari va kasalmand kishilarga g‘amxo‘rlikda seziladi.
Qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi vazifasini bajaradi: Nayman cho‘llariga chinakam bahor kirdi (S.Ahmad.).
Qachon? qachonga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini bajaradi: Universiada musobaqalari sentyabr oyiga qoldirildi.
Nima maqsadda? nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, maqsad holi vazifasini bajaradi: Biz ilmning qal’asini olmoqqa keldik, baxtimizning sozini chalmoqqa keldik (Shayxzoda.).
Nima sababli? nega? so‘rog‘iga javob bo‘lib, sabab holi vazifasini bajaradi: Jonajon yurtim mustaqil bo‘lganiga quvonchim cheksiz.
Qanchaga? qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lib, miqdor holi vazifasini bajaradi: Bu mahsulotlarning umumiy qiymati yuz ming AQSH dollariga
Jo‘nalish kelishigidagi so‘z gapda kesim vazifasini bajaradi: Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga.
5-§. O‘rin-payt kelishigi. Otning ish-harakat o‘rni, payti, sababi, holati, maqsadi kabi ma’nolarni ifodalaydi. O‘rin-payt kelishigi so‘z –da affiksi orqali shakllanadi. Og‘zaki nutqda va shevalarda –ta shaklida ham ishlatiladi. Jo‘nalish kelishigida bo‘lgani kabi bu kelishik ham ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shilganda nundoshi orttiriladi: shu+n+da, bu+n+da, u+n+da kabi.
O‘rin-payt kelishigining belgisiz shakli payt ma’nosini anglatuvchi negizlardagina uchraydi: Ayasi o‘sha qonli oqshom yashirincha darsga ketayotgan ekan. (A. Q.) Bu kelishikning belgisiz shakli uyushib kelgan bo‘laklar tarkibida ham uchraydi: Bolalar yaslilari, bog‘chalari va boshqa tarbiya maskanlarida mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanmoqda. 
O‘rin-payt kelishigi ot o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, fe’lning harakat nomi shakli singari ot tipli so‘zlarga bevosita birikadi. Biroq sifat, son turkumlari o‘rnida ishlatiladigan olmoshlarga hamda ba’zi ravishlar, fe’lning sifatdosh shakllariga qo‘shilganda ular otlashadi: Xayoli o‘shanda bo‘lsa kerak. Shunda biz xayrlashdik. Ko‘pda bo‘lsa bizda ham bo‘ladi. Salima kelganida u yo‘q edi. O‘rin-payt kelishigi affiksi ot ko‘makchilarga qo‘shilib, ular bilan birgalikda bitta grammatik vazifaga ega bo‘ladi: Bir hafta ichida barcha topshiriqlar bajarib bo‘lindi.
O‘rin-payt kelishigi affiksi ba’zan ot va otlashuvchi so‘zlarga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiladi va o‘z ma’nosini yo‘qotadi: a) bir soni+o‘rin-payt kelishigidagi payt bildiruvchi ot asosida ravish yasaladi: bir zumda, birpasda, bir vaqtda; b) o‘rin-payt kelishigi affiksi sifat bilan birikib ravishga ko‘chadi: yaqinda, uzoqda, o‘ngda, quyida; v) holat ravishi o‘rin-payt kelishigi affiksini olgan holda payt ma’nosini ifodalaydi: tezda; g) ko‘makchiga ko‘chadi: haqida, to‘g‘risida, xususida, tarzda, bobida; d) modal so‘zga ko‘chadi: har holda, haqiqatda.
O‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Kimda? nimada? so‘rog‘iga javob bo‘lib vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Yodgor qizning bir marta kulib qarashini ko‘rish orzusida sakkiz chaqirim naridan o‘rtog‘ining velosipetida kelib ketar edi (O‘.Hoshimov). Insonda umid bo‘lmasa edi, hayot lazzati so‘nardi.
Qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi vazifasini bajaradi: Ostonada Mastura turar edi (O.Yoqubov).
Qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini bajaradi: Navdalarni bezab g‘unchalar, Tongda aytur hayot otini (H. Olimjon).
Qay tarzda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, vaziyat holi vazifasini bajaradi: Qiz parishon holda uyga qaytdi (O).
Nimaga? nima maqsadda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, maqsad holi vazifasini bajaradi: Biz Samarqandga qadimiy obidalarni tomosha qilish niyatida yo‘l oldik.
Gapda yakka holda yoki to‘liqsiz fe’llar bilan birikib kesim vazifasini bajaradi: Butun xayoli, qalbi o‘sha oy yuzli dilbar qizda (M.Qoriyev.). Hamma illat otamda ekan. (A.Qahhor.)
6-§. Chiqish kelishigi ish-harakatning kelib chiqish nuqtasi, manbasi, o‘rni, sababi yoki vositasi bo‘lgan nasani ko‘rsatadi. Chiqish kelishigi –dan affiksi orqali shakllanadi. Shevada, mumtoz adabiyotda –tan, -nan, din,-tin shakllarda ham uchraydi: Yuzing visolig‘a yetsun desang ko‘ngillarni, Sochingni boshdin-oyoq shikan qilg‘il (A.Navoiy).Qani, Mehmon, nonnan oling!
Jo‘nalish, o‘rin-payt kelishigida bo‘lgani kabi bu kelishik ham ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shilganda n undoshi orttiriladi: shu+n+dan, bu+n+dan, o‘sha+n+dan kabi.
Chiqish kelishigidagi so‘z mustaqil so‘z tomonidan boshqarilib, asosan belgili ishlatiladi. Uning belgisiz shaklini uyushib kelgan gap bo‘laklaridagina uchratish mumkin: Uning butun jihozi temir kravat, ikkita tubaretka, ustiga allanima to‘kilib, qotib qolgan qo‘pol stoldan iborat edi (A.Qahhor.).
Chiqish kelishigi otdan tashqari uning o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, harakat nomi kabi ot tipli so‘zlarga bevosita qo‘shiladi. Sifat, son, hamda ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, ravish va sifatdoshlarga qo‘shilganda bu guruhga mansub so‘zlar otlashadi: Sendan xursandman. O‘qishdan charchamasdi. Yaxshidan bog‘ qoladi, Yoshi o‘n sakkizdan oshgandi. Ko‘pdan quyon qutulmas. Chiqish kelishigidagi so‘z keyin, so‘ng, buyon, beri, boshqa singari ko‘makchilar bilan birikkanda ular bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: darsdan so‘ng uchrashmoq, ertalabdan buyon kutmoq.
Chiqish kelishigi ba’zi so‘zlar tarkibida qotib qolgan holda o‘z ma’nosini yo‘qotadi va buning natijasida quyidagi so‘zlar hosil bo‘ladi:1) ravish: birdan, zimdan, to‘satdan, halitdan, qo‘qqisdan; 2) modal so‘z: aftidan, haqiqatdan, o‘z-o‘zidan. Tartib sonlarga qo‘shilanda ham ular modal ma’noga ega bo‘ladi: Bilimni yaxshi egallash uchun, birinchidan, qunt bilan o‘qish, ikkinchidan, o‘qilgan narsani takrorlab turish lozim bo‘ladi; 3) ko‘makchilar hosil bo‘ladi: qaramasdan, sababdan, ustidan, ichidan, yonidan… kabilar.
Chiqish kelishigidagi so‘z gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Kimdan? nimadan? so‘rog‘iga javob bo‘lib, vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: U mashinadan tushib, olmos qirralari yarqirab yotgan oppoq ufq etaklarini ko‘zdan kechirdi (H.G‘ulom.).
Qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi vazifasini bajaradi: Faqat erinchoq xo‘rozlargina olis-olislardan ovoz berib qo‘yardi (S.Ahmad.).
Qachondan? qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini bajaradi: Erta bahordan to kuzgacha chinobodliklar arava-arava shox-shabba sudrab Kuyganyor tarafga yo‘l oldilar (S.Ahmad.).
Nimaga? nima uchun? so‘rog‘iga javob bo‘lib, sabab holi vazifasini bajaradi: Sovuqdan Yo‘ldoshning oyoqlari zirqiray boshladi. (H.G‘ulom.)
Chiqish kelishigidagi so‘z tuslovchi affiks yoki to‘liqsiz fe’l bilan birikib kesim vazifasini bajaradi: Men ham asli
7-§. Kelishik affikslari sinonimiyasi. Kelishik affikslari otning boshqa so‘zlar bilan grammatik aloqasini ta’minlovchi eng faol kategoriyalardan hisoblanadi. Shu bois bu kategoriyaga mansub bo‘lgan affikslar nutqiy jarayonda o‘zaro hamda boshqa turli til birliklari bilan ma’nodoshlik munosabatlariga ham ega bo‘ladi. Xususan, bunday ma’nodoshlik munosabatini quyidagi kelishiklarda kuzatish mumkin:
Qaratqich kelishigi va u asosida hosil bo‘lgan birikmalar quyidagi vositalar bilan sinonimik munosabatga kirishadi: 1) chiqish kelishigi bilan ma’nodoshlik munosabatiga ega bo‘ladi. Bunda qaratuvchi qaratqich kelishigida kelsa qarashlilik ma’nosi ta’kidlanadi, chiqish kelishigida kelganda qarashli bo‘lgan narsadan ulush, qism, bo‘lak ajratiladi: Markaziy gazetalarning biri- markaziy gazetalardan biri, Mehmonlarning kattasi- Mehmonlardan kattasi. Misollardan ko‘rinadiki, chiqish kelishigi qaratuvchi vazifasida kelganda bu kelishik affikkisi ko‘plik shaklidan keyin qo‘shiladi hamda qaralmish sifatida ko‘pincha miqdor yoki belgi bildiruvchi so‘z ishlatiladi; 2) ba’zi birikmalar tarkibida o‘rin belgi shaklini hosil qiluvchi –dagi affiksi bilan ham ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin: Sening irodang-sendagi iroda.
Makon va zamon kelishiklari nomi bilan umumlashtiruvchi tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. Masalan: Chopar tezgina otini (otiga) mindi. Karvon uzoq vaqt cho‘lni (cho‘lda) kezib yurdi. Mehmon piyolaga quyilgan choyni(choydan) ho‘pladi. Keksalar hovuz yonida (yoniga) to‘planishdi. O‘ylamay aytgan gapimga (gapimdan) pushaymon bo‘ldim. Shu yo‘lda (yo‘ldan) qat’iy yurib maqsadga yetdik.
Mazkr kelishiklar ma’no va vazifasiga ko‘ra bosh kelishikdagi so‘z bilan birikkan ko‘makchilar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘ladi: kamchiliklarni-kamchiliklar to‘g‘risida gapirishib oldik, sizga-siz uchun oldim, shu yo‘ldan-shu yo‘l bilan boriladi, telefonda-telefon orqali gaplashdik.
8-§. Kelishik affikslari omonimiyasi. Kelishik affikslari va ularning turlicha fonetik variantlari ba’zi so‘z o‘zgartuvchi, so‘z yasovchi hamda lug‘aviy shakl yasovchi affikslar bilan quyidagicha shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin:
1.Qaratqich kelishigining–ing\–im\–n (Men+ing, vatanim man+im, har oila o‘chog‘i+n o‘z qutlug‘ tarixi bor) shakllari qo‘yidagi affikslar bilan omonim bo‘lishi mumkin: 1) 2-shaxs birlik shaklidagi egalik affiksi bilan: maktab+ing; 2) 2-shaxs ko‘plikdagi tuslovchi affiksi bilan: kel+ing; 3) 1-shaxs egalik affiksi bilan: kitob+im; 4) ot, sifat yasovchi affiks bilan: o‘r+im, bo‘l+im, siq+im, chek+im; 5) 3-shaxs egalik affiksidan keyin kelgan tushum kellishigi bilan: … ikki daryo yuvar kokili+n; 6) fe’lning o‘zlik va majhullik nisbatlarini hosil qiluvchi –n affiksi bilan: tara+n+di, o‘qla+n+di omonimbo‘ladi .
Jo‘nalish kelishigining –ga\-ka\-qa (uy+ga, buloq+qa, tilak+ka) shakllari quyidagi affikslar bilan omonim bo‘lishi mumkin: a) ot yasovchi: ena+ga; b) fe’lning davomiylik shaklini yasovchi: sur+ga+moq; v) sifat yasovchi: qis+qa; g) otning kichraytish shakli: yo‘l+ka; d) fe’l yasovchi: is+ka+moq..

Otlarda kelishik kategoriyasi


Ot yoki otlashgan so'zlarning boshqa bir so'zga tobeligini ifodalaydigan kategoriyalar kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik ot bilan otni,ot bilan fe'lni yoki boshqa biror turkumdagi so'zni o'zaro ma'no sifatlarini ko'rsatib. shu so'zning gapdagi vazifasini belgilaydi. Otlarning kelishik qo'shimchalarini olib o'zgarishi turlanish deyiladi. Shu boisdan kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalardir Kelishik shaklidagi so'z boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirishadi. Kelishikli so'zning gapda biror gap bo'lagi vazifasida kelishi qaysi kelishik shaklida qo'llanishi bilan bog'liq.
Masalan: Peshanasini stuhiing suyanchig'iga qo'yib sukutga cho'mgan. Otaq'o'zi nogohon "dik" etib o'rnidan turdi. (O.Yo.) Bu gapdagi peshana so'zi -ni qo'shimchasi bilan stul so'ziga, stul so'zi esa -ning qo'shimchasi bilan suyanchiq so'ziga, suyanchiq so'zi -ga qo'shimchasi bilan qo'yib so'ziga, o'rni so'zi -dan qo'shimchasi bilan turdi so'ziga tobedir. Otaqo'zi so'zi kelishik qo'shimchasiga ega emasligi uchun hokim holatda qo'llanilgan. Kelishik shakllari so'zlarni o'zaro aloqasini ta'minlab, to'ldiruvchi (peshanasi, suyanchig'iga, sukutga), aniqlovchi (stulning) hoi (o'rnidan) vazifalarida kelgan. Kelishiklar ko'pincha sintaktik vazifa bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Biroqma'lumbirkelishikdagi shakl gapdaturli gap bo'lagi bo'lib kelishi mumkin. Masalan. Vatanni kelgindilardan ozod qilish - dunyodagi eng katta mardlikdir. (P.Q.) Sal vaqt o'tgach qishloq kasalxonasidan chaqirilgan vrach va hamshira ayol qutichalarini ko'targanicha chiqib kelishdi. (O'. U.) Ushbu gaplardagi chiqish kelishigi qo'shimchalarini olgan so'zlar to'ldiruvchi va hoi vazifalarida kelgan. Kelishik qo'shimchasini olgan so'zning turli vazifalarni bajarishi qaysi turkumdagi so'z bilan bog'lanishiga ham bog'liq. Bu hoi, ayniqsa, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalaridayaqqol seziladi. Ushbu qo'shimclialami olgan ot yoki otlashgan so'zlar, harakat nomi bilan bog'lansa hoi vazifalarida keladi. Shuningdek, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchasini olgan so'z o'rin, payt ma'nolarini ifodalasa hoi: Bular mehmonxonaning quyirog'idan joyoldilar. (O.) Boshqa ma'nolarni ifodalasa to'ldimvchi vazifasini bajaradi.
O'zbek tilida olti kelishik kategoriyasi mavjud: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qo'shimchalar mavjud bo'lsa-da, bosh kelishikda bunday qo'shimcha yo'q. Shunga ko'ra bosh kelishikdagi so'z boshqa kelishiklardan farqli ravishda o'zi bog'langan so'zni o'ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy kelishik. qolganlari esa vositali kelishikdir.
Kelishik shakllarini olgan so'zlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha bog'lanadi.
Kelishiklar ot bilan otni bog'laydi. Ikromjonning yuragikuyardi. (S.A.)
Kelishiklar ot bilan fe'lni bog'laydi. Aziz yelkasini qisdi.(O'.U.) Eshon boshini qimirlatdi. (0.)
3.Kelishiklar ot bilan boshqa so'zlarni ham o'zaro bog'laydi. lyul kunlarining birida. (A.Q.) Havfi umumiydan tashqari (P.Q.) va hokazo.
Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich (kunlarning biri mehnatning zo'ri) kelishiklari o'zaro bog'laydi.
Bosh kelishik. Bosh kelishik shaxsni, predmetni narsa-hodisani nornini atab, kirn? nima? so'roqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikrung maxsus qo'shimchasi yo'q. Bosh kelishikdagi so'z boshqa so'zlarga hokim bol'ganligi sababli, gapda ega bo'lib keladi. Masalan. Otaqo'zi eshikni sharaqlatib yopib, uydan chiqdi. (O.Yo.). Bosh kelishikdagi so'z bundan tashqari boshqa bir qator vazifalarda keladi.
Kesim bo'lib keladi, Siz sara dehqonmisiz. (T. Mai.)
Bosh kelishikdagi ot izohlovchi bo'lib keladi. U yerda hamMahamat chatoq hadeganda gapga ko'navermaydi. (O'.U.)Saii'atshunoslik doktori. professor Rasul Nuriddinov bugun ishdanjuda j'axshi kayfiyatda qaytdi. (O'.Uo.)
Undalma bo'lib keladi. Ha, qizim, birovni kutib turibsanmi?(OMJ.) Esingni yig', bolam, ona o'z bolasiga yomonlikni ravoko'rmaydi. (S. A.)
Nominativ gap bo'lib keladi: Amakijon. Choy-poy ichib keting,amakijon!(O'.U.)
Bosh kelishikdagi so'z ko'makchilar bilaii bog'lanib yokitakrorlangan holda kelib aniqlovchi, to'ldiruvchi, hoi vazifalarinibajaradi. Shu mehnat bilan yurtning muslikulini oson qilmoqchi(S. A.) To'lanboy Nizomjon ag'dargan yerga razm solib boshinisarak -sarak qilib qo'ydi. (S. A.)

Bosh kelishikdagi ot sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi.Po'lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Mehnat kuzagining to'yinfayzidan, qolmagan daryodil yerlar bebahra.(G'.G'.).


Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi asosan otgaxos xususiyat emas.Biroq, ba'zan otftirkumidagi so'z otga bog'lanib, o'zi bog'langan so'z anglatganpredmetning nimadan ekanligini bildiradi va sifatlovchi aniqlovchi bo'lib keladi. Oshpaz sopol kosada ichiga mushtumdek lavlagi solingan sho'rvakeltirib qo'ydi. (S.A.)
Shuningdek, sifatlovchi sifatlanmish ifodalangan predmetning qanday ishni bajarishini bildiradi. Terim mashinalari o'taverib. yaproqlari yuhnib cho'p bo'lib qolgang'ozalardabir-ikkita, nan borsa uchta ko'sak qolgan.(O.Yo.)
Qaratqich kelishigi predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini bildiradi. Qaratqich kelishigi -ning qo'shimchasi bilan shakllanib kimning? nimaning so'roqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikdagi so'z o'zi bog'langan so'zni o'ziga qaratadi, qaratilgan so'z egalik qo'shimchasini oladi: uyning oldi, tog'ning toshi kabi.
Bu tipdagi qaratqich va egalik qo'shimchalari shaklidagi bog'lanishlarda qaratqich ikkinchi otga bog'lanib, uni aniqlab, aniqlovchi vazifasida keladi. Kampir ularning gapidan Zirillamaga Yo'ldosh Oxunboboev kelgamni bildi.(S.A.) Qaratqich kelishigining qo'shimchasi she'riy asarlarda -n shaklida ham qo'llaniladi.
Yigitlik shotisin poyalaridan
Asta yuqoriga ko'tarilolding (G' .G'.)
Shuningdek, badiiy asarlarda bu kelishik qo'shimchasining -im shakli ham uchraydi.
O'zbekiston Vatanim manim (A.O.)
Manim bu so'zlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadur. (A. Qod.)Qaratqich kelishigi ma'no va shakl jihatidan ikki xil: belgili qaratqich kelishigi, belgisiz qaratqich kelishigi.
—ning qo'shimchasi bilan shakllanib, aniq qarashlilik ma'nosini ifodalaydigan shakl belgili qaratqich kelishigi deyiladi. Otaqo'zi tog'asining fe'1-atvorini yaxshi bilardi. (O. Yo.) Hovlining bir chekkasida yaproqlari shaldirab baland mirzaterak turardi. (0.)
Qaratqich kelishigining qo'shimchasi -ning tushib qolgan holat belgisiz qaratqich kelishigidir. Ikkoving cho'l marshallari bo'lasan. (S.A.) Bu shakldagi otlar bir-biri bilan o'zaro zich bog'lanadi va ularning orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi. Belgisiz qaratqich kelishigida qaratqich shaklidagi ot egalik shaklidagi otga belgi ekanligi ifodalanadi. Bu holatda qarashlilik ma'nosi emas balki aloqadorlik ma'nosi ustun turadi. Chunonchi. keltirilgan gapdagi cho'l marshallari birikmasida marshal yoki cho'l bir-biriga qarashli emas, ulardagi muayyan aloqadorlik asosida cho'l so'zi marshal so'ziga belgi vazifasini bajargan.
Qaratqich kelishigining belgili va belgisiz kelishi lug'aviy va grammatik ma'nolarga bog'liq. Quyidagi ma'noli so'zlar asosan belgili qaratqich kelishgi shaklida keladi.
1. Shaxs otlarini ifodalovchi so'zlar: Eshonxonning dardi bo'lak. (O.) Yo'ldoshning badanlari jimirlab ketdi. (O' .U.)
2.Predmetning shaxs yoki boshqa predmetga tegishli ekanligini ifodalaydigan otlar. Bu Ikromjonning tovushi edi. (S.A.) Mana shu narsa, dedi u slier oyoqli bahaybat stolning g'aladonidan kattakon semiz papka chiqarib (O.Yo.)
Butunning qismini anglatgan otlar: kitobning varag'i,uyning burchagi. qozonning qulog'i. Sallasidagi olmosdantashqari belidagi kamariga, xanjarining sopi va qiniga qadalgandur va la'llar tiniq va osuda bir jilo berib turardi. (P.Q.)
Qaratqich kelishigidagi ot bilan egalik qo'shimchalariniolgaii ot orasiga boshqa so'z kelganda. Ona ko'zi oldida o'g'Iiningqop-qora qoshlari. chaqnagan ko'zlari qoldi. (S.A.) Dadasierkatoy o'g'Iining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, birquvondi. (O.Yo.)
Otlashgan so'zlar qaratqich kelishgi qo'shimchasini olibkelganda. Kattaning kichigi bo'lguncha, kichikning kattasi bo'l.(Maqol.)
Egalik qo'shimchasi otlashgan so'zlarga qo'shilganda u bilanbog'langan so'z belgili qaratqich kelishigida keladi. Yaxshiningyomoni bo'lguncha, yomonning yaxshisi bo'l. (Maqol.)
Olmoshlar qaratqich kelishigida kelganda. Bizning fakul-tetda ham majlis bor. (A.Q.) Chunki ne qilsa ham ular meningyurtdoshlarim. (P.Q.)
Belgisiz qaratqich kelishigi quyidagi bog'lanishlarda qo'llaniladi:
l.Bir predmet yoki narsa ikkinchisiga umumiylik asosida bog'langan bo'lsa. Lekin undan beridagi chiroqsiz uy ayvonida qandaydir sharpa sezildi. (P.Q.) Uning yozuvchilik isliidagi kamoloti va o'qishi qanday ekanini bihnoqchi.(A.Q.)
Mavhum otlar o'zaro bog'lanib kelganda: dil quvonchi ,vijdon amri, oda zoti. Manzura ko'r emas, kar ham emas,dunyoning odam zotiga vafo qilmasligini ko'rib eshitib turibdi.(T.Mai.)
Predmetning belgisi sifatida qo'llangan so'zlarda. Viloyatdayer islohatini o'tkazish uchun ko'p yillar kerak. (A.Q.) Lekin uo'z vatanida yashamoqda edi.(P.Q.)
Tushum kelishigi. Shu kelishikdagi so'zdan anglashilgan harakatni o'zigaolgan predmetni ifodalaydi. Tushum kelishigidagi ot kimni? nimani? so'roqlariga javob bo'lib, -ni qo'shimchasi bilan shakllanadi. Masalan: Ikromjon eshikdan chehrasini ochjb kirdi. (S.A.) Mulla Fazliddin nuqul ovozini kamaytirib, qandaydir xabar sezib gapirmoqchi edi. (P.Q.) She'riy asarlarda tushum kelishigi qo'shimchasining -n, -in shakllari hamuchraydi. Masalan, Yulduzlar ertagin eshitib, o'zimni ko'klarda sezaman. (E.V.) Ko'chatlar qomatin eslatganidek, Nafasin ufurar tong otar eli. (G'. G'.)
Tushum kelishgidagi so'z gapda vositasiz to'ldiruvchi bo'lib keladi. Masalan, odamzodning bisotida bu dardni yengillatadigan gap bormi? (S.A.) Tushum kelishigi ma "no va shakl jihatidan ikki xil: belgili tushum kelishigi, belgisiz tushum kelishigidan iborat. -ni keilshik qo'shimchasini olib kelgan shakli belgili tushum kelishigidir. Mashina keng maydonni bir aylanib, klub yoniga o'ng qo'lga burildi. (O.Yo.) Tushum kelishigi qo'shimchasi -ni mavjud bo'lmagan shakl belgisiz tushum kelishigidir. Belgisiz tushum kelishigitiagi ot fe'l kesimga bog'lanib keladi.
Ular ma'no va grammatik jihatdan zich bog'langanligi uchun ularning orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi.
Tushum kelishigi quyidagi holatlarda belgili shaklda keladi:
Shu kelishikdagi so'z atoqli ot bo'lsa: Otaqo'zi Fazilatiniham, o'g'li Qodirjonni ham. qizi Latofatni ham odam qatoridako'rmaydi. (O.Yo.)
Shu kelishikdagi so'z kishilik, o'zlik ko'rsatish olmoshlaribilan ifodalansa. Fazilat o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi.(O.Yo.) Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda olib qolmoqchi emas.(T. Mai.)
Shu kelishikdagi so'z otlashgan bo'lsa. U o'zidan boshqanio'ylamaydigan bir xudbin ekan. (O.Yo.)
4. Shu kelishikdagi so'z harakat nomi bilan ifodalansa.Manzura o'g'lidagi o'zgarishni sezib. xatosini tuzatmoqchi bo'ldi.(T. Mai.)
Jo'nalish kelishigi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan ish-harakatning kimga? nimaga? tegishli ekanligini, ish-harakatning bajarilish vaqtini ifodalaydi. Masalan. bu uyni qishloq kutubxonasiga aylantirmoqchimiz. (O.Yo.) Haydar hovliga ki-rishga chog'lam'b, usti boshini ko'zdan kechirdi. (T.Mai.)

Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Gulzor begim kelishdi. (T.Mai.) Jo'nalish kelishigi -ga qo'shimchasi bilan shakllanib, k tovushi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda aytiladi va shunday yoziladi. Masalan, Inson ko'kka boqar doimo, Tintuv qilar ocmonni faqat. (E.V.) g' undoshi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda q aytiladi va shunday yoziladi.



Qishloqqa kelganda uni ko'rmay, bir-ikki kun uning bog'ida bo'lib, tongotar suhb^tlar qunnay ketmas edi. (O.Yo.)
Jo'nalish kelishigi qolgan barcha hollarda g yoziladi. So'zlar quyidagi ma'nolarni anglatib. turli sintaktik vazifalardakeladi.
Harakatning bajarilishi uchun ishtirok etgan shaxs, predmetnianglatadi. Jo'nalish kelishigining bu ko'rinishi kimga? nimaga?so'roqlaridan biriga javob bo'lib, gapda to'ldiruvchi vazifasinibajaradi. Masalan, Bundan tashqari otalik muhabbatini vamas'uliyatini menga tashlab ketgan. (A.Q.) Ikki tomonda ikki o'q-yoyga o'xshab salohu kamonlarini taqib. bellarini siqib, bog'lab olganyigitlar o'z yuzboshilarini saqlab shay turardilar.
Harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerga? qaerda?so'roqlaridan biriga javob bo'lib, gapda o'rin holi vazifasida keladi.Masalan, Yulduzlarga kemalar yo'Uab, jonzod izlar cheksiz fazoda.(E.V.) Yozyovonga ikkoving komandirlik qilasan. (S.A.)
3. Harakatning bajarilish vaqtini ifodalab qachon?qachongacha? so'roqlariga javob bo'ladi. Tushgacha uch yarimniyasab qo'yganbo'lsang, kechgacha yerni timdalab tashlamasang,deyman, - dedi Ikromjon.(S.A.)
O'rin-payt kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet, ish-harakatning bajarilish o'mini, vaqtini bildiradi.O'rin -payt kelishigi -da qo'shimchasi bilan shakllanib, quyidagi ma'nolarni ifoidalaydi.
1 .Harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerda? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Ko'chada tirik bir jon ko'rinmas, hammayoq jimjit. (O.Yo.) Besh yigit odamlarning ko'ziga tashlanmaslikka tirishib qishloqdan yakka-yakka chiqishdi-yu, to'qay ichida uchrashishdi. (P.Q.)
2. Harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda payt holi vasifasini bajaradi. Bobur bugun peshinda ishongan beklarini to'plab, mashvarat o'tkazdi. (P.Q.)
U yolg'iz farzandim, qorong'u tunda dushman ko'payib ketgan shaharga chiqarislini istamas edi. (P. Q.)
Harakatning bajarilishi uchun ob,yekt bo'lgan predmetnibildirib, nimada? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda to'ldiruvchibo'lib keladi.Shunga qaraganda yovning rejalarida qandaydir biro'zgarish yuz bergan edi. (P.Q.)
Harakatning bajarilishi holatini ifodalab. qanday? qayholatda? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda ravish holivazifasida keladi. Haydar apil-tapil kiyinib ariqdan liatlab o'tdi-da,paxsa devor bo'ylab o'sgan olchalar panasida cholning hovlisigaqaradi. (O.Yo.)
O'rin- payt kelishigi predmet ma'nosini bildirib kimga? nimada? so'roqlaridan biriga javob bo'lsa, gapda to'ldiruvchi, ish- harakatning bajarilish o'rni, payt holatini bildirib, qaerda? qancha? qanday? so'roqlariga javob bo'lsa hol vazifasida keladi,
Chiqish kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish-harakatning yuzaga chiqish o'rnini, vaqtini, sababini bildiradi. Chiqish kelishigi -dan qo'shimchasi bilan shakllanadi.
Chiqish kelishigi shaklidagi so'z quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Ish-harakatning boshlanish o'rnini bildirib, qaerdan?so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi.
Derazamdan tushgan tola nur Somon yo'li kabi tovlanur. (E. V.) Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. (S.A.)
2. Ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?qachondan? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda payt holivazifasida keladi. Jannat hola kechadan beri supurgi tegmay ivirsibketgan uyni yig'ishtirayotgan edi. (S.A.)
3. Ish-harakatning bajarilishiga sabab bo'lgan vositani bildirib,kimdan? nimadan? so'roqlariga javob bo'ladi va gapdato'ldiruvchi vazifasida keladi. Ishlaydi. Bor kuchi bilan ishlaydi.Rohatidan kechadi, uyqusidan kechadi. (S.A.) Zuhrabegimxayolidan o'ziga tayanch izlar ekan yaqinda Buxoroni olib, endiSamarqandga qo'shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxonesiga tushdi. (P.Q.)
Chiqish kelishigidagi so'z predmet ma'nosiga ega bo'lib, harakatning bajarilishiga sabab bo'Igan shaxsni. predmetni ifodalasa gapda to'ldiruvchi, o'rin-payt, holat ma'nolarini ifodalasa hol vazifasida keladi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling