Ovqat resepti


Download 0.95 Mb.
bet65/104
Sana04.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1324488
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
f17c5dc6cfc54c35d02030b2b706cfef «DASTURIY INJENERING” FANINING O’QUV – USLUBIY MAJMUA (Moddle tizimi asosida)

Xotirani boshqarish. Ko’plab dasturlash tillarini ishlab chiqishda mustaqil ravishda xotirani belgilash va uni boshqarish, obyektlar yashash vaqti bilan aloqasini o’rnatish kabi savollar yechimi berilgan. .NET Framework platformasi ilovalarining CLR muhitida bu servis avtomatik ravishda taqdim etiladi;

  • Umumiy tiplar tizimi. Dasturlash tillarida bazali tiplarni kompilyator aniqlaydigan an’ana bor. Bu esa oraliq tillarning o’zaro munosabatida muammolarni yuzaga keltiradi. .NET Framework platformasida bazali tiplar bitta .NET Framework tiplar tizimida deb nomlanuvchi CTS (Common Type System) da aniqlanadi;

  • Kengaytirilgan sinf kutubxonalar. Dasturlashning yuqori bosqichli amallarini standart joriy etish uchun ko’plab kodlarni yozish mobaynida, ishlab chiqaruvchilar oson kiruvchan kutubxona tiplaridan va .NET Framework kutubxonasi sinfi a’zolaridan foydalanadilar;

  • Ishlab chiqarish texnologiyasi va platformasi. .NET Framework platformasi ilovalarni ishlab chiqishning aniq bir sohasi uchun kutubxonalarni yoqadi, masalan, veb-ilovalar uchun ASP.NET, xizmatlarga yo’naltirilgan ilovalar uchun Windows Communication Foundation va ma’lumotlarga kirish uchun ADO.NET;

  • Tillarning o’zaro bog’liqligi. .NET Framework platformasi til kompilyatori ilova kompilyatsiya qilinganda darhol ijro etilmay, balki oraliq kod, CIL (Common Indermediate Language) ga o’tkaziladi, keyinchalik kompilyatsiya vaqtida CLR muhitiga ilova ijro etiladi;

  • Versiya mosligi. Ilovalarni .NET Framework platformasi yordami bilan ishlab chiqish jarayonida ko’pincha uning eng so’nggi versiyasidan foydalangan ma’qul.

  • Parallel joriy qilish. .NET Framework platformasi bir kompyuterda turli versiyalardan bir vaqtda foydalanishga ruxsat beradi.

    Foydalanuvchilar uchun .NET Framework. .NET Framework ilovalarini ishlab chiqmasak ham, biz undan foydalanamiz, chunki undan foydalanish uchun platforma yoki unda ishlash haqida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.


    Agar Windows operatsion tizimidan foydalansak, u allaqachon kompyuterga o’rnatilgan bo’ladi. Shunday ekan ilovalarni Frameworkning qaysi versiyasidan foydalanib ishlatayotganimizga e’tibor berishimiz kerak. Chunki bir vaqtning o’zida bitta tizimda Frameworkning bir qancha versiyasi o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Demak, biz har doim Frameworkning oxirgi versiyasida ishlaganamiz ma’qulroq.


    Download 0.95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling