Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m. U qorin bo'shlig'ida ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi qismlarga bo'linadi:
I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks); 2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak; 4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri ichak.
Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6-8 mm, uzunligi 3-9 srn, ba'zi odamlarda 18-24 srn gacha bo'lishi mumkin. Bu o'simta qorin bo'shJig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib chiqishi
8-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining mikroskopik tuzHishi:
1- vorsinkalarning tashqi ko'rinishi; 2- vorninkalarning ichki ko'rishi; 3¬vorsinka ichidagi limfa tomirlari; 4-vorsinka ichidagi arteriya va vena qontomirlari.
|
|
mumkin. Tish, tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish kabi kasalliklarida mikroblar qonga o'tib, appenditsit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning o'ng tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish, si lash va og'riq qoldiruvchi dorilami iste'mol qilish yaramaydi, chunki bular kasallikni og'irlashtiradi.
Yo'g'on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez su¬yuqligida fermentlar kam, shilliq modda esa ko'p bo'ladi. Bu shilliq modda ovqat qoldig'i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning yuqori qismidan pastki qismiga o'tishini qulaylashtiradi. Yo'g'on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo'lmaydi. Shuning uchun ovqat moddalarining so'rilish jarayoni ham ingichka ichakdagiga nisbatan kam bo'ladi. Yo'g'on ichak devoridagi muskul qavatining harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo'ladi. Shu sababli ovqat qoldig'i unda uzoq vaqt (18-20 soat) saqlanadi.
Yo'g'on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so'riladi, oqsil¬laming faqat 3% i, uglevodlarning 2% i so'riladi. Bu yerda ovqat qoldig'i quyulib, axlat ko'rinishida to'g'ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
|
Jigar
|
Jigar odam organizmidagi eng katta bez bo'lib, massasi o'rtacha 1500 g. U qorin bo'shlig'i o'ng tomonining yuqori qismida, ya'ni o'ng qovurg'alar yoyi ostida joylashgan. U ikki bo'lakdan iborat: o'ng bo'lagi o'ng qovurg'a yoyi ostida, chap bo'lagi qorinning yuqori qismida, ya'ni to'sh suyagi ostida joylashgan. Jigar to'qimasi biriktiruvchi to'qima pardasi yordamida juda ko'p mayda bo'lakchalarga bo'lingan. Bu bo'lakchalarning soni 500 mingga yaqin. Har bir bo'lakcha tarkibida bir nechtadan jigar hujayralari bo'lib, ular gepalotsit deb ataladi. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o't pufagida to'planib, maxsus kanalcha orqali o'n ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog'larning hazm bo'lishida ishtirok etadi. Jigarda bir kecha¬kunduzda 700-1200 ml o't suyuqligi ishlanadi. Jigarning muhimvazifalaridan yana biri qonni zaharli moddalardan tozalashdir. Me'da-ichaklardan so'rilgan ovqat tarkibidagi zaharli moddalar qopqa vena orqali jigarga boradi va uning hujayralarida zararsizlan¬tiriladi. Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar almashinuvida ham ishtirok etadi.
Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yalliglanib, yemiriladi va undan ishlangan o't suyuqligi o'n ikki barmoq ichakka quyilmay, bevosita qonga o'tadi. Buning natijasi¬da odamning ko'zi, tomog'ining shilliq pardalari va terisi sar¬g'ayadi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |