To’pni otish paytida ushlab olish. Bo’yda va sakrash balandligida hujumchi oldida ba’zi
afzalliklarga ega bo’lgan himoyachi savatga otish paytida to’pni qo’ldan uchib chiqishiga
halaqit qilishi kerak. Otishga qarshi harakat paytida himoyachi bevosita to’p yaqinida bo’lishi
kerak. O’shanda bukilgan panjani to’pga yonidan – tepasidan qo’yishadi, natijada hujumchi
savatga otishni bajara olmaydi. To’pni to’sish o’yinchi sherikning straxovka qilishi davomida
ham amalga oshishi mumkin. Masalan, markaziy o’yinchi to’pni olgan zahoti sakrab burilib
savatga hujum qiladi. Biroq straxovka uchun tomonga boshqa himoyachi burilib, otishning
asosiy davrini boshlang’ich paytida to’pni orqasidan to’sadi. To’pni ushlab olish paytida butun
qo’l bilan (qo’llar bilan) yuqoridan pastga harakat qilishdan qochish kerak, ayniqsa, ikki yoki
bir qo’l bilan pastdan tashlashga harakat paytida.
Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish. Sakrab savatga to’p otishga samarali
qarshi harakat eng qiyin vazifa hisoblanib, himoyachidan butun kuchni safarbar qilishini,
mahoratini va e’tiborini talab qiladi. To’p barmoq uchlaridan chiqqanda va hujumchi
tomonidan nazorat qilinmayotgan payt, to’pni halqa tomon uchish yo’nalishidan qaytarish
uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.
O’zining shchiti oldida (yoki ostida) sapchigan to’p uchun kurashda to’pni egallash.
Hujumchi savatga to’p otganidan keyin himoyachi shchit tomonga raqib o’tishi mumkin
bo’lgan yo’lni to’sishi, mustahkam holatni egallashi, so’ng esa sapchigan to’pni tez va o’z
vaqtida egallash uchun sakrab, kurashish kerak. Sakrash ozgina yugurishdan keyin yoki joyida
turib, ikki oyoq bilan bo’lganidek, bir oyoq bilan depsinib bajariladi. Baland sakrab va to’pni
egallab, o’yinchi yerga tushayotganda, to’p yoki shchitga taalluqli bo’lgan qulay holatni
raqibning egallashiga halaqit berish uchun kuchli kurashda oyoqlarni keng qo’yadi va
gavdasini bukadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |