III. DORI VOSITALARINING YaNGI TURLARINI YaRATISh VA IShLAB ChIQISh
22.
|
Respublikamizda yaratish va ishlab chiqish maqsadida sog‘liqni saqlash uchun ustuvor bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
15-maygacha
|
Ishchi komissiya (I. Abduraxmonov)
|
23.
|
Yangi dori preparatlari, tibbiyot shakllarini yaratish, substansiyalar, djeneriklar va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni asosiy maqsad qilib belgilagan holda farmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat investitsiya qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
|
24.
|
Farmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalangan hamkorlar (“associated partners”) ro‘yxatini tasdiqlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
|
25.
|
Zarur tuzatishlar (ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari, ijrochilar tarkibi, moliyaviy mablag‘larni taqsimlash va boshqalar) kiritish maqsadidafarmatsevtika tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish bo‘yicha dasturlar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning borishi ustidan doimiy ravishda nazoratni ta’minlash.
|
Grafik-reja
|
Dasturlarni amalga oshirish davrida
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
26.
|
Olingan patentlar, tuzilgan litsenziya bitimlari, tibbiyot amaliyotida foydalaniladigan texnologiyalarva mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish soni bo‘yicha loyihalarning natijadorligi va samaradorligini baholash.
|
Grafik-reja
|
Dastur doirasidagi ilmiy-texnik ishlar yakuni bo‘yicha
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
27.
|
O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tanqidiy o‘rganish hamda ushbu sohadagi faoliyatni yanada takomillashtirish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining tajriba-ishlab chiqarish kompleksini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2018-yil
15-maygacha
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Bosh prokuratura (S. Samadov),Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
28.
|
Farmatsevtika tarmog‘idagi tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va tijoratlashtirish masalalarini ko‘rib chiqish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)
|
29.
|
Xorijiy davlatlar bilan birgalikda dori vositalarini ishlab chiqarish zamonaviy markazlarni (skrining markazi, klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarni o‘tkazish markazi va boshqalar) tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
1-aprelgacha
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat investitsiya qo‘mitasi (R. Gulyamov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)
|
IV. DORI VOSITALARINING IShLAB ChIQARILIShI, SIFATI TA’MINLANIShI, STANDARTLAShTIRILIShI, NARXI ShAKLLANTIRILIShI,
XARID QILINIShI VA IMPORT O‘RNINI BOSIShINI TA’MINLASh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR
|
30.
|
Farmatsevtika tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilar orqali:
Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa tarmoq ta’lim muassasalarining faoliyatini tanqidiy o‘rganishni ta’minlash;
tarmoqda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashning muhim va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va talablarini hisobga olgan holda ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
o‘quv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashg‘ulotlarni, eng avvalo, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridagi mashg‘ulotlarni oshirish;
ta’lim muasasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
farmatsevtika sanoati sohasida ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, shu jumladan bazaviy ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish;
mahalliy va xorixiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish, ularning mutaxassislari, shuningdek, amaliyotchi-o‘qituvchilar, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarini o‘qitish uchun taklif qilish.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
1-iyulgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), manfaatdor
vazirlik va idoralar
|
31.
|
Xorijiy davlatlar farmatsevtika tarmog‘ining yirik korxonalarini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ular bilan muzokaralar olib borish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
1-aprelgacha
|
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
32.
|
Mahalliy mutaxassislarni farmatsevtika sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘qitishni tashkil qilish, o‘quv jarayonlariga xorijiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamkorligida jalb qilish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
1-aprelgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), “Iste’dod”
jamg‘armasi (A. Pardayev)
|
33.
|
Xom ashyoni ichki farmatsevtika tarmog‘ida qayta ishlash uchun yo‘naltirgan holda uning eksport hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
1-aprelgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)
|
34.
|
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun yangidan qat’iy belgilangan narxlarni tasdiqlash va ularni kelgusida har chorakda qayta ko‘rib chiqish.
|
Idoraviy hujjat
|
2018-yil
1-martgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodja�v),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
35.
|
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun qat’iy belgilangan narxlarni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash amaliyotini hisobga olgan holda aniqlash tartibini va ularning sifatini tubdan takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar
|
2018-yil
1-iyungacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
36.
|
Dori vositalari (substansiyalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini qabul qilish.
|
Vazirlar Mahkamasi
qarori
|
2018-yil
1-martgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
37.
|
Qizilmiya yetishtirish uyushmasi zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish va tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘maklashish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
20-fevralgacha
|
Davlat o‘rmon xo‘jaligi (N. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)
|
38.
|
Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun xomashyo importida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llash mexanizmini soddalashtirish. Bunda respublikada ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan xomashyo va substansiyalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmasligininazarda tutgan holda tasdiqlangan ro‘yxat asosida imtiyozlar qo‘llash tartibini bekor qilish.
|
Qonun
|
2018-yil
1-aprelgacha
|
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DSQ (Parpiyev), DBQ (M. Azimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
|