Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Download 438.43 Kb.
bet40/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Davan davlatining boshqaruv tizimi, icliki va tashqi siyosati. (Ko'chmanchilik an"analari,
shaharlar, turkiylar, yabg'u, savdo yo'llari)

Davan nomi bilan mashhur bo‘lgan davlat Far-g‘ona hududidagi qadimgi davlatlardan sanaladi. Xitoylikelchi Chjan Syan yozma manbalarida Farg‘ona vodiysidagi mazkur davlatni  Davan (Da-yuan) deb atagan. Buni mil. avv. 138–125-yil lar da bu o‘lkaga tashrif bu yur     gan Xitoy elchisi Chjan Syan yozib qoldir gan esdaliklar ham isbot lay di.Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg‘onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70 dan  ziyod katta-kichik shaharlari bo‘ lib, ular da savdo-sotiq, hunarmand chi lik yuksak darajada rivojlan gan. Mam lakat poytaxti Ershi (hozir gi Andijon viloyatining Mar hamat tumanida joy lashgan) o‘z davri ning obod, ko‘rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi  O‘zgan, Koson  ham Davan ning eng mash hur shaharla-ri sirasiga kirgan. Davan hududida 10 dan ortiq yi rik dehqonchi-lik man zil goh lari mavjud bo‘lib, ularda yerlimirishkor aho li sholi, bug‘doy va boshqa dehqonchilik ekinlari yetish tirish bi lan shug‘ul-langan. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, undan uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o‘tkir musallaslar tayyor lash yuksak darajada yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u beradi. Davandagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati – bu ayol lar-ning jamiyatda tutgan mavqeyining yuksakligidir. Chjan Syanning e’tiroficha, bu yerning erkaklari ayollarga alohida hurmat ko‘rsatganlar. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalalarni hal etishda oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo‘l-yo‘riqlariga suyangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalasida oqsoqollardan iborat Oliy ken gash alohida vakolatlarga ega bo‘lgan. Hukmdor buni e’tirof etish ga majbur bo‘l gan.Xitoy Farg‘ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boylik lariga ko‘z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo‘shin tortib bostirib kelgan. Chunonchi, mil. avv. II asr oxirlarida (104-yilda) va milo diy I asrning 80-yillarida xitoyliklar Davan davlatini o‘zlariga bo‘y sundirish uchun shiddatli urushlar olib borganlar. Davanliklar o‘z qo‘shnilari – Qang‘ va Kushonlarning harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladilar. O‘rta Osiyo hu du dlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini tushungan xitoy lik lar shundan so‘ng Davan davlati bilan shart noma tuzadi. Bunga ko‘ra ikka la davlat o‘rtasida diplomatik va savdo-sotiq mu no sabatlarini yo‘l ga qo‘yish, jumladan, Farg‘onaning uchqur arg‘umoq larini Xitoyga sotishga kelishib olinadi. Farg‘ona hududi O‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim o‘z ga rishlar jarayonida ham o‘zining nisbiy mustaqilligini birmuncha saqlab qolish ga muvaffaq bo‘lgan. 


  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling