O‘yinlar nazariyasining predmeti va asosiy tushunchalar Antagonistik о‘yinlar. Optimal sof strategiyalar
Download 0.68 Mb.
|
1-мавзу O\'yinlar nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘YINLAR NAZARIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI.
O´yinlar nazariyasi avvaliga matematik o´yinlar nazariyasida asosiy e´tiborni shaxmat kabi oýinlarga qaratilgani sababli shunday atala boshlangan.Lekin amalda o´yinlar nazariyasi faqatgina o´yinlar bilan cheklanib qolmagani kabi, oýinlar nazariyasi yordamida haqiqiy oýinlardagi barcha vaziyatlarni o´rganish mumkin emas.
O‘YINLAR NAZARIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI. Mashhur afsonaviy matematik Djon fon Neyman antagonistik o‘yinlar nazariyasining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Mazkur nazariya Djon fon Neyman va Oskar Morgenshtern tomonidan ularning “Theory of Games and Economic Behavior” deb nomlangan va 1944 yilda chop etilgan asarida yoritilgan. Ziddiyatli vaziyatlar. Ikkita yoki bir necha tomon bir biriga qarshi yurishsa ziddiyatli holat vujudga keladi. Har bir tomonning qarori yoki strategiyasi boshqa tomonlarning maqsadlariga zid kelishi mumkin. Ziddiyatli vaziyatlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: bozordagi sotuvchi va xaridor; o‘zaro raqobatdosh firmalar; urush holatida bo‘lgan tomonlarning harbiy harakatlari; sport musobaqalari; prokuror va advokat qarorlari; jinoyatchi va tergovchi harakatlari. Keltirilgan ziddiyatli vaziyatlar har hil o‘yin turlariga misol bo‘la oladi. O‘yinlar nazariyasi tushunchasi. O‘yinlar nazariyasi - ziddiyatli vaziyatlarni matematik modellashtirish bilan shug‘ullanadigan matematik ilmiy yo‘nalish. Uning asosiy maqsadi – ziddiyatli vaziyat ishtirokchilari uchun ratsional strategiyalarni tanlash usullarini ishlab chiqish. Ushbu fandagi asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: o‘yin, o‘yinchi, yutuq, strategiya, optimal strategiya, to‘lov matritsasi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling