Ovqatlanish


S. U. Magdiyeva, I.A. Saidova


Download 1.07 Mb.
bet2/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

S. U. Magdiyeva, I.A. Saidova

2-Respublika tibbiyot koUejining oliy toifali o’qituvchilari.

ISBN 978-9943-303-65-2 © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2007- y.

KIRISH

Prezidentimiz I.A. Karimov «o’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida mamlakatda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xal-qimizning farovonligini oshirish masalalari haqida to’xtalar ekan, aholi salomatligini saqlash eng muhim vazifalardan biri ekanligini, bu boradagi vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi esa zamon talablari-ga javob bera oladigan yetuk kadrlar tayyorlashni ko’zda tutishini alohida ta'kidlab o’tadi.

MustaqMgimizning ilk yillaridanoq yosUarirnkning istiqbolini, xususan malakali kadrlar tayyorlashni ko’zlab qator qonun va qaror-lar qabul qilindi. o’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ana shunday muhim huj-jatlardan hisoblanadi. o’z navbatida Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tibbiyot institutlari va kollejlarida o'qitisruiing yangi rejalari-ni tuzib, yangi dasturlar yaratish ishlarini amalga oshirdi va oshir-moqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot kollejlari oldiga zamon talablariga javob bera oladigan, chuqur bilimli, yetarli amaliy ko’nik-malarga ega b'''lgan yuqori malakali, zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanib mustaqil tahlillar o’tkaza oladigan, barcha turdagi muassasalarning sanitariya-gigiyenik va epidemik holatini real baholab tibbiy profilaktika ishini amalga oshiruvchi sanitariya shi-fokori assistenti tayyorlash vazifasi qo’yilgan. Kasallikni davolashdan ko’ra uning oldini olish afzal, shunday ekan tibbiyot kollejlarida har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Sanitariya shifokori assistentlari aholi salomatligini saqlash yo’-lida tibbiy profilaktik ishlarni amalga oshiradilar, tasdiqlangan oylik, yillik ish rejalari bo’yicha tekshirilayotgan obyektlarda nazorat o’tka-zadilar, sanitariya oqartuv ishlariiu keng yo’lga qo’yishda faol ish-tirok etadilar. Shularni hisobga olib tibbiyot kollejlari uchun ovqat-lanish gigiyenasi fanidan ushbu o’quv qo’llanma yozildi. Qo’llan-niada aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun ratsional

3

ovqatlanishning ahamiyati, ovqat ratsionidagi mahsulotlarning oziq-lik va biologik qiymati, gigiyena ekspertizasini o’tkazish va ovqatla-nish korxonalarining sanitariya-epidemiologik rejimini nazorat qilish-ga qo’yilgan gigiyenik talablar yoritilgan. Shuningdek, o’quv qo’llan-mada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilish, ovqat-lanish korxonalaridagi texnologik jarayonlar, ovqat mahsulotlari orqali o’tishi mumkin bo’igan yuqumli kasalliklar, gijja invaziyalari, ovqatdan zaharlanishlar profilaktikasi yuzasidan sanitariya shifokori assistenti va barcha tibbiyot xodimlari bilishlari zarur bo’lgan masala-lar xususida fikr yuritilgan.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling