Ovqatlanish
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati
Download 1.07 Mb.
|
Ovqatlanish gigiyenasi
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uch bosqichdan iborat:
1. Oziq-ovqat korxonalari loyihalarini tuzishda sanitariya me'yor-lari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish. 8 2. Oziq-ovqat obyekti qurilayotganda sanitariya talablari, me'yor-lari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish. 3. Yangidan qurib bitkazilgan yoki qayta ta'mirlangan obyektni ishga tushirishda sanitariya talablari, me'yorlari va qoidalarining ba-jarilishi ustidan nazorat qilish. Oziq-ovqat sanoati korxonalarining loyihalari maxsus davlat lo-yiha instituti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyihada sanitariya me'yor-lari va qoidalaridan chetlanishlar bo’lganda albatta sanitariya xizmati bilan kelishib olish shart. Loyiha materiallari tarkibiga: 1) obyektni qaysi joyga joylashti-rish bo’yicha malumotlar (situatsion reja, joyning geologik ta'rifi, shamol rejimi — shamollar guli, suv bilan ta'minlash va oqova suv-larni chiqarish sharoitlari); 2) arxitektura-qurilish qismi (xonalarning qavatlar bo’yicha rejalari va kesmalari, har birining maydoni va ba-landligi, deraza, eshiklar o’lchamlari); 3) texnologik qism (uskuna-jihozlarni joylashtirish tarxi, jihozlar o’lchamlari); 4) sanitariya-tex-nikaviy qismi (isitish, yoritish, kanalizatsiya, suv ta'minoti, venti-latsiya) kabilar kiradi. Ogohlantiruvchi nazoratning keyingi bosqichida obyektlarda qurilish ishlarining loyihaga muvofiq bajarilayotganligi, ishning sifati tekshiriladi. Yer ostidagi yopiq ishlar ham sanitariya shifokori assis-tenti ishtirokida tekshirilib akt-dalolatnoma tuziladi. Qurilish jara-yonida obyektni har gal tekshirgandan so’ng qurilish bosqichlari, tu-gallash muddati, loyihadan chekinishlar va boshqa sanitariya buzi-lishlari, ularni bartaraf etish muddatlari ko’rsatilgan dalolatnoma (akt) tuziladi. Loyiha bo’yicha qurilgan me'yoriy talablarga javob beradigan obyektni ishga tushirishga — ekspluatatsiyaga tarkibida Davlat sanitariya nazorati vakili bo’lgan maxsus Davlat komissiyasi ruxsat beradi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling