O’yinlar nazariyasi va metodikasi fanidan mustaqil ish yo’riqnomasi.
1-mustaqil ish topshirig’i.
Ilk qadam dasturida noyabr oyining birinchi va ikkinchi haftasi mavzusiga mos o‘yinlarni yig‘ish.
Tasniflab chiqilgan o‘yinlar ishlanmasini tuzib chiqish.
MTTlarda bolalar o‘yinlarini kuzating va yozib oling;
Siz turli o‘yinga oid kitoblardan hafta mavzusiga oid o‘yinlarni qidiring;
Yig‘ilgan o‘yinlar aynan noyabr oyi 1-2 -hafta mavzusiga tegishli bo‘lsin;
Ushbu o‘yinlar ishlanmasida: mavzu, maqsad, kerakli jihozlar, o‘yinning borishi tartibida yozib chiqing. Yozgan o‘yin ishlanmangiz tushunarli qilib yoritilgan bo‘lsin;
Yig‘ilgan o‘yinlar turli yosh guruhlari (3-4, 4-5, 5-6, 6-7) bo‘yicha tasniflab chiqing;
Berilgan mustaqil ta’limda o‘yinlar soni 10 tadan kam bo‘lmasligi talab etiladi
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 10
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, to‘liq, dalillar orqali yoritib bersa, 10 ball bilan baholanadi.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 7-8 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa,
6, 5 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.
Topshirish muddati: 19.11.2023
Fan o‘qituvchisi: G.F. Erkinjonova
Do'stlaringiz bilan baham: |