Ovqat resepti


Download 0.95 Mb.
bet19/104
Sana04.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1324488
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
Bog'liq
f17c5dc6cfc54c35d02030b2b706cfef «DASTURIY INJENERING” FANINING O’QUV – USLUBIY MAJMUA (Moddle tizimi asosida)

MA’RUZA MATNI
I semestr uchun


1-MA’RUZA. MURAKKAB PROGRAMMA TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH MUAMMOLARI. PROGRAMMA TA’MINOTINING HAYOTIY SIKLI. PROGRAMMA TA’MINOTINING ARXITEKTURASI.


Reja:

    1. Kirish. Dasturiy ta'minot jarayonlari

    2. Sifatli va tezkor dasturiy ta'minot ishlab chiqish

    3. Tizim uchun talablarni shakllantirish

    4. Dasturiy ta'minotni modellashtirish

Kalit so'zlar: jarayon, talab, faoliyat, tezkor, hujjat, model, dasturiy ta'minot, injiniring, mahsulot, faza, professional, metod.
Ushbu ma'ruzaning maqsadi dasturiy injiniringa kirish, dasturiy ta'minot jarayonlari va agile metodlar kabi muhim tushunchalar va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayoni ahamiyatini tushuntirishdan iborat.

  1. Kirish. Dasturiy ta'minot jarayonlari

1Biz zamonaviy dunyoni dasturiy ta'minotsiz tasavvur qila olmaymiz. Milliy infrastrukturalar va utilitalar kompyuterga asoslangan tizimlar tomonidan nazorat qilinadi va ko'pgina elektrli mahsulotlar o'z ichiga kompyuter va nazorat dasturlarni oladi. Sanoatda ishlab chiqarish va tarqatish to'liq kompyuterlashtirilgan. Musiqa sanoati, kompyuter o'yinlari, film va televizorlarda dasturiy ta'minotdan foydalanishadi. Shu sababli dasturiy injiniring milliy va xalqaro jamiyatlar funksionalligi uchun muhimdir. Dasturiy ta'minot tizimlari mavhum va nomoddiy bo'lib ular materiallarning xususiyatlari yoki fizik qonunlar bilan chegaralanmagan. Dasturiy ta'minotning potensialiga hech qanday tabiiy cheklanuvlar yo'q.
Dasturiy injiniring tarixi
“Dasturiy injiniring” atamasi 1968 - yil konfrensiyada taklif qilingan. 1970 - 1980 - yillarda strukturali dasturlash va obyektga yo'naltirilgan ishlab chiqish kabi dasturiy injiniring usullari va metodlari ishlab chiqildi. Standard atamalar ishlab chiqildi va hozirgi kunda keng qo'llanilmoqda.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling