Qatnashdi: Termiz shahar 12-sonli "Mehribonlik uyi" direktori D. N. Suvonova, O’quv maʼrifiy va maʼnaviyat bo’yicha direktor o’rinbosari X. Qulmamatova, Ijtimoiy reablitatsiya ishlari buyicha direktor o’rin bosari M


Download 0.67 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1352534
Bog'liq
mehribonlik uyi


12-sonli “Mexribonlik uyi”da Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Termiz filiali Yoshlar ittifoqining aʼzolari iqtidorli talabalari bilan xamkorlikda”21 asir pandemiyasi”mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
BAYONNOMASI
22.11.2020 Termiz sh.

Qatnashdi: Termiz shahar 12-sonli “Mehribonlik uyi” direktori D.N.Suvonova, O’quv maʼrifiy va maʼnaviyat bo’yicha direktor o’rinbosari X.Qulmamatova, Ijtimoiy reablitatsiya ishlari buyicha direktor o’rin bosari M.Damidov, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Termiz filialining iqtidorli talabalardan Joʻrayev Sh, Oʻrinov A, Jalilov N, Karimov D, Mardanakulov A, Yusupov T, Normurodov A, Umidullayev B, Mamatmusayev J, Joʻrayev J, Omonaliyev J, Xolmamatov S, Mardanov I, Eshdavlatov B, Rajabov B, Yoʻldashov M, Yangiboyev Sh, Majidov B, Xaydarov P, Qosimov Sh, Qurbonov A, Sattarov S, Davronov S, Boynazarov A, Rayimnazarov Sh,Tilovov R lar faol qatnashdilar.
Kun tartibi:
1. Toshktent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali faol talaba yoshlari haqida ma’lumot berish.
2. Talaba yoshlar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Koronavirus haqida umumiy ma’lumot berish.
3. Davra suhbatini ko’tarinki kayfiyatda o’tqazish va tarbiyalanuvchi yoshlarga yangi yil sovg’alarini ulashish.
Tadbir mazmuni:
Rayimnazarov Shaxzot: – Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishi hisoblanadi.Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yoʻliqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik ogʻirroq kechishi mumkin. Ayni paytda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari mutaxassislari ushbu virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.Hozirda xastalikdan saqlanishda qoʻllarni yuvish muhim oʻrin tutishi haqida koʻp gapirilmoqda qoʻllarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos.

Bundan tashqari, spirti dezinfeksiyadan foydalanish ham zarar qilmaydi. Ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan qaytganda ham qoʻllarni yuvishni unutmaslik kerak. Ayni kunlarda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan butun aholiga qoʻl yuvishning ahamiyati haqida sms xabarlar tarqatilayotganligining sababi ham ana shunda. Mutaxassis sifatida koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki uning xavfini kamaytirish uchun yana qanday ehtiyot choralarini koʻrish kerak. Avvalo, shamollash yoki gripp alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyiling. Yuzni qoʻl bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta doʻkonlar kabi odamlar yigʻiladigan joylarga borishni kamaytiring. Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz va burningizni berkiting. Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.Infeksiyadan saqlanish maqsadida himoya niqobini taqib yurish qanchalik zarur?Bilasizmi, sizda yoʻtal, nafas olishda qiynalish kabi respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa, shuningdek, tibbiyot xodimi sifatida infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan boʻlsangiz yoki borib koʻrsangizgina tibbiy niqobni taqib yurishingiz mumkin. Respirator infeksiyasi alomatlari mavjud boʻlmagan barcha holatlarda himoya niqoblarini taqib yurishga zarurat yoʻq. Infeksiyadan saqlanish maqsadida ovqat tayyorlayotganda qanday ehtiyot choralariga amal qilish lozimligi ham koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy...Avvalo, ovqat tayyorlayotganda, xom goʻsht va tayyor ovqatni kesish uchun alohida chopish taxtalari va pichoqlardan foydalanish zarur. Goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni yaxshilab yuvish muhim oʻrin tutadi. Goʻsht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning.
Sh.Jurayev – Xastalikdan saqlanishda qo‘llarni yuvish muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, spirtli dezinfeksiyadan foydalanish ham zarar qilmaydi. Ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan qaytganda ham qo‘llarni yuvishni unutmaslik kerak. koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki uning xavfini kamaytirish uchun avvalo, shamollash yoki gripp alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyilish kerakligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, yuzni qo‘l bilan ushlamaslikni, imkon qadar bozor, vokzal, katta do‘konlar kabi odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytirish kerakligi aytdi.

Bundan tashqari yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz va burunni berkitish kerak. ovqat tayyorlayotganda, xom go‘sht va tayyor ovqatni kesish uchun alohida chopish taxtalari va pichoqlardan foydalanish zarur Go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish esa muhim o‘rin tutadi. Go‘sht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlaning. Davra suhbatini qizg’in o’tqazish uchun davraga qorbobo taklif qilindi. Qorbobo tarbiyalanuvchi yoshlarni o’z yoniga chorlab o’z sovg’alarini ulashdi va bolalarni o’yinga taklif qildi.
Tadbirni yanada ko’tarinki o’tkazish maqsadida Omonaliyev.J tomonidan gitara cholg’usida jonli kuylar yangradi.


TTA Termiz filiali Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi: To’raqulov.A
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling