Oy mavzusi: O’zbekiston mening vatanim Sentyabr oyining uchinchi xaftasi Xafta mavzusi: Men va mening oilam


Download 185.74 Kb.
bet1/3
Sana22.08.2023
Hajmi185.74 Kb.
#1669157
  1   2   3
Bog'liq
Oy mavzusi O’zbekiston mening vatanim Xafta mavzusi Men va men-fayllar.org



Oy mavzusi: O’zbekiston mening vatanim

Sentyabr oyining uchinchi xaftasi
Xafta mavzusi: Men va mening oilam

Maqsad: Oila, uning a’zolarining qadriga yetish, ularni xurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oila a’zolarini sanashga o’rgatish
Bolalar: o'z oilasi bilan faxrlanish va uning a'zolariga muhabbat tuyg'usini tarbiyalash, bolalarning o'z oilasi haqida bilimlarini kengaytirish: oila a'zolari, urf-odatlar, bobo-buvilar hayoti haqida.
Oilani muqaddas bilib, xurmat bilan oilaning urf-odatlariga amal qilishga undash. Bolalarda oila haqida tasavvur paydo qilish, o‘z ism sharifi, yashash manzilini o‘rgatish. Oilaviy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, oila a’zolariga nisbatan mehrli bo‘lishni uqtirish.

Kutilayotgan natija: Bolalarning oila, burch, xuquq xaqidagi tushunchalari mustaxkamlanadi. Mashgulot natijasida xar bir bola ota-ona, oila a’zolari xaqida, ular orasidagi munosabatlar qanday bo’lishi kerakligi, oilada tinch-totuv yashash, o’zaro mexribonlik, g’amxo’rlik, yordam tushunchasini bilib oladilar, kelgusida bir birlariga bo’ladigan munosabatini yaxshilash kabi ko’nikma xosil bo’ladi.

Kerakli jixozlar: AKT, Oila azolari to’g’risidagi slayd.
Faoliyat borishi:
Tarbiyachi- Bolalarni aqliy hujum orqali o’zimga jalb qilaman.
Bizlar aka singilmiz
Doim ochiq ko’ngilmiz
Urushmasdan yuramiz
Doim ahil inoqmiz
Shuning uchun quvnoqmiz.
Bolalar, siz baxtilisiz.Xammangizning o’z uyingiz, oilangiz bor. Oila deganimizda ko’z o’ngimizga eng avvalo kim keladi? Oilada kimlar yashaydi?
(Bolalarning javoblari)
Tarbiyachi: To’g’ri, oilada qadrdon otamiz, mexribon onamiz, opa-singil, aka-ukalarimiz bilan birga yashaymiz. Ota-onalarimizni xurmat qilish bizning burchimiz. CHunki ota-ona buyuk zotlardir. Ular sizni dunyoga keltirib, tarbiyalaydilar, asrab-avaylaydilar. Kelinglar sizlar bilan sher aytamiz.
Men dadam oyim
Birgamiz doim
Buvim, bobom va ukam
Oilamiz mustahkam.
Oila“ mavzusida slayd namoyish etiladi. Namoyish davomida tarbiyalanuvchilar bilan o’yin tarzida savol-javob o’tkaziladi.

Download 185.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling