Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


SIYOSIY PARTIYALAR VAKOLATLARI KAFOLATLANDI


Download 438.43 Kb.
bet164/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

SIYOSIY PARTIYALAR VAKOLATLARI KAFOLATLANDI

2007 yil 11 aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun asosida siyosiy partiya fraksiyalari va deputatlar guruhlariga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi; blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi; yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkinligi belgilandi.

2009 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan — 53, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan — 32, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan — 31, Adolat sotsial demokratik partiyasidan — 19 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat O‘zbekiston Ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan 150 nafar deputatning 33 nafari, ya’ni 22 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘ldi.

2010 yil 22 yanvarda Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 84 nafar senator ro‘yxatga olindi. Xuddi shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi Farmoni bilan 16 nafar senator tayinlandi. Ularning 15 nafari ayollar.




  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling