Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari
Download 67.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqOYBEKNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI
OYBEKNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI.DENOV - 2023Oybek o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Ozod Sharaflddinovning «Iste’dod jilolari» (1967) kitobidagi «So‘z san’atiga fidoyi sadoqat» deb nomlangan bo‘lim, Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilk harakat bo‘ldi.
Oybek tabiatidagi ilmiy-tanqidiy merosidagi kishini lol qoldiradigan narsa, qiziqish doirasining benihoyat kengligidir. U faqat o'zbek adabiyoti emas, qardosh xalqlar adabiyoti haqida teran maqolalar yozdi
Yozganda ham muammolarni chuqur bilim bilan qalamga oldi, har bir masalaning tub mohiyatini yoritdi. Pushkin va Shevchenkoga, Muqimiy va Chexovga, antik dunyo adabiyotiga, mumtoz adabiyotga bag‘ishlangan maqolalarida Oybek masalaga qomusiy bilimdonlik bilan yondashdi. U adabiy-tanqidiy qarashlari shakllanishining ilk bosqichidagi «Adabiyot qoidalari», «Cho'lpon. Shoirni qanday tekshirish kerak», «Munaqqidning munaqqidiga» singari maqola va taqrizlarida ayrim cheklanishlarga yo‘l qo‘ysa-da, o'rganilayotgan masalaning tub mohiyatini yoritish, munaqqidlik faoliyatining bosh a'moli bo‘lib qoldi.
Download 67.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling