Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Buxoro xonligining tashkil topishi


Download 438.43 Kb.
bet99/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Buxoro xonligining tashkil topishi. Buxoro xonligi 1533-yiI tashkil toptan bulib. Buxoro
xonligiga SHayboniylar sulolasidan bulgan Ubayduliaxon asos solgan Ubaydullaxon Mavoraunnaxrga
bostirib kirgan Najmi soniy boshchiligidagi eron askarlamga karshi muvaffakiyatln urush olib borgan xatto
ularni Amir Axmad boshchiligidagi kushinini xam maglubnyatga uchrattan

O`zbek davlatchiligi tarixida Buxoro xonligi davri uchta sulola hukmronlik qilgan yillarni o`z ichiga qamrab oladi. Bu Shayboniylar (1500-1601 yy.), Ashtarxoniylar (1601-1756 yy.) va mang`itiylar sulolasi (1776-1920 yy.) hukmronligi bo`lib, har bir shajaraning taxtni egallab turgan yillari tarixini o`rganish tarixshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir.

Sharq tarixining ulkan tadqiqotchisi akademik V.V.Bartol’d «O`rta Osiyoning ikkinchi quruvchisi» deb baho bergan hukmdor – bu XVI asrda hukm surgan askarboshi hamda buuyk davlat arbobi, shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II dir. Agar Muhammad Shayboniyxon O`zbekiston va o`zbek xalqi tarixida shayboniylar davlatining asoschisi, Ubaydullaxon I uning mustahkamlovchisi sifatida tanilgan bo`lsa, Abdullaxoni soniy siyosiy tarqoqlikni tugatish va markazlashgan davlatning quruvchisi bo`lib kirdi. Yoki, Ahmad Donish ta`biri bilan aytganda: «Hijriyning har uyzinchi, minginchi yillarida davlat va jamiyatni yangilovchi hukmdorlar vujudga kelib turadi. Bir minginchi hijriyning boshlarida Buxoroda yangilovchi bo`lib Abdullaxon maydonga keldi».

Bugungi kunda, yirik huquqshunos olim, professor Ziyodulla Muqimov ta`biri bilan yondoshilganda ham «U o`z hukmronlik yillari markazlashgan davlat timsolida farovonlik, Turkistonda tartib va madaniyatni ta`minlagan hakmdor sifatida shuhrat topib kelmoqda»1.

Abdullaxon soniy zamonida tarixshunoslik sohasida ham ko`zga ko`rinarli asarlar yaratilib, bunga misol tariqasida Buxoroda yashab ijod qilgan Hasanhoji Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarini («Do`stlar yodnomasi») keltirib o`tish mumkin. Bu asarda XVI asrda Movarounnahrda, shuningdek, Afg`oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg`arda yashab o`tgan 228 nafar shoir haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Ular orasida o`z asarlari bilan o`zbek va tojik adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo`shgan Bobur, Hiloliy, Majlisiy, Xoja, Shayboniy, Uvaysiy, Komron, Bayramxon, Mushfiqiy kabi yirik so`z san`atkorlari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga bag`ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyin «uchinchi tazkira» hisoblanadi va XVI asrda O`rta Osiyo, Eronu Hindistondagi adabiy muhitni va adabiy hayotning boshqa masalalarini yoritishda katta ahamiyat kasb etadi.

Shayboniylar davrida tarixnavislik sohasidagi katta yutuqlardan biri, bu katta ilmiy qimmatga ega bo`lgan, xususan Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarlarini alohida ta`kidlab o`tish joizdir.

Albatta tarix ilmining rivojini boshqa ilm-fanlar taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu davrda Movarounnahrda musavvirlik, xattotlik, musiqa san`ati, fiqh hamda ko`pgina aniq fanlar: tibbiyot, mantiq, handasa (geometriya) va ilmi hay`at (astronomiya) sohalarida ham anchagina uytuqlar qo`lga kiritildi. «Muhammad amali shabaka» (1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vasiyat bar chahor qism», Muhammad Husayn Minajjim Buxoriyning «Ma`rifati samti qibla» va boshqa asarlar bu davrda aniq fanlardagi uyksalishdan dalolat beradi.



Shayboniylar davrida Buxoro xonligida, tibbiyot sohasida yozilgan asarlar2, ayniqsa kuchaydi. Ularda ilgari surilgan davo usullari, tashxis qo`yish, dorilar tayyorlash o`rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg`or an`analar XVI asrda ham davom etganidan dalolatdir.


  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling