Ovqat ratsionini tuzish


Download 1.01 Mb.
bet1/7
Sana23.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1112829
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy


2-AMALIY MASHG’ULOT
OVQAT RATSIONINI TUZISH


Darsning maqsadi. Turli kasbdagi kishilar uchun ovqat ratsioni qoidalari bilan tanishish va o‘rganishdan iborat. Sog‘lom turmush tarzini yaratishda insonlarni meyoriy ovqatlanishida uning kasbga va yoshga bog‘liq yekanligiga ahamiyat berish.
Kunlik yeyiladigan ovqat organizmda sarflanadigan energiya miqdorini qoplaydigan bo‘lishi kerak. Sarflanadigan energiya odam bajaridigan ishga qarab har xil bo‘ladi. Organizm sarflanadigan energiyani qoplash uchun iste’mol qilinadigan moddalarning umumiy energiyasining hisobga olish kifoya qilmaydi. Organizm to‘qimalarining o‘sishi va rivojlanishi uchun sarflanadigan ayrim moddalarga ularning miqdori va sifatiga ham ahamiyat berish kerak.
Kundalik ovqat tarkibida oqsil, yog‘ va karbonsuvlar yetarlicha miqdorda va uning 50% hayvon mahsulotlaridan iborat bo‘lishi lozim. Ovqat yaxshi hazm bo‘lib, singishi uchun ovqatlanish tartibiga rioya qilish zarur. Odam ovqatni birdan ko‘p yemasdan, ma’lum vaqt oralig‘ida kam-kam yesa, yaxshi hazm bo‘ladi. Shuning uchun kunlik ovqatlanishni to‘rtga bo‘lib iste’mol qilgan ma’qul. Shu bilan birga organizmning suvga yehtiyojini ham to‘g‘ri qondirish kerak. Odam haddan tashqari chanqaganda birdaniga ko‘p suv ichmasligi lozim.
1-3 yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda ular vujudining fiziologik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Dastavval ovqat tez hazm bo‘ladigan, hajmi uncha ko‘p bo‘lmagan xilma–xil mahsulotlardan tayyorlanadi. Bolada 8–10 tishlar chiqishi bilanoq unga chaynovchi mushaklarning rivojlanishi uchun qattiqroq non, suxari, olma, sabzavotlar bo‘lagi, suyakli go‘sht berilib borishi foydalidir.
Uch yoshli bolalarda me’da hajmi bir oz kengayadi, shuning uchun ularga beriladigan ovqat miqdori ham tegishli ravishda ko‘paytiriladi (300 – 400 ml). Ba’zan bolada ishtaha yaxshi bo‘lib, anchagina miqdorda ovqat yeyishga moyillik bo‘ladi, bunday paytlari qancha xohlasang, shuncha yeyaver deb qo‘yish noto‘g‘ri, chunki u yoshlikdan yehtiyojdan ko‘p ovqat iste’mol qilishga o‘rganib qoladi. Bu holat, birinchidan, me’da hajmini kengaytirib yuborsa, ikkinchidan, ortiqcha semirish va u bilan paydo bo‘ladigan salbiy asoratlarga olib keladi.
Yasli yoshidagi bolalarning kunlik ovqatida mol, qo‘y, buzoq, parranda go‘shtlari, baliq, kalla–pocha, o‘simlik yog‘lari, yormalar, dukklilari doni, sabzavotlar (karam, sabzi, sholg‘om va boshqalar), meva – chevalar, yong‘oq, ko‘katlar tegishli miqdorda bo‘lishi kerak. Yana haftada bir – ikki marta ular ovqatiga ozroq sarimsoq qo‘shib berish kerak (uning bakterisidlik va yallig‘lanishga qarshilik ko‘rsatuvchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda).
Bolaning kunlik ovqatiga me’da – ichak tizimi haarkat faoliyatini kuchaytirish uchun oziq tolalariga boy mahsulotlardan (u ko‘pincha qora non, po‘sti olinmagan olma, sabzi, karam, sholg‘om, ko‘katlarda mo‘l bo‘ladi) ham tegishli o‘rin berish kerak. Ular iloji boricha har kuni meva – chevalardan, qish kunlarida shu yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan meva sharbatlaridan, konvervalaridan tanovvul qilib turishlari lozim. Bunday ovqatlanish ular vujudining kerakli vitaminlar, mineral moddalar hamda biologik faol moddalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi (7-rasm A va B).




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling