VII. TUShUNTIRISh IShLARINI KENGAYTIRISh, TARMOQDA YuZAGA KELADIGAN MUAMMOLARNI MUHOKAMA QILIShNI
TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI
52.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
farmatsevtika tarmog‘i vakillari bilan ulardagi mavjud muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida doimiy uchrashuvlar o‘tkazish;
farmatsevtika tarmog‘idagi ishlar holati yuzasidan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish;
farmatsevtika sohasidagi olimlar bilan ularning g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
1-martgacha
|
Bosh prokuratura (S. Samadov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)
|
53.
|
Mamlakatimizning farmatsevtika tarmog‘ida olib borilayotgan ishlarni OAVda keng yoritishni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
1-martgacha
|
MTRK (A. Xodjayev), O‘zMAA (L. Tangriyev),
Bosh prokuratura (S. Samadov)
|
54.
|
Ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida ijtimoiy dorixonalarning mazmun va mohiyatini, ularning faoliyat yuritishi tartibi va sharoitlarini, shuningdek, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashdagi ahamiyatini keng yoritish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
Doimiy ravishda
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
MTRK (A. Xodjayev), O‘zMAA (L. Tangriyev)
|
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qaroriga
2-ILOVA
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalaridagi haqiqiy vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ishchi guruhlar
TARKIBI
Do'stlaringiz bilan baham: |