O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlar
Download 109.66 Kb.
|
O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlar
O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlar Sifatni avtomatlashtirilgan yuqori chiziqli va kontaktsiz nazorat qilishda o‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlarni qo‘llash effektivdir. Ushbu nuqson aniqlagichlar uzun o‘lchamli ob’yektlarni kichik o‘lchamlarini keng diapazonda (quvrlar, prutoklar, ko‘ndalang o‘lchami 0.05-135 mm bo‘lgan simlarni) va mayda detallarni (shariklar va podshipniklarning roliklari, metizlar va x.k.) tekshirish imkonini beradi. Bunda nazorat qilish samaradorligi 50 m/s simob yoki bir soatiga 1000 dan ortiq mayda detallarni tashkil etishi mumkin. Trubalar, prutoklarni nazorat qilish samaradorligi, transportiroka qurilmalarini inersiyalanganligi tufayli cheklangan. Nuqson aniqlagichlar nazorat qilish soxasida bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan kichik bazali differensiyal o‘z-o‘zini taqqoslovchi o‘zgartirgichlar qo‘llaniladi. Maydoni bir jinsli bo‘lmagan o‘zgartirgichlarni qo‘llanilishining sababi katta diametrli ob’yektlarni nazorat qilish o‘zgartirgichning umumiy uzunligini qisqartirish maqsadida qo‘zg‘atuvchi g‘altakning uzunligini qisqartirishga xarakat qilinishi sababli kelib chiqgan, lekin bunda ob’yekt xolatini stabilizasiya qilish uchun choralar qo‘llash lozim bo‘ladi. O‘zgartirgichdagi ob’yektning radial siljishlarini kamaytirish uchun, shuningdek sezgirlikni aniqlab beruvchi ni to‘ldirish koeffisiyentini bitta darajada ushlab turish uchun nuqson aniqlagichlarni turli diametrli o‘zgartirgichlar to‘plami bilan jixozlanadi. Maydoni bir jinsli o‘zgartirgichlarni qo‘llaganda ularning chiporazmerlarini qo‘llashni sonini kamaytirish mumkin. Bunda qo‘zg‘atuvchi tokni boshqarib ni o‘zgarishida sezgirlikni o‘zgarishini kompensasiyalash. Ko‘plab zamonaviy o‘tuvchi o‘zgartirgichlar nuqson aniqlagichlarda ma’lumotlar modulyasion usul bilan ajratib olinadi. Shuning uchun ular nazorat qilishni dinamik rejimi uchun mo‘ljallangan. Ayrimlar uchun esa ob’yektning xarakat tezligini doimiy qilib saqlash lozim. Chunki tezlikni o‘zgarishida signallar spektorining chastotasi va nuqson aniqlagichning sezgirligi o‘zgaradi. Ayrim nuqson aniqlagichlar statistik rejimda ishlashlari mumkin (xarakatdagi ob’yektda). Lekin ushbu rejim asosiy xisoblanmaydi va odatda asbobni sozlashda qo‘llaniladi. Dastlabki ishlab chiqarilgan nuqson aniqlagicharda statik ish rejimi yagona xisoblanadi. Statik rejim strukturaskoplar uchun ham xarakterlidir (EMND, magnotetst va x.k. turlari), ularni o‘z navbatida nuqson aniqlagichlarda qo‘llash mumkin. Nuqson aniqlagichning asosiy parametri sezgirlik bo‘sag‘asi, berilgan shaklli nuqsonning minimal o‘lchami bilan aniqlanadi. Bunda signallar xalaqit nisbati ≥2 ni tashkil qiladi. Sezgirlik bo‘sag‘asi odatda turli shaklli sun’iy nuqsonli kalibrovka qilingan na’munada o‘rnatiladi, misol uchun quvr va prutlar turli chuqurliklardagi va diametrlardagi teshiklar ko‘rinishida ob’yekt variasiya paramerlari bilan bog‘liq bo‘lgan real sezgirlik bo‘sag‘asi xalaqitlar darajasiga bog‘liq (Misol uchun , yuza g‘adur-budurligiga va x.k.). odatda o‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlarning sezgirlik bo‘sag‘asi detal bo‘ylama o‘lchami (diametri) uzun bo‘ylama nuqsonning chuqurligi bilan aniqlanadi va detalning ko‘ndalang o‘lchami foizlarda ifodalanadi. O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlarni sozlash bo‘sag‘a nuqsonini kerakli sezgirlikga erishitirish maqsadida UTO‘ qo‘zg‘atish toki va o‘lchov kanalining uzatish koeffisiyentini boshqarishdan tashkil topgan. Agar nuqson aniqlagichlarda xalaqitlar faktorini ta’sirini so‘ndirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, sezgirlikni o‘rnatgandan so‘ng asbob quyidagicha sozlanadi. Berilgan oraliqda xalaqitlar faktorining o‘zgarishida asbobning chiqishidagi effekt minimal bo‘lishi kerak. Misol uchun 3.3.b-g –rasmlarda tavirlangan sxemalarda qilingan asboblar xuddi shu yo‘l bilan fotoregulyator sozlanadi. Ushbu bosqichning oxrida ma’lumotlarni qayta ishlovchi qurilmaning ishga tushish bo‘sag‘asi o‘rnatiladi. Sanab o‘tilgan sozlashlar o‘zgartirgich orqali bo‘sag‘a deffektli soxa o‘tayotgan o‘tkaziladi. Nuqson aniqlagichlarning struktura sxemalari qabul qilib olingan ma’lumotlarni ajratib olish usuli bilan aniqlanadi. Asosan asboblar konstruksiyasi sortirovka bo‘limining mavjudligi ma’lumotlarni ko‘rsatish va registrasiya qilish bloki, deffektli soxalarni markirovka qilish bloki, magnitlash bloki va x.k. bloklarning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Oxrigi yillarda INN-1M, INM-1M, IDP-1, VD-30P, ASK-12, EZTM, DKV-2, VD-20P (9-jadval) turidagi nuqson aniqlagichlar keng amaliy qo‘llanilishga ega bo‘lib bormoqda. INN-1M, INM-1M, IDP-1, VD-30P nuqson aniqlagichlarning struktura sxemalari 3.3-b rasmda ko‘rsatilgan struktura sxemalariga o‘xshab ketadi va faza dektektori kirishi va indikator oralig‘iga eguvchini kuchaytiruvchi kuchaytirgich, filtrlar va bo‘sag‘a qurilmalari bloklari mavjudligi bilan farq qiladi. INN-1M turidagi nuqson aniqlagich diametri 4-47mm bo‘lgan, ferromagnit va ferromagnit bo‘lmagan metal va eritmalar tayyorlangan, olti yonli va yumaloq profilli prutoklardagi nuqsonlarni oqimli ishlab chiqarishda aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bo‘sag‘a nuqsonining chuqurligi diametrga nisbatan 1-2%, ammo 0.1 mm kichik emas; uzunligi 2 mm. O‘tuvchi o‘zgartirgichning konstruksiyasi ob’yektning o‘lchamlari o‘zgarishiga almashtiruvchi g‘altaklarni almashtirish imkonini beradi. O‘zgartirgich blokida prutok oxirlarini ta’sirini so‘ndirish uchun fotoblokirovka sistemasi qo‘llaniladi. Bu nazorat qilinayotgan soxalarni 70 mm gacha uzunligini ta’minlaydi. NDP-1 asbobi ferromagnit va ferromagnit bo‘lmagan metall va eritmadan tayyorlangan diametri 1-5 mm li prutoklarda yoriq volosovinalar, rakovinalar va x.k. turdagi deffektlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bo‘sag‘a nuqsonining chuqurligi 0.05 mm. IDP-1 nuqson aniqlagichni IPP-1M asbobdan farqi ishchi chastota va nazorat qilinayotgan mahsulotlarni oxrigi soxalarni ta’sirini yo‘q qiluvchi blokirovka tuguni. Undagi blokirovka induksion prinsip bo‘yicha qurilgan va fotoblokirovkaga tegishli bo‘lgan, yog‘ chang kabi ishlab chiqarish ifloslanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklari bartaraf qilingan. INM-1M tipidagi maxsuslashtirilgan nuqson aniqlagich profili to‘g‘ri burchakli bo‘lgan mis o‘tkazgichlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Asbobda ko‘priksimon sxemaga ulangan o‘z-o‘zini taqqoslovchi, ikki g‘altakli parametrik, o‘tuvchi o‘zgartirgich qo‘llanilgan. Asbobning struktura sxemasi 3.1-rasmda tasvirlangan struktura sxemasiga to‘g‘ri keladi va amplituda detektori va releli indikator orasiga filtr ulanganligi bilan farq qiladi. Asbob tovushni va yorug‘likli indikasiya bilan transportirovka qiluvchi qurilmalarni boshqaruvchi avtomatika bloki bilan ta’minlangan. 9-jadval. O‘tuvchi UTO‘li nuqson aniqlagichning texnik xarakteristikalari.
Diametri 10-22 mm, po‘lat markasi SHX15 dan qilingan sharikopodshipnikli prutlarni ASK-12 nuqson aniqlagich bilan tekshiriladi. Asbobni 3.3-g rasmda tasvirlangan struktura sxemadan farqi dinamik ishchi rejimi (bukuvchini kuchaytiruvchi, filtrlar) ta’minlab beruvchi blokning mavjudligidir. O‘zgartirgichning tok qo‘zg‘atuvchi yuqori ishchi chastotasini qo‘llash evaziga kuchli doimiy maydon bilan nazorat qilinayotgan soxani magnitlash bilan prutlarda diametriga nisbatan 1% chuqurlikda bo‘lgan yoriqlar, volosovinalar, zakatlar, rakovinalar, plenka bu yuzadagi nuqsonlarni aniqlash mumkin. Nuqson aniqlagich standart na’muna yordamida ENT ekranida statik sharoitda sozlanadi. 4 va 5 faza detektorlarining (3.3-g rasm) tayanch faza kuchlanishi quyidagicha o‘rnatiladi: ENT ekranida ∆U vektor oxrini aniqlab beruvchi, vertikal bo‘yicha xalaqitlar faktorini ta’siriga aralashib ketmasligi lozim. Bu soxa nuqsonlik soxani o‘tayotganda nuqta vertikal bo‘yicha berilgan kattalikka siljishi lozim. Nuqson aniqlagich komplektiga nazoratdan so‘ng mahsulotni magnitsizlantirish uchun demagnetizator kiradi. Diametri 60 mm gacha bo‘lgan ferromagnit svarkali quvrlarni nazorat qilish uchun EZTM nuqson aniqlagichi qo‘llaniladi. Uch o‘ramli transformator sistema ko‘rinishida bajarilgan o‘tuvchi o‘zgartirgich qurilmani yuqori temperatura sharoitida, yog‘larda ishonchli ishlashini ta’minlab beradi. Nuqson aniqlagich svarkalangan soxalarni eritlimagan (yopishmaganlarini) aniqlaydi va gidrosinovlarni almashtirish uchun sharoitli asos bo‘lib xizmat qiladi. Keng asortimentli, o‘lchamli va turli materialda markali uzun mahsulotlarni nazorat qilish uchun VD-30P turli universal nuqson aniqlagich loyixalangan. Uning universalligi qo‘zg‘aluvchi tokning 4 ta chastotasini qo‘llanilishi, turli o‘lchamli o‘zgartirgichlarni ishlatilishi, boshqariluvchi filtrlarning mavjudligi, prutoklarning umumiy sonini va nuqsonli prutoklar sonini xisoblovchi xisoblash blokining borligi bilan, shuningdek ishlash rejimini va nazorat jarayonini dokumentasiyasini optimalini tanlash uchun mo‘ljallangan ossillografik indikatorning va tez yozarning mavjudiligi bilan ta’minlanganligi. Nuqson aniqlagichda ko‘priksimon sxemada ulangan ikkita kalta o‘lchov o‘ramli va birliklar chegarasida uzunlikni diametrga nisbatga ega bo‘lgan, qo‘zg‘atuvchi o‘ramli transformatorsimon, o‘tuvchi o‘zgartirgichlar qo‘llanilgan. Bunda b* baza 1 dan allaqancha kichik. Qo‘zg‘atuvchi o‘ramning nisbiy uzunligi kichik bo‘lgani bilan faza regulyatori yordamida deatalning ko‘ndalang vibrasiyasining ta’sirini kamaytirish (3.3-b rasmga qarang) kerak. Bu fazadetektorining tayanch kuchlanishini tanlash bilan erishiladi. Faza dektektorining kirishiga bir qator qayta sozlanuvchi filtrlar ulangan. Ular yordamida va detalning o‘lchami o‘zgarishi sababli kelib chiqadigan xalaqitlar faktorini ta’sirini nazorat qilish tezligiga to‘g‘ri kelishi uchun susaytirish. Filtrlangan signallar avtomatik sartirovkalashtirish bloki va marker bilan birlashtirilgan bo‘sag‘a qurilmasiga kelib tushadi. Ferromagnit materiallarni nazorat qilishda strukturali bir jinsli bo‘lmaslik doimiy magnit maydon bilan magnitlashni susaytiradi. Nuqson mavjudligi xaqidagi yorug‘likli signalizasiya, shuningdek nazorat qilinib bo‘lingan mahsulotlarni avtomatik xisoblash va avtomatik xisoblash va yorug‘likli indikasiya bloklari yordamida amalga oshiriladi. Ossillogrfik indikasiya bloki sozlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek filtr chiqishidagi signalning xarakteristikasini operativ kuzatish uchun mo‘ljallangan. Asbobni sozlash faza boshqaruvchi richkalarini xolatini tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa chiqish signaliga (ossillograf bo‘yicha) ob’yektning radial siljishining kichik ta’sirini va standart na’muna (bo‘sag‘a nuqsoni) o‘tayotgan paytda bo‘sag‘a qurilmasining ishlab ketish bo‘sag‘asini o‘rnatish ketma ketligini aniqlab beradi. Ferromagnit bo‘lmagan asosan qiyin eruvchi metallardan tayyorlangan simlarni bir necha modifikasiyasi DKV-2 turli nuqson aniqlagichda tekshiriladi. Asbob bazasi b*=0.5 dan 1 gacha va bir jinsli o‘tuvchi o‘zgartirgich qo‘llaniladi. Bu qo‘zg‘atuvchi tok va o‘lchov kanalining uzatish koeffisiyentini sozlashda 3 ta o‘zgartirgichlar bilan 0.3, 2.5 mm li nazorat qilinayotgan simning diametrlar diapazonini egallashga imkoniyat berdi. Asbobning struktura sxemasi 3.1-rasmdagi sxemadan farqi bukilishni kuchaytiruvchi kuchaytirgich va filtrning mavjudligidir. Asbobni sozlash uchun unga ulanadilagn ossillografni va o‘zi yozarni qo‘llashadi. Asbob ekspluatasiyasi juda oson va kichik gabarit va massaga ega. Bundan ham zamonaviyroq nuqson aniqlagichlar ferromagnit bo‘lmagan simlarni nazorat qilish uchun VD-701P (20P va 21P) nuqson aniqlagichlar turlari ishlab chiqarilgan. Asbobning ishlashi DKV-2 nuqson aniqlagichining ishlash prinsipiga asoslangan, lekin turli sinfli nuqsonlarni xisobga olish va ajratish blokiga egadir. Nazorat natijalari simning 0.3 dan 3 m/s oraliqdagi o‘ralish tezligiga bog‘liq emas. Asboblar 3 ta elektron xisoblagichlar bilan ta’minlangan va ikkita rejimda ishlashlari mumkin: 1. Kichik nuqsonlar sonini xisoblash va sim g‘altagining (buzilishlar soxasining uzunligini) sim g‘altagidagi uzilishlar soxasining (uzun chuqur yoriqlar) uzunligini xisoblanadi. 2. Nuqsonlar umumiy sonini (kichik va kattalarini) va katta kalta nuqsonlar sonini xisoblaydi. 3-xisoblagich nuqson aniqlagich kiradi. O‘rash qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lib nazorat qilib bo‘lingan simning uzunligini ko‘rsatadi. Asboblar ossillografik indikator bilan jixozlangan. O‘zi yozarni ulash uchun kirishi mavjud va EXMga ulash uchun mo‘ljallangan ikkilik o‘nlik kodidagi ma’lumotlar chiqishiga ham egadir. DKV-2 asbobidagidek ular izolyasiya simlarni ham tekshirish mumkin. Chet-el mamlakatlarining nuqson aniqlagichlarini eng zamonaviyrog‘i In-ra d-ra Fyorstera (GFR) asbobidir. Bizning mamlakatda quvrlarni, prutlarni, ferromagnit va ferromagnit bo‘lmagan materiallardan eritmalaridan tayyorlangan simlar, quvr va prutoklar “Deffektograf2.180” “Deffektograf2.181”, “Deffektovar 2.187”, “Deffektomat 2.189” asboblari yordamida nazorat qilinadi. 10000C gacha isitilgan simlar va prutlar esa – “Deffektoterm2.186” asbob yordamida tekshiriladi. Download 109.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling