Oybek (1905-1968) to`liq ismi muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek


Download 4.59 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.59 Kb.
#1535899
Bog'liq
13. Oybek. Fanorchi ota

OYBEK

(1905-1968)

TO`LIQ ISMI

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan.

  • 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan.
  • Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‘qigan.

1-SHE’RI VA 1-TO`PLAMI

  • 1-she’ri 1922-yil yozilgan bo`lib, nomi - “Cholg’u tovushi”.
  • «Tuyg‘ular» 1-she’riy to`plami bo`lib, 1926-yilda chop etilgan.

DOSTONLARI

  • 1931-yil «Dilbar - davr qizi» ;
  • 1932-yil «O‘ch» ;
  • 1933-yil «Baxtigul va Sog‘indiq»

MASHHUR ROMANLARI

  • «Qutlug‘ qon» (1940);
  • «Navoiy» (1944);
  • «Quyosh qoraymas» (1958).

HIKOYALARI

  • «Fanorchi ota»;
  • «Musicha»;
  • «Singan umid»;
  • «Tillatopar»;
  • «Gulnor opa».

MASH’UM KUN

  • 1951-yil 16-aprel – Oybek insult kasaliga chalindi.

“FANORCHI OTA” hikoyasi

Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomi Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kuni kechqurun past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi.

HIKOYA QAHRAMONLARI


FANORCHI OTA
QOSIM CHO`LOQ
AHMAD

O`YLAB KO`RING

  • «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangandek hodisa Sizning hayotingizda ham bo‘lganmi?
  • Hikoyadagi «mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg‘ondi» degan gapni izohlashga harakat qiling. Bu «dushmanlik»ning sababi nima bo‘lishi mumkin?
  • Nima deb o‘ylaysiz: Qosim cho‘loqning xarakteri bilan uning ayni shunday laqab olishi o‘rtasida biror bog‘liqlik yo‘qmikin?
  • Mahallangizda, qarindosh-urug‘laringiz orasida Fanorchi otaga o‘xshash mo‘ysafidlar bormi?

MUSTAHKAMLASH

  • Matndagi xato ma’lumotlarni aniqlang. Mashg`ulot daftaringizga to`g`irlab yozing.

Taniqli o‘zbek adibi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‘qigan. 1925—1932-yillarda O‘rta Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o‘qishni bitirib, shu dorilfununda rahbarlik qilgan.
She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to‘plami «Tuyg‘ular» nomi bilan 1927-yilda chop etildi. Shundan so‘ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan romanchilikka qo‘l uradi. Birin-ketin «Dilbar - davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq» singari turli mavzudagi o‘nlab hikoyalari e’lon qilinadi.

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Download 4.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling