O`Yinlar bolaga nima beradi?


Download 10.54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi10.54 Kb.
#1595206
Bog'liq
Milliy o`yinlar (maqola)


O`YINLAR BOLAGA NIMA BERADI?
Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob ahloqi, yurish-turishi, bir so`z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog`liq. Bugun zamon shiddat bilan o`zgariyapti. Bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim- yoshlar. Mayli, yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz, degan da`vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Sh.Mirziyoyev.
Maktabgacha ta`lim sohasidagi islohotlarni kuzatib boraman. Maktabgacha ta`lim tashkilotlariga ish yuzasidan tez-tez borib turaman. Ta`lim asosan o`yin tarzida olib borilishiga alohida diqqat qaratdim. O`shanda bolalarni o`yin bilan mashg`ul bo`lishganini ko`rib men ham ular tengi bo`lib, ular bilan mazza qilib o`ynagim keladi. Ularning kulgusi, chuchuk tillari bilan bir-biriga nimanidir tushuntirayotganini ko`rgan kishida yaxshi kayfiyat uyg`onadi. Kuzatib turar ekanman, bola o`zi o`ynayotgan obrazga kirishib ketadi. Bola o`zi uchun o`sha olamni kashf qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o`yinlari atrofdagi narsa va hodisalarni bilish quroli bo`lishi bilan birga, katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Ma`lumki, bolalar asosiy vaqtini o`yin bilan o`tkazadi. O`yin davomida bolalar ko`nikma va malakalar bilan qurollantiriladi, shu bilan birga dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobilyatlarini shakllantiradilar. Bir so`z bilan aytganda “o`ynab-o`ynab o`rganadilar”. O`yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlaman rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati hisoblanadi. O`yin jarayonida bola shaxsiy faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi. Boladagi ma`naviy tasavvurlar, atrofdagi hodisalarga diqqat oshadi. O`yin atrofida bajarilayotgan xatti-harakatlarga intiladi. Ular kabi bajargisi, ularning o`rniga bo`lib qolgisi keladi. Xo`sh kishida savol tug`iladi: “O`yinlar aslida bolaga kerakmi, kerak bo`lsa nima beradi?”. Ilgari bolani tug`ilganidan tarbiyalash kerak desalar hayron qolardim, axir mittigina go`dakka qanday tarbiya berish mumkin. Aslida ham shunday ekan, bola tug`ilganidan boshlab tarbiya berilar ekan. Kelajakda shaxs bo`lib shakllanishi uchun uchta omil xizmat qiladi. Bular: irsiyat, muhit hamda tarbiya. Bilamizki, shaxs, muayyan jamiyat a`zosi hisoblanadi. Aynan shaxs bo`lib shakllanishiga ham milliy o`yinlar, harakatli va didaktik o`yinlarning o`rni katta bo`ladi.
O`rta Osiyo madaniyati tarixiga nazar solsak, oilada farzand tarbiyasiga juda katta e`torbor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o`z asarlarida xalqimizga xos bo`lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritganlar. Xalq pedagogikasini o`rganish davrida olimlarning farzand ta`lim-tarbiyasi va odob-axloqiga oid asarlarida bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta`sirchan uslubi-o`yin shaklidan juda keng foydalanganligini ko`ramiz. Bolada o`yinlar orqali beshta jismoniy sifatlar (tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va kuchlilik) ham shakllanib boradi. O`yinlar orqali bolaning dunyoqarashi tasavvur olami kengayib boradi. Sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo`lib ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib e`zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baqquvat, sog`lom, jasur, qat`iyatli, chaqqon, uddaburon bo`lib o`sishlarida muhim omil hisoblanadi. Albatta, bolaga o`yin tanlayotganimizda uning jismoniy sifatlarini, imkoniyatlarini, eng asosiysi uning yoshiga mos bo`lishi kerakligini unutmasligimiz kerak. Bilamizki, bolalar orasida jismonan zaif tomonlari bor bolalar bo`lishi mumkin. Ana o`sha bolalarga biz taqdim qilayotgan o`yinlar zo`riqtirishi, holdan toydirishi, hatto qo`l, oyoq mushaklariga ham zarar yetkazishi mumkin. Bunda albatta tarbiyachidan xushyorlik, ziyraklik va katta mahorat talab etiladi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obektiv zaruratdir. Bunda maktabgacha ta`lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga ularni sog`lom, har tomonlama yetuk qilib tarbiaylash uchun zarur tashkiliy, uslibiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi. Bolalarni maktabga muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi, o`qishga intilish hisini uyg`otadi. Ko`rinib turibdiki bu vazifalar nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo`lib ushbu faoliayatga yuksak ma`naviy kuchga ega, yetuk kishilarni jalb etish lozim. Anglab yetganingizdek, bu kishilar MTT pedagog tarbiyachilari hisoblanadi va ular yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlar qilib tayyorlashdek o`z zimmalariga olgan bo`lishadilar. Demak, tarbiyachi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisiligi bo`yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Tarbiyachi ustoz bo`lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o`stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o`zi ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi chuqur, puxta bilimga ega bo`lishi, ta`lim tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lishi, yuksak darajadagi pedagogik mahoratga ega bo`lishi bolalarni kuzatish asosida ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to`g`ri tahlil qilib unga ta`sir etuvchi vositalarni qo`llay oladigan bo`lishi, qiziqishlarini inobatga olgan holda rang barang o`yinlar tashkillashtira olishi bu hozirgi zamon talabidir. Bu esa o`z navbatida tarbiyachining izlanishiga o`z ustida hamda jamiyat oldidagi o`z mas`uliyatini anglashga ta`lim-tarbiya vazifalarida ijodiy yondashishga o`z mahoratini takomillashtirib borishga undaydi. Tarbiyachi qanchalik mahoratli, o`z kasbini ustasi bo`lsa, shundagina u bola psixologiyasini oson tushunadi, bolani jalb qila oladi, qiziqtiradi va mashg`ulotlarning sifatli o`tishini ta`minlab kutilgan natijaga oson erishishi mumkin bo`ladi”. Darhaqiqat, bolani har tomonlama rivojlantirish uchun uning yoshiga vazifalarni berish maqsadga muvofiq bo`ladi. Aynan o`yinlar orqali bolada qiziqish paydo bo`ladi. Shu bilan birgalikda tarbiya ham o`yin orqali beriladi. Ma`lum bir obraz xatti-harakatlarining salbiy-ijobiy tomonlarini bola anglay boshlaydi. Masalan, “Harakatimdan top” o`yinini oladigan bo`lsak ushbu o`yinning maqsadi bolalarni diqqati, tafakkuri, tezkor ongini, nutqini rivojlantirish, muammoli vaziyatlardan chiqishga o`rgatishda qo`l keladi. O`yinda tarbiyachi harakat shaklini yoki buyum nomini ishora va harakat, mimikalar yordamida ko`rsatib beradi, bolalar qanday harakat holat bajarilganini yoki qaysi narsa buyumni ko`rsatilganini aytishlari kerak bo`ladi. Harkatni to`g`ri va tez topgan bola o`yinni davom ettitadi. Shu zaylda bolaning tasavvuri o`sib boradi. Bajarilayotgan xatti-harakatlar nimaga ishora qilishini o`ylaydi. O`yin davomida ham o`zi biror narsa buyumni shaklini imo-ishoralar orqali bajarib ko`radi. Bundan tashqari “Past-baland”, “Sehrli orolcha”, “Raqamlar sovg`asi”, “To`g`ri-notog`ri” kabi harakatli o`yinlar bolani har tomonlama rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Bolaga doimo yangi o`yinlar bilan tanishtirib borish kerak, aks holda bolada zerikish, bee`tiborlik tuyg`ulari rivojlanadi. Mashg`ulot davomida doimo tarbiyachi kuzatuvchan bo`lishi, bolalarga bir xilda e`tibor qaratishi lozim.
Azizjon Orzimurodov,
O`zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha ta`lim fakulteti 2-bosqich talabasi.
Download 10.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling