Otval xosil qiluvchi mashinalar elektr yuritmalari quvvati va energetik ko’rsatkichi Reja
Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi
Download 0.51 Mb.
|
Otval xosil qiluvchi mashinalar elektr yuritmalari quvvati va en
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transmissiyali elektr yuritmalar
- Guruxli elektr yuritma
- Mahsus individual elektr yuritma
- Ko`p motorli elektr yuritmalar
- Ag’darma hosil qiluvchi va ag’darma-transport ko’priklarining e lektr uzatma va elektro uskunalari.
Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi.
Elektr matori bilan harakatga keltiriladigan mashinalar soniga yoki ishlab chiqarish agregati matorlari soniga ko`ra elektr yuritmalar quyidagicha bo`ladi. a) ishlash sharoitiga qarab statsionar va ko`chma elektr yuritmalar. b) elektromator ishlatadigan mashina soniga qarab transmissiyali, yakka va ko`p motorli. v) aylanishlar tezliklarini o`zgartirilishiga qarab bir tezlikli va ko`p tezlikli. g) boshqarish usuliga qarab avtomatlashtirilgan, yoki avtomatlashtirilmagan, yoki qisman avtomatlashtirilgan. Transmissiyali elektr yuritmalar. Elektr motor harakatini po`lat arqon yoki tasmalar vositasida ishlab chiqarish korxonasi sexlaridagi bosh transmissiyalarga uzatuvchi yuritma umumiy transmissiyali EYu deyiladi. Bunda har bir ish mashinasiga harakat tasmalar orqali bosh transmissiyadan uzatiladi: Umumiy transmissiyali elektr yuritmalar tejamsizligi va noqulayligi sababli hozirgi paytda umuman qo`llanilmaydi. Guruxli elektr yuritma. Bosh transmissiyada bir gurux ishchi mashinalarga Harakat uzatuvchi yuritma guruhi guruhli EYu deyiladi. Guruxli elektr yuritma ham tejamsizligi va noqulayligi tufayli hozirgi paytda deyarli qo`llanilmaydi. Oddiy yakka motorli elektr yuritma. Har bir ish mashinasi undan alohida o`rnatilgan elektr motori bilan harakatlantiriladigan yuritma oddiy yakka motorli EYu deyiladi: Bunda ish mashinasining kinematikasi va harakat uzatilishiga hech qanday o`zgartirish kiritmaydi Mahsus individual elektr yuritma. Elektr motor ish mashinasiga o`rnatilgan va u bilan bir butun agregatni tashkil qilgan EYu, mahsus individual EYu deyiladi. Bunday agregatlar shovqinsiz, yengil, oddiy, ishlatishga qulaydir. Ularning foydali ish koeffitsenti yuqori hamda avtomatlashtirish imkoniyati katta bo`ladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarda har bir ish mashinasi uchun alohida elektromotor talab qilinadi. Shuning uchun ularni ko`p motorli EYu lar de-yiladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar murakkab qurilmalar yoki mashinalarning ish organ-larini ulardan alohida o`rnatilgan mustaqil elektr motorlardan harakat olib ishlaydi (masa-lan, AVM – 0,4 vitaminli un tayyorlash agregatida to`qqizta elektr motor bor. Ag’darma hosil qiluvchi va ag’darma-transport ko’priklarining elektruzatma va elektrouskunalari. Transport –ag’darma ko’prigi o’zi yuradigan, konlarda qisqa muddatlarda qazilgan yerning ichidan olingan jinslarni transport vositasida tashuvchi chiziqli konveyer ko’prik qurilmasidan iborat. Kompleksda ular bir yoki ikki ko’p cho’michli ekskavatorlar ishlaydi, ba’zida esa ekskavatorlar ko’priklar tuzilishi bo’yicha tiziladilar. Ko’priklarning elektr uzatmalari sxemasi kompleks va u bilan ishlovchi ekskavator sxemasi bilan bir-biriga bog’langan. Transport –ag’darma ko’prigi 10000 t va undan ko’p bo’lgan beso’naqay va murakkab qurilma massasidan iborat. O’rnatilgan dvigatellarning umumiy soni 80 va undan ko’proq bo’ladi. Bu dvigatellar siljish (yurish), konveyerlar, yordam mexanizmlar ( moynasoslari, kompressorlar, temir yo’l surish mashinasi va boshqalar). Transport –ag’darma ko’priklarning yuklama jadvali nisbatan bir tekis bo’lib, ahamiyatga ega bo’lmagan tig’iz qisqa muddatlari bilan o’ziga xosdir. Foydalanilayotgan quvvat miqdori dvigatel siljishi va konveyerlar dvigatellarining asosiy yuklamasi bilan aniqlanadi. Ishlash jarayonlarida transport –ag’darma ko’priklarini siljish zarurati mexanizmni yurishida o’ta muhim o’ziga xos bo’lgan uning katta massasiga bog’liq bo’ladi. Ko’p cho’michli ekskavatorlar va transport –ag’darma ko’priklari yurishida mexanizm elektrouzatmalariga qo’yilgan talab asosan o’xshashdir. SHu sababli ham bu yerda G-D tizimi bo’yicha elektrouzatma qo’llaniladi. Transport –ag’darma ko’priklarining konveyer liniyalari uzatmasi ko’p hollarda tezlikni regulirovka qilishni talab qilmaydigan, ammo ortiqcha yukka o’ta sezuvchan fazali rotor va qisqa tutashuvchi asinxron dvigatellari orqali amalga oshiriladi. Ko’pchilik yordamchi mexanizmlarning elektrouzatmasi asinxronli qisqa tutashtirilgan dvigatellar yordami bilan amalga oshiriladi. Elektr energiya eng ko’p iste’mol qiladigan transport –ag’darma ko’priklari hisoblanadi. Kabelli barabanlar yordamida 6 - 35 kV kuchlanishda ta’minlashni yaqin keltirish amalga oshiriladi.Ayrim hollarda 6 kV kuchlanishli kontaktli tarmoqdan foydalaniladi. Ag’darma hosil qilgichlar transport –ag’darma ko’priklaridan farqli o’laroq u bir tayanchli metall konstruktsiyani ifodalab, arqonda osib qo’yilgan va ko’tarib turuvchi lentali konveyer, uning yordamida kovlab olingan jinslarni ekskavatordan qo’shib ag’darib berish amalga oshiriladi. Ag’darma hosil qilgichlar konstruktsiyasi bo’yicha ikkita asosiy guruhga bo’linadi: temir yo’l tarkibi majmuasi bilan ishlovchi va lentali konveyer majmuasi bilan ishlovchi. Birinchidan relьsli yurishga ega, ikkinchidan- qadamlovchi yoki gusenitsali. Rotorli ekskavatorlar majmuasida ishlatish uchun MHD mamlakatlari zavodlari unumdorligi 650 - 5000 m3/ch bo’lgan Ag’darma hosil qilgichlarni ishlab chiqarmoqda(masalan OSHR-5000/95 va OSHR-4500/180 ). 1 rasmda qadamlab yuruvchi unumdorligi 4500 m3/ch bo’lgan OSH-4500/90 va ag’daradigan konsoli uzunligi ag’darma hosil qilgichlar elektro uskunalarining bir chiziqli sxemasi ko’rsatilgan. OSH-4500/90 da barcha mexanizmlarning umumiy o’rnatilgan dvigatellari quvvati 1840 kVt ni tashkil etadi. Ag’daradigan va qabul qiluvchi konsolli burilish uzatmasi G-D tizimi bo’yicha bajarilgan. Qolgan dvigatellar –asinxronli, yanada quvvatli (fazali rotor bilan kuchlanish6000 va 380 V) qadamlovchi mexanizmda ag’daradigan va qabul qiluvchi konveyerlarda o’rnatilgan. Kam volьtli mexanizmlarni quvvatlash uchun va yoritish uchun pasaytiruvchi transformatorlar TM1, TM2 va TO o’rnatilgan. 1-rasm. Ag’darma hosil qilgichlar OSH-4500/90 elektrouzatmalarining bir chiziqli sxemasi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling