Ovqatlanish nazariyasi va qonuniyati Reja
Download 15.23 Kb.
|
Ovqatlanish nazariyasi va qonuniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatlanish nazariyasi
- almashtirilmas
Ovqatlanish nazariyasi va qonuniyati Reja: Ratsional ovqatlanish nazariyasi Ovqatlanish tartibi va sharoiti Ovqatlanish nazariyasi Insonning real ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilgan va moddalar almashinuvining optimal darajasini ta’minlovchi ovqatlanish ratsional ovqatlanish deyiladi. Ratsional ovqatlanishning ilmiy asoslari shunday deb nomlanuvchi nazariyada ifodalanadi. Ratsional ovqatlanish nazariyasi XX asrdagi eng aniq nazariyalardan biri hisoblanadi: uning mantiqiy va amaliy ahamiyati hech qachon shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Ratsional ovqatlanish konsepsiyasiga 1930-yili M.N. Shatemikov tomonidan asos solingan. Uning yozishicha, hayotiy jarayonlar dinamikasida ustuvor o‘rinni moddalar almashinuvi va organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi kuchlar, ya’ni keng ma’noda oladigan bo‘lsak, ovqatlanish jarayonlari egallaydi. Insonning o‘sishi, rivojlanishi, mehnat layoqati va hatto mavjudligining o‘ziyoq ovqatlanishning yetarliligi va ratsionalligi bilan jips bog‘liqlikda bo'ladi. Zamonaviy ko'rinishdagi ratsional ovqatlanish nazariyasi asosi — muvo- zanatlashtirilgan ovqatlanish konsepsiyasi 1964-yili A.A. Pokrovskiy tomonidan shakllantirilgan. Uning fikricha, ovqatlanish haqidagi fan rivojlanishining asosiy xulosa- laridan biri ovqat so'rilishi va kimyoviy tarkibining muvozanatlashtirilgan- ligi darajasi orasidagi korrelyativ bog‘liqlikni aniqlashdan iboratdir. Ba’zi bir ozuqa moddalarining organizmning fiziologik o'ziga xosliklariga, shuning barobarida mehnat qilish va yashash sharoitlariga sifatiy va miqdoriy muvoflqligining nisbati haqidagi tasawurlar, tabiiyki, nafaqat ovqatlanish haqidagi fanning rivojlanish darajasini belgilabgina qolmay, balki aholi ovqatlanishi sohasidagi va iqtisodiyotning muvofiq sohalari rivojlanishiga amaliy tavsiyalaming asoslanganlik darajasini ham aks ettiradi. Nazariya tabiatshunoslik, fiziologiya va bioximiyaning fundamental qo- nunlari (quvvat saqlanish qonuni) asosida yaratilgan bo‘Ub, uyg‘un rivojlanadi va ushbu sohalarda yangi bilimlar to‘planishi va umumlashtirilishiga qarab to‘1 dirib boriladi. Ratsional ovqatlanish nazariyasiga asosan, inson ratsioni quwati bo'yicha, shuningdek, alohida nutriyentlar va biologik faol moddalar bilan muvozanatlashtirilgan bo'lishi kerak. Bunda ratsion kimyoviy tuzilishining modda almashinuvining barcha bosqichlarida organizmning fermentativ tizimlariga muvofiq kelishidek ontogenetik evolutsion qoidaga amal qilinadiki, bu metabolizmning optimal darajasining asosidir. Ratsional ovqatlanish nazariyasining asosiy qonunlaridan biri barcha ozuqa moddalarini almashtirilmas yoki essensial, ya’ni organizmda yetarli miqdorda sintezlanmaydigan va ovqat bilan doimiy ravishda tushib turishi kerak bo‘lgan hamda metabolizm yo‘llarida yetarlicha paydo bo'luvchi almashtiriluvchi moddalarga bo‘lishdan iborat. Essensial nutriyentlarga sak- kizta aminokislotalar, ba’zi bir mono- va polito'yinmagan yog’ kislotalari, ovqat tolalari, barcha vitaminlar, mineral moddalar va mikroelementlar kiradi. Ushbu ro‘yxat kelgusida unga bir qator ovqat tarkibiy qismlari (masalan, vitaminsimon birikmalar)ni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin, faqat ularning alimentar almashtirilmasligi haqida ilmiy dalillar olinishi shart. Ratsional ovqatlanish nazariyasi muvozanatlashtirilganlikning uchta darajasi ko'rinishida ko‘rib chiqilishi mumkin. Download 15.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling