Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari. Ovqatlanish gigiyеnasi Rеja


Moddalar va energiya almashinuvi. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari


Download 309.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana09.02.2023
Hajmi309.6 Kb.
#1181495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
3-mavzu boyicha Referat

 
Moddalar va energiya almashinuvi. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari. Odam 
tashqi muhitidan ovqat va suv qabul qilishi, organizmda uning o‘zgarishi, hazm qilishi, hosil 
bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. 
Ovqat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy, mexanik, termik o‘zgarishi natijasida 
ulardagi potensial energiya issiqlik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Ana shu energiya 
hisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. 
Shunday qilib, moddalar va energiya almashinuvi bir – biriga chambarchas bog‘liq. Tirik 
organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etib turadi, ya’ni moddalar va 
energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning 
fiziologik xususiyati bo‘lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida 
o‘tadi. Bunda moddalar va energiya yo‘qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi. 
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari. Moddalar almashinuvi bir-biriga 
chambarchas bog`liq bo`l-gan ikki jarayon, ya`ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. 
Bular anabolizm va katabolizm deb ham ataladi. 
Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya deb ataladi. Bu 
jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`paydi. Organizm qancha 
yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o`tadi. Bu esa yosh organizmning o`sishi 
va rivojlanishini ta`minlaydi. 
Ovqat moddalarining ma`lum qismi yuqorida aytilganidek, assimilyatsiya jarayoni natijasida 
hujayralarning eskirgan qismlari yangilanishi, yangi hujayralar hosil bo`lishi hamda zahira holda 
to`qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, ATF, KF) sintez qilinishi 
uchun sarflanadi. 
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismining parchalanishi (yemi-rilishi) dissimilyatsiya yoki 
katabolizm deb ataladi. Buning natija-sida energiya hosil bo`ladi va bu energiya assimilyatsiya 


jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalar 
ayirish a`zolari orqali tashqi muhitga chiqariladi (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va 
boshqalar). 
Shunday qilib, odam organizmida assimilyatsiya va dissi-milyatsiya jarayonlari bir-biriga 
bog`liq holda davom etadi. Sog`-lom bo`lgan odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvo-
zanatda bo`ladi. Yosh organizmda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo`lib, buning natijasida 
o`sish va rivojlanish ta`minlanadi. Keksa odamlar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun 
bo`ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqi bo`lib, yuzlarida ajin paydo bo`ladi, tana 
muskullari bo`shashib, ularning hajmi kichra-yadi va qorni osilib qoladi. Og`ir kasalliklar 
vaqtida dissimilyatsiya kuchayadi. Shuning uchun ham hatto yosh odamning ham rangi so`liydi, 
terisi quriydi, yuzida ajin paydo bo`ladi, muskullari bo`sha-shadi, tana massasi kamayadi (ozadi). 
Odam tanasidagi har xil hujayra va to`qimalar tarkibiy qismlarining yangilanish muddati 
turlicha bo`ladi. Masalan, jigar to`qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay 
yangilanadi, tana muskullarining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi 
hamma to`qimalar tarkibidagi oqsillar-ning yarmi har 80 kun davomida butunlay yangilanib 
turadi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, qaysi bir to`qima va a`zo qanchalik faol ish bajarsa
harakat qilsa, uning tarkibiy qismlari yangilanishi shunchalik tez sur`atlarda bo`ladi. Binobarin, 
jismoniy mehnat, jis-moniy mashg`ulotlar va sport mashqlari odam tanasidagi to`qimalar 
tarkibini tez yangilanish, organizmning yosh sog`lom va tetik saqlanishga olib keladi. 

Download 309.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling