Oxu davolash ishi anatomiya fanidan tayyorlagan prezentatsiya ish
Download 1,64 Mb.
|
SH.SAYYORA ANATOMIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
Jigar qurtining og`iz teshigi og`iz so`rg`ichining o`rtasida joylashgan. Og`zi qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan ikki shoxli ichak boshlanadi. Ichakning har qaysi shoxi yana ko`p yon shoxlarga ajraladi. Shoxlarning uchi berk bo`lib, oziq qoldig`i og`iz teshigi orqali chiqib ketadi. Jigar qurti o`t suyuqligi va qon so`rib oziqlanadi. Uning ayirish, nerv va jinsiy sistemalari oq planariyanikiga o`xshash tuzilgan bo`ladi. Rivojlanishi. Jigar qurti germafrodit hayvon. Uning urug`langan tuxumlari xo`jayin jigari o`t yo`llaridan ichakka va undan tezak bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Tuxumlar suvga tushganida ulardan mikroskopik
To`garak chuvalchanglarning tanasi ikki tomondan ingichkalashgan duksimon shaklda yoki ipga o`xshash bo`ladi. Tanasining ko`ndalang kesimi to`garak, ya'ni doirasimon shaklni hosil qilganidan bu hayvonlar to`garak chuvalchanglar deyiladi. Tana bo`shlig`i suyuqlik bilan to`lgan bo`lib, uni teri-muskul xaltasi o`rab turadi. Hazm qilish va jinsiy sistemasi naylari ana shu tana bo`shlig`i ichida joylashgan. To`garak chuvalchanglarning nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Hazm qilish sistemasining oxirgi qismida chiqaruv teshigi bo`ladi. To`garak chuvalchanglar ayrim jinsli hayvonlardir. To`garak chuvalchanglar tipi 20000 dan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ular dengiz va chuchuk suv havzalarida, tuproqda hayot kechiradi. Bir qancha turlari o`simliklarda, odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) to`garak chuvalchanglarning tipik vakili hisoblanadi (11-rasm).
Download 1,64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling