Ovqatlanish


Sut sifatining gigiyenik ko’rsatkichlari


Download 1.07 Mb.
bet49/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Sut sifatining gigiyenik ko’rsatkichlari

Organoleptik xossalari. Bevosita ishlatish uchun keladigan yangi, yaxshi sifatli sut DS (GOST)ga muvofiq bir jinsli, sal sarg’ish tus aralash oq rangda, yoqimli hid va mazali, suyuq konsistensiyada bo’lishi kerak. Sut rangi mol ozuqalarining tabiatiga, sutda pigment hosil qiladigan ba'zi mikroblar paydo bo’lishiga, hayvonlaming kasalligiga qarab o’zgarib qolishi mumkin. Chunonchi, sutning ko’kimtir havorang tusi molni ko’k pigmentlari bor ozuqalar bilan boqilganiga, sutni rux idishda saqlab qo’yilganiga, mollarning mastit va sil kasalligiga bog’liq bo’lishi yoki sutda ko’k yiring tayoqchasi B. piocianeum ko’payib qolganiga bog’liq bo’lishi mumkin. Sutda sariq pigment ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar paydo bo’lganida, mollar mastit bilan og’rib qolganida, ba'zi o’tlarni (rovoch va boshq.) yeganida sut sariq tusga kirishi mumkin. Sutning qizg’ish tusda bo’lishi unga qon aralashib qolganligidan dalolat beradi.

Sut o’tkir hidli moddalar (baliq, tamaki, kerosin, benzin) bilan birga saqlanganida unda ko’pincha yot is paydo bo’lib qoladi. Sut moixonada uzoq turib qoladigan bo’lsa, go’ng hidini o’ziga oladi, yog’ochlari chirib ketgan yerto’lada saqlanganida chirik hidli bo’lib qoladi. Mollarni ba'zi bir xil ozuqalar (shuvoq, piyoz, dala xantali) bilan boqish ko’pincha sut mazasining o’zgarib qolishiga sabab bo’ladi. Sut hidi bilan mazasirung o’zgarib qolishiga davo maqsadi-da hayvonlarga berilgan dori moddalar ham sabab bo’lishi mumkin. Rangi g’alati bo’lgan, mol yegan ozuqasining hidi kelib turadigan, konsistensiyasi o’zgarib qolgan sutni, odatda, ovqatga ishlatishga yo’l ^o yilmaydi. Bunday sutni hayvonlarga berish uchungina ishlatsa bo’ladi yoki texnik maqsadlarda ishlatiladi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling