89
Qandolat mahsulotlari
Shakarli va unli qandolat mahsulotlari farqlanadi. Sharq shirin-liklari: holva, konfet, shokoladlar shakarli qandolat mahsulotlariga kiradi. Unh qandolat mahsulotlariga esa keks, tortlar va xilma-xil pechenyelar kiradi. Qandolat mahsulotlari o’zining chiroyli ko’rinishi, yoqimli ta'mi, hidi, yengil hazm bo’lishi va yuqori kaloriyaliligi bi-lan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar oziqlik qiymatining yuqoriligi undagi yengil hazm bo’ladigan quyi molekulali uglevodlar, yog’lar (ayniqsa, xamirU mahsulotlarda) borligi bilan xarakterlanadi. Sanitariya nuq-tayi nazaridan kremli qandolat mahsulotlari tez buzilishi, salmonel-lalar va boshqa ichak bakteriyalari bilan tez ifioslanishi (37 °C da 4 soatda) sanitariya ekspertizasini o’tkazishga asos bo’ladi. Kremi bor unli mahsulotlarni qorin tifi (ich terlama) va boshqa turkum salmo-nellalar bilan ifloslanishiga odatda, shu oziq-ovqat korxonalarida
90
ishlaydigan, terilarida yiringli yaralari bor ishchi xodimlar sabab bo’ladilar. Shu sababli stafnokokkning enterotoksik shtammlarini tashuvchi bemorlar, ichak infeksiyalari batsillalarini tashuvchilar tez-da aniqlanishi va krem tayyorlash bilan bog’liq ishlardan chetlashti-rilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |