O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlar


-rasm. Simlarni nuqson aniqlagichi Defektoskop VD-701


Download 109.66 Kb.
bet2/2
Sana27.02.2023
Hajmi109.66 Kb.
#1234604
1   2
Bog'liq
O‘tuvchi o‘zgartirgichli nuqson aniqlagichlar

3.10-rasm. Simlarni nuqson aniqlagichi Defektoskop VD-701.


.
Ularning barchasi ma’lumotlarni modulyasion usul bilan va proyeksiya usuli bilan ajratib olish struktura sxemasida bajarilgan. Asboblar kalta qo‘zg‘atuvchi g‘altakli o‘tuvchi o‘zgartirgichlar to‘plami bilan jixozlangan, “Defektovar” esa quvrlarning ichki yuzalarini nazorat qilish uchun “Intratest 2.187-1” qurilmali ichki o‘tuvchi o‘zgartirgichlar bilan jixozlangan. Texnik xarakteristikalar bo‘yicha ular “Deffektoterm” “Deffektovar” va 2.702 qurilmasiga o‘xshash. Ular yupqa ferromagnit bo‘lmagan simni nazorat qilish uchun xizmat qiladi va nazorat qilinib bo‘lingan mahsulotning turli nuqsonlarining umumiy sonini ro‘yxatdan o‘tkaza qolmasdan balki ob’yektning butun uzunligi bo‘yicha qaysi soxada nuqson joylashganini ham belgilab ketishga imkon beruvchi raqamli pechat qiladigan qurilma bilan ham jixozlangan. “Deffektovar” asbobi o‘z tuzilishiga ko‘ra unifikasiyalangan bloklar majmuasiga o‘xshaydi. Ulardan qo‘llanilish maqsadiga binoan turli variantlardagi asboblar yig‘ilishi mumkin. Xuddi shu bloklar ham (boshqa konstruktiv ishlanishda) “Deffektoterma” va “Defektomatr” tarkibiga kiradi. Bunday unifikasiyalanish chet-el va Rossiya tomnidan loyixalangan elektromagnit nazorat asboblariga xosdir.
Boshqa chet-el mamlakatlarining firmalari in-ta d-ra Fyorstera asbobiga ishlash prinsipi va konstruksiyasi bo‘yicha o‘xshash asboblar ishlab chiqariladi. Misol uchun po‘lat prutlar va quvrlarni (qaynoq va sovuq) nazorat qilish uchun mo‘ljallangan “Barskan937” va “Termoskan” asbobi “Telediktator” (Angliya) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. “BADD” (AQSH) firmasining “Redak” asbobi sozlash usuli bilan farqlanadi. Bunid oldindan kvalifikasiyalangan kontroller o‘tkazadi. Nazorat rejimi perfokartaga yozilib boradi. Perfokartalar asbobga kiritiladi va spesifikasiya bo‘yicha ishlash rejimini ta’minlab beradi. Fyorster asboblarida esa xuddi shu maqsad mexanik shablon yordamida sozlash ruchkalarini fiksasiyalash yo‘li bilan erishiladi.
Download 109.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling