Oxirida keltirilgan TOPSHIRIQLARni va ESLATMAni o‘qing
Yunalishi
guruh talabasi
FIO
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN
5 - TOPSHIRIQ
MAVZU: BUYRUQLAR TIZIMI ARXITEKTURASI. XOTIRA TURLARI VA
XUSUSIYATLARI
Ishdan maqsad: Kompyuterda buyruqlar tizimini o‘rganish hamda
xotira va uning
xususiyatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Nazariy qism
Buyruqlar – bu hisoblash mashinasini boshqaruvchi vosita. Har bir qurilma
uchun amal qiladigan buyruqlar to‘plami mavjud.
Dasturlar aynan shu asosida
mashina tiliga o‘giriladi. Buyruqlar tizimi arxitekturasi (Instruction set architecture
ISA) – bu mikroarxitektura va operatsion tizim o‘rtasida turuvchi sath (1.1-rasm)
.
1.1-rasm. Buyruqlar
tizimi arxitekturasi
Kompyuter buyruqlar tizimi (KBT) – ushbu kompyuter yordamida amalga
oshiriladigan buyruqlar to‘liq ro‘yxati.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi (BTA) – dasturchi uchun ko‘rinadigan va
mavjud bo‘lgan hisoblash mashinasi.
BTA dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining ehtiyojlarini KBT uskunalari
yaratuvchilari qobiliyatlari bilan uyg‘unlashtirish liniyasi sifatida qaralishi mumkin
(1.2-rasm).
Oxirida keltirilgan TOPSHIRIQLARni va ESLATMAni o‘qing
1.2-rasm. BTA va
KBT arxitekturasi
Buyruqlar - bu kompyuter dasturiga berilgan
topshiriq yoki funktsiyani
bajarish uchun berilgan aniq ko‘rsatma. buyruqlar har doim buyruq satri tarjimoniga
kiritilishi kerak. Buyruqlarning tarkibi va murakkabligi bo‘yicha tasniflash:
1. To‘liq buyruqlar to‘plami arxitekturasi:
CISC (
Complex Instruction Set
Computer);
2. Qisqartirilgan ko‘rsatmalar to‘plami arxitekturasi:
RISC (
Reduced
Instruction Set Computer);
3. Juda uzunlikdagi buyruq so‘zlari bilan arxitektura:
VLIW (
Very Long
Instruction Word).
1.3-rasm. CISC, RISC va VLIW buyruqlar tizimi arxitekturasi