Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Download 438.43 Kb.
bet65/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Xorazmshohlar davlati da soliq turlari, yeregaligi.

XIII asrga kelib katta-katta o'lka va viloyatlarni o'z ichiga olgan buyuk saltanatga aylangan edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi, asosan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Mamlakatda yer egaligi va u bilan bog'liq munosabatlar taraqqiy etgan. Yeiiar ilgarigidek davlatniki hisoblangan, biroq yirik yer egaligi -iqladorlik rivojlanib borgan.

Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya, mustavfiy (daftardor hisobchilar), qozilar va boshqa ko'pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi. Yuqori amaldorlarning ko'pchilik qismi yirik yer-suvlarga ega bo'lgan mulkdor oqsuyaklar tabaqasini tashkil etardi. Ko'pgina mansablar odatda, o'rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, ota-bobodan meros bo'lib o'tar edi. An'anaviy tusga kirgan bunday hoi davlat mansabdorlariga eng munosib shaxslarni tanlab qo'yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Yuqori mansabdorlik davlatdan iqta yerlarini (umrbod foydalanish uchun ajratilgan katta yer maydoni) olish bilan chambarchas bog'langan edi. Masalan, Nasaviyning . yozishicha, Naso viloyatiga noib qilib tayinlangan Ziyoulmulkka xizmati uchun yiliga o'n ming dinor daromad keltiradigan butun bir viloyat iqta tariqasida taqdim etilgan edi. Iqtadorlik mahalliy hokimlar, noiblar, vazirlar, yirik yer egalari harbiy aristokratiya vakillari va boshqa yuqori mansabdorlarning iqtisodiy mustaqilligini oshirar va ularning markaziy hokimiyatga nisbatan qarshilik kayfiyatlarini rag'batlantirar edi.

Mamlakat holatining eng achinarli tomonlaridan yana biri shunda ediki, asosiy soliq va muttasil hasharlardan tashqari yiliga bir necha bor to'planadigan turli xil to'lov va yig'imlardan tinkasi qurigan mamlakat fuqarosining arkoni davlatga, ayniqsa uning tojdori Sulton Muhammadga nisbatan bo'lgan e'timodi ham, e'tiqodi ham susayib ketgan edi.



  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling