usullardan alohida ko’rinishda deyarli kam foydalaniladi. Aniq bir o’yin
holatida qiyin taktik
vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ko’proq ulardan bir usulning ikkinchi usul bilan yoki
fint bilan birin-ketin qoyilishi kompleksi qo’llaniladi.
Keskin yugurish finti – keskin yugurish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-chapga chiqarib
qo’yadi, gavdasini chapga bir oz egadi va himoyachiga uni chap tomonga aylanib o’tishga
tayyorlanayotganini ko’rsatgan holda xuddi o’sha tomonga qarashini (nigohini) o’tkazadi. Agar
himoyachi
fintga javob qaytarsa, u holda gavdani egish bilan himoyachi yonidan o’ng oyog’i
bilan shiddatli qadam qoyish kerak.
O’tish uchun finti – o’tish. O’tishga imitatsiya qilib o’yinchi oldinga – chapga qadam
qo’yadi, xuddi o’sha yo’nalishida qo’llar to’p bilan buriladi.
Himoyachi fintga javob
qaytarganda, o’yinchi darhol zarb bilan tepinib itariladi (turtiladi) va chap oyog’i qadami bilan
himoyachi yonidan to’p bilan o’ng tomonga o’tib ketadi.
Savatga to’p otish finti – uzatish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-o’ngga qo’yib otish
fintini bajaradi. O’sha yo’nalishda qo’lini to’p bilan oldinga chiqaradi. Bir oz tanaffus bo’ladi:
o’yinchi
oldingi holatda qolgan holda, nigoh va boshining burilishi bilan,
himoyachiga faol
harakatlar boshqa tomonga yo’naltirilganini ko’rsatadi. Himoyachi qarshi harakatlarga
tayyorlanadi, lekin bu vaqtda o’yinchi huddi oldinroq qilingan
fintni davom ettirayotganday,
usha tomonga o’tadi. To’psiz va to’p bilan fintlar (23,24-rasmlar).
23-rasm. To’psiz chalg’itish.
24-rasm. To’pni uzatish imitatsiyasi bilan chalg’itish.