Ovozsiz filmlar davri montaj san’ati
Download 51.94 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqovozsiz-filmlar-davri-montaj-san-ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Keywords
OVOZSIZ FILMLAR DAVRI MONTAJ SAN’ATI Sayram Muxsinaliyevna Sobirova sayram.sobirova@mail.ru O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya: Kino - bu universal til. Kino san’ati voqealar barchaga birdek tushunarli bo‘lgan tasviriy ketma-ketlik orqali beradi. Ovozsiz filmlar davri kino tilini shakllanishida muhim bosqich bo‘ldi. Bu davrni tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, XX asrning birinchi choragida montaj san’ati badiiy ifoda vosita sifatida shakllangan va rivoj topgan. Kalit so‘zlar: Kino, ovozsiz film, montaj san’ati, badiiy ifoda vositasi, L.Jannetti montaj tasnifi, ta’sir, sistema THE ART OF EDITING IN THE EPOCH OF SILENT CINEMA Sayram Mukhsinaliyevna Sobirova sayram.sobirova@mail.ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: Cinema is a universal language. Film is a system of a moving images. The era of silent cinema was an important stage in the active formation of the cinema language. A study of this period shows that in the first quarter of the twentieth century, montage developed as a means of artistic expression. Keywords: cinema, silent cinema, montage art, means of artistic expression, montage classification by L.Giannetti, impact, system. Kirish. Filmlar bir asrdan ko‘proq davr ichida insoniyat madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Kino san’ati namunalari inson dunyoqarashi, ma’lum belgilariga ega madaniyatni shakillantirishda muhim ahamiyat kasb etdi [1. 275]. Kino asarlar kishilarni ilhomlantiradigan, ma’lum harakatlarga undaydigan, birlashtiradigan o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi isbot talab qilmas haqiqatga aylandi. Filmlarda berilayotgan ma’lumotlani ko‘rish hamda eshitish orqali qabul qilganimiz uchun ham uning inson ongi va qalbiga bo‘lgan ta’siri har doim yuqori bo‘lgan. Har bir san’at turining o‘z sistem ko‘rinishi mavjud va kino san’ati bundan mustasno emas. [2. 77]. Filmni bir butun tizimga birlashtirish montaj jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy qism. Montaj bu bo‘laklarni bir butunlikka yig’ish jarayonidir. Shu bilan birga montraj kinematografning eng ko‘p o‘rganilgan badiiy vositalaridan hisoblanib, "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 207 http://oac.dsmi-qf.uz/ u haqida fiklar har doim xilma-xil bo‘lgan. Kinematografiyada montaj nazariyasi va amaliyoti tadqiqining asoschilari va targ‘ibotchilaridan biri S.Eyzenshteyn: “Kinematografiya, eng avvalo, montajdir”, - deb ta’kidlagan [3]. Eyzenshteyn “montajcha tafakkur tarzi” yozuvchiga ham, rassomga ham, rejissorga ham xos xussusiyatligi. Darhaqiqat, so‘zlarni bir-biriga biriktirish, matnni bo‘limlarga bo‘lish va ularning ketma-ketligini shakllantirish adabiyotda montaj usulidan foydalanishga misol bo‘la oladi. Tasvirda narsalarni o‘rinili joylashtirishga ham tasviriy san’atdagi montaj sifatida qarash mumkin. Masalan, Boburnoma asaridan olingan “Emperor Babur and his court” [4] minyatyurasida voqealarning markazga nisbatan ketma- ketlikda joylashtirilganida shoh Bobur saroyi va mamlakatida siyosiy va ijtimoiy hayotga qazratilgan e’tibor darajalanish holatida ko‘rsatilganligini kuzatamiz. Xuddi shu holatni spektakl va musiqiy asarlar kompozitsion tuzilishida ham ko‘rib chiqish mumkin. Ko‘rinadiki, montaj bu san’at asarlarini yaratishda o‘ziga xos sintaksis maydonidir. Hamda turli bo‘laklarni qiyoslash, birlashtirish har qanday san’at asariga xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, ijodkorning tafakkur tarzi mahsulidir. Kinoda montaj uslubi yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Texnologik nuqtai nazardan u kadrlarni kesish va ulashni bildirsa, badiiy jihatdan rejissorning kasbiy bilim, ko‘nikmalari va mahorati (kino qonun-qoidalarini (kino grammatikasi) tushunishi va to‘g’ri qo‘llay olishi) hamda ijodiy salohiyatidan xabar beradi. Kinoda montaji ikkita turga ajratishadi: Kinoda montajning kadr ichi va kadrlar aro turlari mavjud. Kadr ichi montaji planlar, rakurslar va harakatlar orqali quriladi. Kadr ichi montaji kadrning mazmuniy makoniga olib kiradi, ijodkorning (muallifning) voqeaga, asardagi personajga munosabatini ochib beradi. Kadr ichi montaji odatda ritmik jihatdan sokin, uzun kadrlaridan (montaj kadrlaridan) tashkil topadi. Bunda kadr ichi dinamikasini asosiy shakillantiruvchi omil sifatida kelib, ekran kompozitsiyasini tomoshabinlar ko‘z oldida o‘zgartiradi. Bu travelling yoki transfokator tasvirga olish va obyektlarni harakati asosida amalga oshiriladi. Kadr ichi montajining eng yuqori namunalarini L.Viskonti, A.Tarkovskiy, M.Antonioni filmlarida kuzatishimiz mumkin. mumkin. Kadrlararo montaj - bu montaj kadrlari hamda frazalarni butun ekran matniga birlashtirish. Kadrlararo montaj tashqi shakllantiruvchi vazifasi voqeani boshqarish, ma’noviy detalni aiqlashtirish, emotsional hamda dramatik holatni kuchaytirish kabilardan iborat. Uning yordamida ekran asarini yuqori dinamikaga, konfliktni esa o‘z o‘rnida yuqori intensivlikka erishtirish mumkin. Demak, montaj kino paydo bo‘lgandan mavjud. U XX asrning birinchi choragida film badiiy ifoda vositsi sifatida shakllandi va kinoning alohida san’at turi sifatida insoniyat madaniyatida o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu ovozsiz kino davri edi. Amerikalik professor Luiz Jannetti “Understanding Movies” asarida XX "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 208 http://oac.dsmi-qf.uz/ asrning birinchi choragida montaj san’atini shakllanish davri va xususiyatlariga asoslanib tasniflab chiqdi hamda uni realistik, klassik va formalistik uslublarga bo‘ldi [5]. L.Jannetti bo‘yicha montaj tasnifi: Epizodlar tasvirlangan bir kadrli filmlar (“Poyezdning stansiyaga kirib kelishi” filmi, rejissor aka-uka Lyumerlar) - kadrlarni voqealar ketma-ketligi va uzviyligi nuqtai nazaridan ulash (“Oyga sayohat” filmi, rejissor J.Melyes) - klassik montaj (“Millatning tug’ilishi” filmi, rejissor D.U.Griffit) - mavzuli montaj (“Glen Glud haqidagi o‘ttiz uch voqea” filmi, rejissor Fransua Jirar) -abstrakt montaj [5]. L.Jannetti tasnifi realistik montaj deb ekran asarlarining ilk paydo bo‘lgan davrdagi bir kadrli (voqealar izchillikda bayon etilgan) filmlarga aytildi. Klassik montaj - bu XX asr boshlarida shakllangan voqeani izchil tarzda ko‘rsatishga qaratilgan montaj. L.Jannetti o‘z nazariyasida formalistik davr montajiga ta’rif berar ekan, uni (formalistik montajni) kinematografning alohida san’at turi sifatida shakllanishi va montaj san’atining metaforik xususiyatlarini ochilishi bilan bog’laydi. Realistik davrga kino paydo bo‘lgan ilk davrlarda yaratilgan bir kadrli filmlar kirib, aka-uka Lyumerlarning “Poyezdning stansiyaga kirib kelishi”, “Ishchilarning fabrikadan chiqishi”, “Devorning qulashi” kabi filmlari yaqqol misol bo‘ladi. Bu davrda filmlarning asosan ssenariysiz, dekoratsiya va aktyorlarsiz tasvirga olingan. Reportaj usulidagi bunday filmlarni mazmuni qisqa vaqtda ko‘rsatilib, bitta montaj kadridan iborat bo‘lgan. Kadrlarni voqealar ketma-ketligi va uzviyligi nuqtai nazaridan ulash (izchil montaj) montaj usullarini o‘rganishda ilk qadamdir. Film voqealari sabab-oqibat tarzida, xronologik ketma-ketligda shaklillantirilgan. Masalan, J.Melyesning “Oyga sayohat” filmida voqealar xronologik ketma-ketlikda bayon etiladi. Birinchi kadrda astronomlarning muloqoti, ikkinchi kadrda kosmik ekspeditsiyaning yo‘l olishi, uchinchi kadr oyga qo‘nish, keyin oyliklar bilan to‘qnashuv, qochish, quvish, qutililish, va Fransiyaga tantanali qaytish. Murakkab syujetli tugun, voqealar rivoji, kulminatsiyasiga ega voqealarni ko‘rsatar ekan, J. Melyes bularning barchasini bir kadrda ko‘rsata olmas, hikoyani bir necha epizodlardan tashkil topgan bo‘laklardan yig’ib chiqdi. Uzviylikni yo‘qotmagan holda kadrdan-kadrga o‘tishlarni mohirlik bilan shakllantirdi. Keying bosqichni L.Jannetti klassik montaj deb ataldi. Uning asosiy usullari Amerikalaik rejissor D.U.Griffit tomonidan ishlab chiqilgan: Kadrdagi obyekt harakat yo‘nalishiga ko‘ra montaj (qahramon chapdan chiqib ketsa, o‘ngdan kirib kelishi). Kadrdagi personaj nigohining yo‘nalishi bo‘yicha montaj (qahramon kadr ortidagi biror narsaga qarashi va personaj qaragan obyekt). "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 209 http://oac.dsmi-qf.uz/ Analitik montaj - kadrdagi obyektlar masshtabining ortib borishi (personajning uzoq plani, personajning umumiy plani, personajning birinchi o‘rta plani, detal). Sintetik montaj - kadrdagi obyekt masshtabining kichrayib borishi (personajning yirik plani, personajning ikkinchi o‘rta plani, personajning uzoq plani) Munosabat chizig’i (180° qoidasi ) - dialog sahnalalarini tashkil etuvchi kadrlarni ulashda (personajlarning umumiy plani, bitta personajning o‘rta plani, ikkinchi personajning o‘rta plani). Parallel voqealar montaji - umumiy mavzu bilan bo‘glangan ammo turli makonlarda bir vaqtning o‘zida sodir bo‘layotgan ikki yoki undan ko‘p voqealarni ulashda. Odatta parallel holda bir vaqtning o‘zida sodir bo‘layotgan voqealar kulminatsiyada kesishib, yagona epizodga birlashadi. Amerikalik rejissor D.U Griffitning (1875-1948) “Betoqatlik” (1916) filmida parallel montajga ko‘plab misollar uchratamiz. Rejissor filmning so‘ngi epizodida voqealarni parallel tarzda berish orqali uni o‘tkirlashtirib, dinamikasini oshib borgani kuzatiladi. Yakuniy epizodda quyidagi voqealar parallel tarzda yuz beradi: ayol nohaq ayblanib, qatl etilayotgan erini qutqarib qolishga shoshilmoqda; aybdorga chiqarilgan hukm ijrosi amalga oshirilishi boshlandi; ayolning erini qutqarishi uchun kerak bo‘lgan eng muhim shaxs bo‘lgan gubernatorning shahrni tark etayotganligi. Parallel voqealar tuzilishi quyidagicha: 1) Ayol avtomobilda erining beayb ekanligini isbotlashga shoshilgancha poyezdda ketayotgan gubernatorning ortidan yeldek bormoqda. 2) Qamoqxonada mahkum ustidan oliy jazo amalga oshirish boshlandi. Gollivud qonunlariga ko‘ra qutqaruv oxirgi daqiqalarda sodir bo‘ldi. Bir necha syujet chiziqlarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirib borishni Griffit adabiyotdan oldi va tasvirlar orqali, bir sahnadan boshqasiga o‘tish orqali filmlar strukturasini yangicha tarzda shakllantirishga erishib, bu usul uchun klassik misol bo‘lgan yuqoridagi epizodni yaratdi. Griffitning filmlarida syujetlar ko‘pqatlamlikni kasb etdi. Buguni kunda filmlarning bunday usulda tuzulishi odatiy hol bo‘lsa-da, D.G.Griffit parallel montajni qo‘llashda va o‘z davri tomoshabinlari filmlarni qabul qilish va idrok etish shakillangan ko‘nikmalarini buzishida, ya’ni filmning bir syujet chizig’li dramaturgiyasini buzilishida prodyuserlar katta qarshilik ko‘rsatishgan. Ovozisz filmlar davri montaj san’atini tadqiq etgan L.Ganetti tasnifidagi uchunchi bosqich nafaqat montaj qonuniyatlarni yaxshi bilishni, balki uni asosiy badiiy uslub sifatida qo‘llashni nazarda tutadi. 1920-yillarda ijod qilgan rus formalistlari deb tanilgan sobiq ittifoq reissorlari bu bosqich montaj san’atiga katta hissa qo‘shishdi. L.Jannetti o‘zining tasnifida bu davr uchun boshlang’ich nuqta sifatida “Kuleshov effekti”ni ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, montajni nazariy jihatdan o‘rgangan ilk rejissor - bu Lev Kuleshov bo‘ldi. U film tasmalari ustida amaliy ishlar olib bordi. Lev Kuleshov o‘zing "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 210 http://oac.dsmi-qf.uz/ tajribalari bilan montajning film stukturasidagi vazifalarini aniqlashtirdi. Xususan, “Kuleshov effekti” montaj san’ati asosiy tushunchasiga mos bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: kadrlar ketma-ketligida birinchi kadrning mazmuni o‘zidan keying kadr mazmunidan kelib chiqib o‘zgaradi. “Kuleshov effekti” Lev Kuleshov tomonidan o‘tkazilgan kadrlarning invariant ulash tajribasi natijasida yuzaga keldi. Uchta variantning barchasida ham birinchi kadr (yirik planda aktyor I. Mozjuxinning yuzi) o‘zgarmay qoldi. Ammo undan keyingi kadr har bir variant uchun o‘zgardi. Birinchi variantda, maysazordagi qizaloqning umumiy plani. Ikkinchisida, vafot etgan yosh ayol umumiy plani. Uchinchisida, yirik planda tarelkadagi qaynoq sho‘rva. Bu kadrlarni tomosha qilganlar Mozjuxin yuz qiyofasi uch marta o‘zgarganini ta’kidlashib (ularda hayrat, g’am hamda ochlikni), har bir variantlarda aktyor yuzida turli xil hissiyotlarni ko‘rishdi va uni buyuk aktyor deb ta’riflashdi. Mozjuxin kadri o‘zgartirilmay takrorlangan bo‘lsa-da, o‘zidan keyingi kelgan kadr natijasida u turli xil ma’no kasb etdi. Kuleshov montaj usullarining birinchi kashfiyotchisi emas, ammo u kinematografik obrazlar montaj san’ati orqali shakillatirilishini nazariy hamda amaliy ravishda tizimli isbotladi. Lev Kuleshov kinoning asl badiiy mohiyatini ochib berishga qaratilgan bir qator tajribalar o‘tkazdi. L.Jannetti tematik montajining yana bir turi sifatida qiyosiy montajni keltiradi. Oddiy qiyoslash, taqqoslash orqali hosil bo‘ladigan mazmun haqida to‘xtaldi. Bunga misol sifatida Dziga Vertovning “Kinoaparat ko‘targan odam” filmidagi erta tongda shaharning uyg’onishi tasvirlangan epizodini ko‘rsatish mumkin. Rejissor kadrlarni shunday joylashtirdiki, kadrlar ketma-ketligi parallel harakatlar tarzida qurilib, yuzini yuvayotgan ayol kadrlari “yuvilayotgan” uy kadrlariga o‘xshatiladi. Bu kadrlar tizimi quyidagi shaklda tuzilgan: a) ayolning tog’oradan suv olib yuzini yuvishi; a.1) shlangdagi suv chiqindi idishlarini tozalashi; b) ayol ko‘zlaini sochiq bilan artadi; b.1) ayol uylar derazasini artadi; c) ayol kipriklarini pirpiratadi; c.1) derazadagi jalyuzilar tebranadi. Dziga Vertov faqatgina hujjatli kadrlarga asoslanib, reportaj kontekstidan olingan kadrlarning kerakli-ketma-ketlikda birlashtirish asosida, faqat hujjatli film suratga olish bilan shug'ullanib, voqelikning poetik obrazini yaratish mumkinligini isbotladi. Bu davr rejissorlari kino turli kadrlarning ulanishi orqali yaratilishi va undagi g’oyani rejissor o’zi istagan holda berishi mumkinligini: montajda film mazmuni va shakli tug’ilishini isbotlashdi. Xulosa. Kinofilmlar kommunikatsiyaning bir turi hisoblanadi va uning inson ongiga ta’siri yuqori ekanligi barchaga ma’lum. Kino asarlarining estetik qiymati "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 211 http://oac.dsmi-qf.uz/ hamda ta’sir imkoniyatlarini oshirish haqida fikr yuritar ekanmiz, filmning shakliy hamda mazmuniy uyg’unlik kasb etishida katta ahamiyatga ega montaj san’atini yanada chuqurroq tadqiq etish soha oldida turgan muhim vazifalardandir. Download 51.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling