Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Buyuk kclajagimizni mard va olijanob


Download 438.43 Kb.
bet186/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Buyuk kclajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" nomli asarining mazmun-mohiyati. "Buyuk kelajagimizni mard olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" mavzuidagi ma'naviy-maTifiy tadbir haqida

2018 yil 21 iyun kuni Toshkent davlat axborot-texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litsey ma'naviyat va ma'rifat markazining anjumanlar zalida "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" mazuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Ichki ishlar organlari faoiiyatini muvofiqlashtirish boshqamasi, uning 6-sonli ichki ishlar bo'limi, Toshkent davlat Axborot-texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litsey hamda Geodeziya va kartografiya kolleji bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish borasidagi islohotlar, mazkur jarayonlarda yoshlarning ishtirokiga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, o'sib kelayotgan yoshlarning vatanparvarligi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko'rinishlariga murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida IIV Akademiyasi kunduzgi ta'Iim kursantiarining huquqiy, madaniy va ma"rifiy mavzulardagi ma'ruzalari tinglandi, jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo'yicha chiqishlari namoyish etildi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan interfaol usullardan foydalangan holda o'quvchi-talabalar bilan "Siz huquq va burchlaringizni bilasizmi?" mavzusida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida", "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" hamda "Jismoniy va yuridik shaxslaming murojaatlari to'g'risida"gi qonunlari normalarining mazmun-mohiyatini yetkazish bo'yicha "Huquq bilimdoni" viktorina o'tkazildi.

Bellashuv g'oliblariga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan nashretilgan kitoblar sovg'a qilindi.



Qizg'in savol-javoblarga, munozara va muhokamalarga boy tarzda o'tgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir unda ishtirok etgan yoshlarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga daxidorlik hissi, qonunga itoatkorlik, Vatanga, kasbga sadoqat fazilatlarini shakllantirishga, yangi bilimlar olishga qiziqishni yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

289. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kcrak" nomli asarining mazmun-mohiyati. 12.06.2017 15:22 Chop etish versivasi

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz

Ana shunday shior ostida Buxoro viloyatida keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari bo*lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat, Oliy va o'rta maxsus ta'Iim, Xalqta'limi, Mudofaa vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, "O'zbekkino" milliy agentligi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda taniqli shoir-yozuvchilar, olimlar, kino va teatraktyorlari, estrada xonandalari, harbiylardan iborat targ'ibot guruhlari joylardagi ta'Iim muassasalari, madaniyat va san'at maskanlari, xiyobonlar, Mehribonlik va Muruwat uylari, mahallalar, harbiy qismlarda bo'lib, uchrashuvlar o'tkazdi.

Ularda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda nashr etilgan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" kitobida ilgari surilgan g'oyalar hayotiy misollar asosida, oddiy va ravon tilda keng tushuntirildi. Kogon shahar 2-bolalar musiqa va san'at maktabida umumta'ltm maktablari, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari ishtirokida bo'lib o'tgan shunday uchrashuvda O'zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samaralari, yurtdoshlarimiz hayotida, ongu tafakkurida yuz berayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlar xususida so'z yuritdi.

- Davlatimiz kelajagi ko'p jihatdan biz, yoshlarning ijtimoiy faolligi, ma'naviyatiga bogiiq ekanini yaxshi


anglaymiz, - deydi Kogon shahridagi 4-umumta'lim maktabi o'quvchisi, "Kamalak" bilimdonlari" ko'rik-
tanlovining mamlakat bosqichi ishtirokchisi T.Usmonova. - Binobarin, navqiron avlodni vatanparvarlik,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ulaming ongi va qalbini turli mafkuraviy-ma'naviy
tahdidlardan himoya qilish davrimizning eng muhim vazifalaridandir. Bunda san'atning o'rni katta. Shu
jihatdan taniqli san'atkorlarning bu haqdagi samimiy muloqotlari bizda katta taassurot qoldirdi.

Milliy mustaqillik xalqimizga o'z taqdirini o'zi hal etish, tinch va farovon hayot barpo etish, asriy qadriyatlarimizni tiklash imkoniyatini berdi. Bu uchrashuvlaro'tkazilgan joylardatashkil etilgan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" deb nomlangan fotoko'rgazmalarda ham namoyon bo'ldi. Unda xalqimizning istiqlolgacha bo'lgan davrdagi ma'naviy va ijtimoiy hayoti hamda mustaqillik yillarida yurtimizda yuz bergan ulkan o'zgarishlar haqida liikoya qiluvchi suratlar namoyish etildi. Peshku tumanidagi Afshona qishlog'i tarixiy maskanlardan biri. Bu yerda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavallud topgan. Poytaxtdan kelgan targ'ibot guruhi a'zolari Afshona tibbiyot kolleji, Birinchi Prezidentimizning ushbu ta'lim maskani ochilish marosimidagi ishtirokini aks ettiruvchi fotostend va Ibn Sino hayoti hamda faoliyati haqida hikoya qiluvchi muzey bifan tanishdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.

- Ta'lim olish va kasb egallash uchun zamonaviy qulayliklarga ega kollejda tahsil olayotgan yoshlarga


havasim keldi, - deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Bahodir Nishonov. - Ularning
bilimi, dunyoqarashi, san'atni his etishini ko'rib, xursand bo'Idik, Bular buyuk kelajagimizni quradigan
mard va oiijanob xalqimizning munosib farzandlaridir.

Targ'ibot tadbirlarida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlash, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Jismoniy va yuridik shaxslarningmurojaatlari biian ishlashning sifatjihatidanyangi tizimi joriy etilishi, barcha viloyatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko'rsatishi "Inson manfaati - har narsadan ulug"' degan ezgu g'oyaning amaldagi ifodasidir.

Targ'ibot guruhining harbiy qismlardan birida bo'lib, san'atning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi muloqotlari Vatan himoyachilarida katta taassurot qoldirdi.

- Milliy armiyamiz salohtyati oshib bormoqda, - deydi muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan oddiy askar


Shoxruh Abdulhamidov. - Uning safida xizmat qilish shon-sharaf ishiga aylangan. Harbiy qismimizda biz,
askarlarga yurt oldidagi konstitutsiyaviy burchimizni a'lo darajada bajarishimiz uchun barcha qulaylik
yaratilgan. San'at, qo'shiq esa harbiylarga hamisha ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi. Bugungi tadbirda
harbiy-vatanparvarlik haqida kuylangan qo'shiqlarga jo'rovoz bo'lib, raqsga tushdik. Bir umr unutilmas
bayram bo'ldi.

Tuman va shaharlarda o'tkazilgan uchrashuvlarda yoshlar, mahalla faollari hamda aholi vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

290. Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishi to'g'risida.

2016 yil 9 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda shu yilning 4 dekabr

kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko'rib chiqildi, deb vozadi

"Diydoraziz" nashri. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug'bek Abdusalomov ta'kidlaganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fiiqarolarimiz o'zining yuksak siyosiy saviyasi va fuqarolik posiziyasini hamda atanimiz taqdiriga daxldorlik tuyg'usini namoyish etib, ovoz berishda faol ishtirok etdilar. Fuqarolar ovoz berishda ishtirok etishi orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab- quvvatlashini yana bir kana ifoda etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu ro'yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashki! qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko'ra, Sarvar Sadullaevich Otamuratovni

yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.

- Shunday qiiib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabrkuni bo'Iibo'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g'olib chiqdi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90, 117-moddalariga, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalariga, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to'g'risida qaror qabul qildi.

Majlisda saylov O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi va "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi qonunlarga muvofiq fuqarolaming o'z xohish-irodasini erkin bildirish huquqini ta'minlagan hamda umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish tamoyillariga rioya qilgan holda bo'lib o'tgani ta'kidlandi.

291. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bayrami tantanalari va uning nishonlanishi to'g'risida. O'zbekiston mustaqilligining 27 yilligi tantanalari "Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!" shiori ostida o'tkaziladi

2018-yil 28-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qaror matni O'zAda keltirilgan

Qarorga ko'ra, O'zbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligi tantanalari "Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!" shiori ostida o'tkaziladi.



Mazkur qaror bilan o'zbek xalqining asriy orzusi, O'zbekistonni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosiga aylantirgan mustaqillikning yigirma yetti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi. Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda "Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!" g'oyasini o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ'ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Mazkur dastur 2017—2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalami qo'llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi bilan uyg'un holda tayyorlanadi.



Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag'ishlab aholining keng qatlamlari o'rtasida ma'rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o'tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san'atkorlardan iborat ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot guruhlari tashkil etish hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini ta'minlash belgilandi.

Shuningdek, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda "Eng ulug', eng aziz", "Ranglar jilosida — ona diyor", "Vatan uchun yashaylik!" kabi an'anaviy ko'rik-tanlovlarai yuqori darajada o'tkazishni ta'minlash belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi

292. 2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasida davlat va jamiyat qurilishidagi tub islohotlar to'g'risida. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari

Hurmatli xalq noiblari! Bugungi kunda jamiyat hayotidagi mavjud muammolami samarali yechish, keng ko'lamli islohotlami izchil

davom ettirish zarurati davlat boshqanivi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda.

O'ylaymanki, buning uchun "Davlat xizmati to'g'risida"gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish vaqti

keldi. Bu borada boshqa muhim masalalar qatorida davlat xizmatchilari mehnatiga haq to'lash va ularning

munosib ijtimoiy ta'minot lizimini yaratish, ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini oshirishni ham

ko'zda tutish maqsadga muvofiqdir.

Biz boshqaruv sohasida birinchi navbatda ijro hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, kadrlar,

moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha aniq mezon va tartiblami joriy etishimiz zarur.

Ikkinchidan, ijro hokimiyati organlari zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish tartibini, ulaming

mas'uliyat doirasini aniq belgilash lozim.

Uchinchidan, iqtisodiyot tannoqlariga ma'muriy ta'sirlarni qtsqartirish va bozor mexanizmlaridan keng

foydalanish kerak. Ya"ni davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishni cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlami ishlab chiqish, davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o'tkazish darkor. To'rtinchidan, hokimiyatning vakillik organlari va ijro hokimiyati idoralari o'rtasida yaqin hamkorlilmi ta'minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirib, o'ta markazlashgan boshqaruvdan bosqichma-bosqich vozkechish lozim.

Davlat xizmatlarini bevosita quyi bo'g'inlarda ko'rsatish, mahalliy hokimiyat idoralari uchun moliyaviy va

boshqa imkoniyatlami kengaytirish zarur. Bu borada mavjud tartib-taomillarni optimallashtirish va

soddalashtirish, boshqaruvnirtg innovatsion shakllarini joriy etish lozim.

Beshinchidan, davlat xizmati institutini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi ta'sirchan kurash mexanizmlarini

joriy etish kerak. Bugun hayotning o'zi bizdan professional, tezkor va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirish, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor. el-yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo'l ochish bo'yicha samarali tizim ishiab chiqishni talab etmoqda.

Yuqorida zikr ctilgan vazifalarni bajarish uchun O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar

konsepsiyasini og'ishmay amalga oshirishimizdarkor.

Ma'lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida ushbu yo'nalishda

alohida qonun qabul qilindi. Shu asosda aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlami o'z ichiga olgan

davlat dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shunday ishlarimiz natijasida shu yilning 9 oyida

korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar o'tgan yilga nisbatan 33 foizga kamaydi. Biz bunday natijalami

korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli faoliyatiniizning dastlabki samarasi, deb qabul

qilishimiz, bu yo'lda yanada qafiy ish olib borishimiz shart.

Qadrli do'stlar!

Islohotlarimiz samarasini oshirishda parlament, deputat va senatorlarning o'rni va roliga alohida

to'xtalishni joiz, deb hisoblayman.

Shu yil 12 iyulda Oliy Majlis a'zolari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda parlamentimiz haqiqiy

demokratiya maktabiga, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarurligini

alohida ta'kidlab, amaliy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlagan edik. Lekin bu dastur ijrosidan xalqimiz

qanday naf ko'rdi, qaysi deputat yoki senator odamlarimizning og'irini yengil qilishga, sogiiqni saqlash,

ekologiya, kommunal xo'jalik, ta'lim yoki boshqa sohalarda ularni qiynayotgan muammolami hal qilishga

qanday hissa qo'shdi?

Bu boradagi aniq misollarni xalqimiz hayotda ham, matbuot va televideniyeda ham ko'rayotgani yo'q. Bu -

haqiqat. Afsuski, deputatlar, senatorlarimiz uyg'onishi kerak, bu - hayot talabi, degan gaplar gapligicha qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, kutilgan amaliy natija yo'q.

Yil davomida bildirilgan 136 ta qonunchilik tashabbusidan bor-yo'g'i 27 tasi deputatlarga tegishli bo'lib,

ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezidentning farmon va qarorlaridan kelib chiqadigan o'zgartish va

qo'shimchalardir. Shuning o'zi parlamentimiz faoliyati samarasi yetarli emasligini ko'rsatmaydimi?

Nima. islohotlami amalga oshirish uchun faqat Prezident farmon va qarorlar qabul qilishi kerakmi?

Qachon parlamcnt. mavli. ko'pemas. hcch bo'lmasa bitta sohani tubdan vaxshilashga qaratilgan qarorvoki

qonun ishlab chiqadi? Qachon bo'ladi bu ish?

El-vurtimiz sizlardan. muhtaram xalq noiblaridan bu borada javob kutmoqda. Deputat yoki senator bo'Iib

savlandik. endi o'zimiz xohlagancha vuramiz. degan gaplar o'tmishda qolib ketdi. Yana bir bor aytaman.

uvg'onish kcrak. Afsuski, parlamentimiz faoliyati ko'p hollarda shunchaki rasmiy yig'ilishlardan iborat bo'Iib qolmoqda.

Nima uchun aniqlangan muammolar yoki saylovchilar ko'tarayotgan masalalar tegishli qonunlar qabul



qilish yo'li bilan yoki ijro hokimiyati oldiga masaiani qafiy qo'yish bilan hal etilmayapti? Samarasiz

nazorat, quruq majlislarning, aytinglar, kimga keragi bor?

Parlamentimiz sog'liqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda



mahalliy Kengashlarda ishchanlik, o'z-o'zini tanqid ruhini yaratishga bosh-qosh bo'lishi zanirligi taklif

qilingan edi. Biroq bu sohalarda parlament va deputatlaming o'rni vetarlicha sezilmavapti.

Bugungi kunda bironta ham hududda sog'liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qifadigan

darajada tashkil etilgan, deb aytolmaymiz.

Qonunchilik palatasi (N.Ismoilov) o'z ish faoliyatida asosiy e'tibomi tizimdagi ana shu muhim

muammolami, ayniqsa, joylarda ha! etishga qaratsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Kerak bo'lsa,

Qonunchilik palatasida sog'liqni saqlash masalalari bo'yicha alohida qo'mita tashkil etib, uning a'zolari

asosan hududlarda faoliyat ko'rsatsa, nur ustiga nur bo'lardi.

Hisobotlarga e'tiborbersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida go'yoki ijobiy o'zgarishlaryuzberayotgandek

tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.



Qachonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgarsa, byudjet ijrosi to'liq ta'minlansa, jinoyatchilik

kamaysa, yangi ish o'rinlari yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy



Kengashlar faoliyatiga ijobiy baho bersa bo'ladi.

Afsuski, bironta tumanda xalq deputatlari Kengashining faoliyati namunali asosda tashkil etilgani yo'q.



Senat rahbariyati (N.Yo'idoshev) yuqori palataning bu yo'nalishdagi ishini tanqidiy ko'rib chiqishi,

aholining fikr va mulohazalarini e'tiborga olgan holda, vakillik organlari faoliyatini tubdan o'zgattirish

bo'yicha zarur choralami ko'rishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, hududlarda huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi ishlami ham



susaytirmaslik lozim. Parlamentimizning eng muhim faoliyati - qonun ijodkorligini ham kamchilik va nuqsonlardan xoli, deb bo'lmaydi. Ochiq tan olish kerak, aksariyat hollarda biron-bir masaiani aniq hal etmaydigan, bir-biriga

to'g'ri kelmaydigan qonun va qonunosti hujjatlarini qabul qilish amalda ko'plab muammolar tug'dirmoqda.

O'zingiz ayting, samarasiz tshchi guruhlar tashkil etish, huquqni qo'llash amaliyotiga ta'sir

ko'rsatmaydigan, ijro mexanizmlariga ega bo'lmagan, ta'birjoiz bo'lsa, "o'lik" qonunlar kimga kerak? Ana

shunday salbiy holatlami bartaraf etish maqsadida Qonunchilik va normativ hujjatlar ijodkorligini

takomillashtirishga doir konsepsiya ishlab chiqib. amalga oshirishimiz lozim.

Bundan buyon turli dasturlar ijrosi doirasida qonun qabul qilish amaliyotini qayta ko'rib chiqamiz.



Barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonunning birdan-bir man bai va muallifi torn ma'noda

xalq bo'lishi shart. Har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va taklifiarni quyidan - fuqarolardan, joylardagi xalq deputatlari

Kengashlaridan olish tartibini kengjoriy etish zarur. Qonunlami qabul qilish jarayonida ularni aholi

o'rtasida har tomonlama muhokama qilish tizimidan samarali foydalanishimiz kerak.

Oliy Majlis rahbariyati qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buninguchun zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan, Internet tarmog'ida maxsus "maydon"lar

yaratishi zamr, Shu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim



masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirishlari uchun Internet tarmog'ida "Mening fikrim" deb nomlangan

maxsus veb-sahifa tashkil etish maqsadga muvofiq. Xususan, demokratiyaning ilg'or mexanizmi sifatida



jamoa bo'Iib elektron murojaat kiritish tartibini tatbiq qilish zarur. Ya'ni bir guruh fuqarolar tomonidan

ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari Kengashlari ko'rib chiqishi majburiy ekani



qonunda belgilab qo'yilishi lozim.

293. 2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va uni liberallashtirish to'g'risida. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modemizatsiya qilish va jadai rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotiami davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlami kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududiariga xorijiy sarmoyalami faol jalb etish; 294. 2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasida ijtimoiy hayotni rivojlantirish masalalari to'g'risida. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

  • aholining real piil daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta'minlangan oilalar sonini va
    aholining daromadlari bo'yicha farqianish darajasini yanada kamaytirish;

  • budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini
    inflyatsiya sur'atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;

  • yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv muassasalari
    bitiruvchilari bandligini ta'minlash, mehnat bozori infratuzilmasinmg mutanosib rivojlanishini
    ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to'liq amalga uchun sharoitlar
    yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirisliga muhtoj sliaxslarni kasbga tayyorlash,
    qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'Iiqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy


himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan
qoMlab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

sog'Iiqni saqlash sohasini, eng awalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko'rsatish


qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo'g'inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam
tizimini yanada isloh qilish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli


tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslaslitirilgan va yuqori texnologiyalarga
asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha kompleks
chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish;

xottn-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'mini
kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunarkolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta'minlash, ularni
tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

pensionerlar, nogiron, yolg'iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining toiaqonli hayot
faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish
va takomillashtirish;

farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori


vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz
o'sishiga yo'I qo'ymaslik bo'yicha chora-tadbirlami amalga oshirish;

aholi o'rtasida kasallanish ko'rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta'minlash.



295. 2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish to'g'risida. Tashqi iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta imkoniyat va 2axiralar mavjudligini ta'kidlash lozim. Bu borada biz Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik sheriklarimiz - Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalami kengaylirishni davom ettiramiz. Kelgusi yilda O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini jahondagi va mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan ishonchli transport va tranzit yo'laklarini izchil shakliantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.

Bugungi kunda bizning asosiy yuklarimiz Qozog'iston tranzit yo'laklari orqali, ayniqsa, eng ko'p yuklar "Sariog'och" stansiyasidan o'tadi va bu marshrut imkoniyatlari bizning ehtiyojlarimizni to'liq qondirmoqda, deb aytolmaymiz. Ushbu stansiyadan tovarlami O'zbekiston hududiga olib kirishda elektrovozlar, zamonaviy terminallar yetishmasligi, temir yo'I tarmoqlaridagi bandlik mahsulotlarning uzoq muddat qolib kelishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu sababli logistik marshrutlami diversifikatsiya qilish, bu borada qo'shnilarimiz bilan amaliy muzokaralaro'tkazish zarur.

296. 2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasida turizm salohiyatini oshirish to'g'risida. Turistlar mamiakatga kelgandan so'ng yashash joyi bo'yicha 3 kun ichida ro'yxatdan o'tishi zarurligi ularga noqulaylik tug'dirayotgani qayd etildi. Sayyohlar xavfsizligini ta'minlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralaming vazifasi bo'lishi kerakligi ta'kidlandi. "Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo'lmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish o'rinlari ochamiz desak, turistga shart qo'yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur', — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois ro'yxatga olish tizimini to'liq elektron shaklga o'tkazish, bu masalani ichki ishlar idoralari,mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy uylar va shu kabi joylashtiruvchi jismoniy va yuridik

shaxstaming majburiyati sifatida belgilash, turistlarni bunday tashvishdan xoli qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Yig'ilishda 2017-yildaO'zbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu ko'rsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini ko'rish, davolanish, o'qish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar ko'pchilikni tashkil etishi ta'kidlandi.



Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan o'miga alohida e'tibor qaratildi.

Yig'ilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza ofish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan

O'zbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bo'lgan aviachiptalar sotib bo'iingan. Shu bois viza rejimi bekor bo'lgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shahariariga ham to'g'ridan-to'g'ri reyslar ochiladi.

Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta'sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to'liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun'iy navbatlar, taksi xizmati ko'rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlami yaxshilash bo'yicha ham topshiriqlar berildi. Yig'ilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko'paytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan "Dyuti fri", "Taks fri" tizimidagi savdo shahobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.

Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turistik zonalari tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilaming hisoboti

tinglandi. Videoselektor yig'ilishida ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

O'zbekiston turizm brendini xorijda targ'ib qilish masalasi ham tahlil qilindi.

Investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o'zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish

zarurligi ta'kidlandi. Mitliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalami rivojlantirish vaziriigi zimmasiga O'zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ'ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko'rsatuvlar namoyish etib bomvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi. Soha mutasaddilari, mamlakatning xorijiy davlatlardagi elchilari va joylardagi rahbarlaming hisobotlari

tinglandi


Download 438.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling