O’xshatish,o’xshashlik va sub’ekt Reja: o’xshatish xaqida O’xshashlik va sub’ekt


II bob  O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar


Download 33.79 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1532133
1   2   3
Bog'liq
O

II bob 

O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar. 


2.1. O’tkir Hoshimov va uning tilshunoslikda tutgan o’rni. Yozuvchi O’tkir Hoshimovning teran va hayotiy romanlari biz izlanuvchi tilshunoslarni misollar girdobiga g’arq qiladi va bu o’z ifodasini topadi.
“Shunday asar yozsangki, kitobxon o’qiganida hamma narsani unitsa asar qahramonlari hayoti bilan yashasa, quvonsa, iztirob cheksa… Kitobni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlamay, tulg’onib chiqsa… kelib, o’sha kitobni yana qo’liga olganida qaytadan hayajonga tushsa…Undan yangi ma’nolar tuysa… Orzum-shu…” degan edi O’tkir Hoshimov20.
Darhaqiqat shunday ekan, yozuvchi o’z ijod maskanida tildan, uning nodir topilmas so’zlaridan unumli foydalanadi. Bu so’zlar tizimi bevosita uslubiyat, badiiy tasvir vositalari bilan bog’liqdir.
“ Sharq yulduzi” respublikada nashr qilinadigan adabiy-badiiy ijtimoiy-siyosiy jurnallar ichida eng mashhur ommaviy jurnaldir. Yozuvchi O’tkir Hoshimov shu jurnalning bosh muharriri sifatida aktiv faoliyat ko’rsatdi.
Ulug’ bobomiz Amir Temur shaxsiga toshlar otilayotgan bir paytda yozuvchi u haqda qator maqolalar e’lon qila boshladi. Hujumlardan, do’q-po’pisalardan cho’chimagan bosh muharrir buyuk sarkarda faolyatini izchil yoritishda davom etdi.
Bir vaqtlar badnom qilingan “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, “Kecha va kunduz” asarlari shu jurnalda e’lon qilindi.
Jurnalda Qur’oni karimning o’zbekcha tarjimasi osonlikcha bosilgani yo’q. Bu savobli ishga shaxsan yurtboshimizning o’zi rahnamolik qilgani va jurnal tahririyati sa’y-harakati bilan Alloh Kalomi ikki yildan ortiq vaqt ichida nashr etilgani jiddiy voqea bo’ladi.
Istiqlol yillarida yozilgan “Tushda kechgan umrlar” ramoni esa yetmish yil davomida adolatsizliklarni toptalgan qismatlarni ro’yirost, badiiy teran aks ettirgan asardir. U pishib yetilgan anorni kaftingizga qo’yib, yaxshilab tikilasiz. Donalari pustini turtib turadi. Sal vaqt o’tsa shu qalin pustlar ichki turtkilarga dosh berolmay yoriladi.
O’tkir Hoshimovning ixchamgina “Tushda kechgan umrlar” romanida ham voqealar shunchalik zichki, muqovasini yorib yuboraman deb turganga o’xshaydi.
Romanning anchagina boblarida afg’on urushi tasvirlanadi. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini ,gayriinsoniyligini ro’yirost tasvirlaydi.
Roman qahramonlaridan biri Rustam o’z “internatsional” burchini o’tayotganidan mamnun edi. Biroq u bu qonli manzaralar qarshisida o’yga toladi. Bu urush xalqlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini tushinib qoladi. Biroq… u o’z jonini saqlash uchun qon to’kishi shart. Aks holda uning o’zi qurbon bo’ladi.
O’tkir Hoshimov – so’z sa’natkori. Romanlarida xalq tili shunchalar ravon, shunchalar ifodaliki, har bir satr she’rday ravon oqadi.
“Men O’tkir Hoshimovning jasoratli, qo’rqmas, haqiqatni har qanday sharoitda ayta oladigan yozuvchi deb atadim. Bu ta’birimni ikkilanmay har yerda dadil ayta olaman. Bor bo’yini ko’rmoq uchun sal orqaga chekinib O’tkirga qaradim.Shunda necha yillar ijod qilgan, birga safarlarda yurgan qadirdonimni bo’y-basti bilan, o’zini ardoqlagan xalqiga qilgan xizmatlari bilan aniq ko’rdim. Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q, deganlaridek shu paytgacha menga oddiy yozuvchi bo’lib ko’ringan ijodgor to’g’risida shuncha gap bilarkanman, bilganlarim shunchalar ko’p ekanki, sizga faqat bir shingilinigina gapirib berdim, xolos.
Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi O’tkir Hoshimov qo’lidagi kichginagina, ammo tog’larni ko’tarishga qodir qalami bilan ona xalqiga, mustaqil yurtimiz xizmatiga doim shaydir”21.
Yozuvchi O’tkir Hoshimovning eng taniqli va noyob romanlarini kitob do’konlaridan topish qiyin. Uning asarlari o’ta hayotiyligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Romandan tasvirlar, voqealar rivoji, qalbni titratadigan sahnalari va hissiyotlari shunday go’zal va haqqoniy tasvirlangan go’yo o’sha obraz siz. Uning ishtirokchisiga aylanasiz. Yozuvchi O’tkir Hoshimov so’z san’atidan, tilimizdagi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan. Romandan ko’chimlar va figuralarga istagancha misollar topish mumkin. Ayniqsa o’xshatish va uning turlariga misollar rang-barangdir. Romandagi har bir personaj o’zga bir olam. Ularning nutqi va nutqining ravonligi ortiqcha so’z va gaplardan mustasnoligi tilimizning boyligini oshiradi. U albatta yangi so’z ayta oladi. Asarning badiiyligi juda kuchli berilgan. Til boyligini yuzaga chiqarishda uni ahamiyatliligi va ta’sirchan bo’yoqlarga boyligi, o’xshatishga to’plangan misollarimizda ham ko’rinib turibdi. Leksik va grammatik tipdagi o’xshatishlarga yuzdan ziyod misollar to’pladim va ayrimlarini tahlil tartibini keyingi punkitda yoritib beramiz va talqin qilamiz.
Ma’lumki, tilshunoslik fanida O’tkir Hoshimov serqirra ijodi tili haqida aytilmagan gaplar ko’p. Ayniqsa uning ijodini uslubiy zahiralardan foydalanishdagi mahorati yanada chuqurroq o’rganilishiga muhtoj.
Adibning qaysi bir asariga ko’z yugurtirmaylik, ona tilimizdan zukkolik bilan foydalanilgani va so’zlar durdonasini bitta ikkita tergani va durlarni joy-joyiga qo’ygani ko’zga yaqqol tashlanadi.
Tildagi imkoniyatlarni o’z uslubiga mos tarzda badiiy mushohada qo’dratiga bo’ysindira olganligini ko’ramiz.
Yozuvchi “Tushda kechgan umrlar” romanida badiiy tasvir vositalaridan keng foydalangan. Buning ijobiy natijasini ilmiy tadqiqotlarda ko’ramiz. Uning romanidagi tasviriy vositalar uslubiyatda yanada mufassal, yana ham chuqurroq o’rganilmog’i lozim.
O’tkir Hoshimovning ijodini kuzatar ekanmiz uning she’riyatida o’xshatishlarning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa “Ona vatan”, “Muqaddas tuproq”, “Hayot haqiqatlari”, “Sevgi va muhabat sabr-qanoat” va “Ehtirom va sadoqat” haqidagi she’rlarida badiiy tasvir vositalarini mahorat bilan qo’llanganligini guvohi bo’lamiz. Iste’dodli yozuvchi O’tkir Hoshimovning ijodi va faoliyati haqida ustozlari va muxlislari tomonidan fikr-mulohaza bildirilgan, maktublar yo’llangan. Ular quyidagilar:
O’tkir Hoshimov asarlarini jozibador qilgan, ularga o’ziga xos badiiy tarovat baxsh etgan ikki muhim xususiyat bor. Bularning biri shuki, adib badiiy asarni yengil tashveqot vinitchasiga, jo’n targ’ibot quroliga aylantirmaydi, balki asarlarning ko’pchiligida biron umumbashariy muammoni o’rtaga tashlashga intiladi… ikkinchidan esa shu muammolarning hammasi, eng murakkab savollarga javob izlash kishini hayajonga soluvchi yuksak badiiy shakllarda amalga oshiriladi. Hayotdan olingan, o’zimizning tevarak atrofimizda tez-tez uchrab turadigan odamlarning taqdirida ifodalanadi. Eng muhimi esa bu odamlar yalang’oya g’oyalar tajassumi emas, o’z qiyofasiga shakli shamoyiliga ega bo’lgan, jozibasi kuchli shaxslar sifatida namoyon bo’ladi…
“ Bahor qaytmaydi” qissasi o’z vaqtida katta shuhrat qozondi. Uning asosida yaratilgan videofilm tillarga tushdi. Buning boisi shundaki, bir qarashda jo’n ko’rinadigan, turmushda tez uchrab turadigan voqea asosida qurilgan bo’lsa-da, juda muhim masalaga har qanday inson hayotida taqdirini belgilovchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muammoga bag’ishlanadi. Uch-to’rt odamning o’zaro munosabatini, ularning sil-silasidan tashkil topadigan taqdirlarni tahlil qilib, yozuvchi umumbashariy qadriyatlar haqida mulohaza yuritadi…
Yozuvchini kitobxonlar chin dildan yaxshi ko’radilar. Farg’onaning G’aniobod xo’jaligida ishlovchi Jafar’ali Payg’amov degan yigit pilla brigadasining boshlig’i ekan. Shu odam O’tkirning nomidan bir quti ipak qurti boqib, tushgan 828 so’m pulni (u paytda bu-katta pul edi), Jahon Tinchlik jamg’armasiga o’tkazibdi. Bu xabar matbuotda e’lon qilindi. O’tkirning iltimosi bilan Jafar’alining uyiga bordik. Turush-turmushi xarobgina. Keksa onasi bor ekan. Men Jafar’aliga aytdim: “Shuncha pulga xolodilnik, televizor olsangiz ham bo’ladiku”, desam, yigit ko’nglida borini aytib qo’ya qoldi. “ Men o’sha kitobga ishqibozligimdan shunday qildim. Televizor olish qochmaydi, aka!” .
Adib bilan ko’p safarlarda bo’ldim. Bunaqa misollarni ko’p ko’rdim. O’tkir Hoshimov xalqining suyukli adibi. Yozuvchi uchun bundan katta baxt yo’q.
Ozod Sharafiddinov.
O’zbekiston qahramoni.
“Hurmatli O’tkirjon!
Yoshim saksonga bordi. Pensiyadaman. Siz olib boradigan “Bahs” ko’rsatuvini tomosha qilib ko’p narsalarni o’yladim. O’kindim. O’ttizinchi yillardagi qahatchilikda kunjara yeganlarni ko’rdim. Ochlikdan shishib o’lganlarni ko’rdim. Urushda bo’lib, Polshagacha bordim. Nasibam qo’shilgan ekan, ona yurtimga qaytib keldim. Chindan ham bugun nom chiqararga to’y qilib, ortib qolgan qazon-qozon ovqatlarni cho’chqaxonalarga berayotganlar ham, nonni oyog’osti qilayotganlar ham bor. Bunisiyam mayli shunaqalar borki, to’rtta-beshta buqani shulha, kunjara bilan emas, magazindan arzon-garovga un olib, semirtirib sotayapti. Tag’in biz oziq-ovqat programmasini bajaryapmiz, deb maqtanadi. Odam yeydigan unni, ya’ni nonni hayvonga berish gunoh emasmi?”
Turg’unali Obidov.
Andijon, 1983 yil, 24-noyabr.

Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling