O‘yinlar nazariyasining predmeti va asosiy tushunchalar Antagonistik о‘yinlar. Optimal sof strategiyalar


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1125698
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу O\'yinlar nazariyasi


1-Mavzu. Antagonistik о‘yinlar. Jadvalli о‘yinlar, ularga doir misollar. Optimal sof strategiyalar, Optimal strategiyalarni topish usullari.
Reja:
  • O‘yinlar nazariyasining predmeti va asosiy tushunchalar
  • Antagonistik о‘yinlar.
  • Optimal sof strategiyalar

O‘yinlar nazariyasi 
o‘yinlarda optimal strategiyalarni o‘rganuvchi 
matematik metoddir. O‘yin deganda, o‘zlarining manfaatlarini ko‘zlovchi ikki va undan ortiq tomonlar ichida boruvchi kurash tushuniladi. O´yinlar nazariyasi matematikaning bir bo´limi hisoblanib, bir necha ishtirokchi (Agent)dan iborat sistemani tahlil qilish bilan shug´ullanadi. Shuningdek, o´yinlar nazariyasi murakkab vaziyatida haqiqiy, to’g’ri qaror qabul qilish yo´llarini ham o´rganadi.

Oʻyinlar nazariyasi — matematikaning noaniqlik mavjud boʻlgan vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish masalalari oʻrganadigan boʻlimi. Bunday masalalarning matematik modellari oʻyin deb ataladi. Oʻyinda bir yoki ikki oʻyinchi ishtirok etishi mumkin.

  • Oʻyinlar nazariyasi — matematikaning noaniqlik mavjud boʻlgan vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish masalalari oʻrganadigan boʻlimi. Bunday masalalarning matematik modellari oʻyin deb ataladi. Oʻyinda bir yoki ikki oʻyinchi ishtirok etishi mumkin.
  • Oʻyinda ishtirok etuvchi bir oʻyinchi qabul qiladigan qaror bir bosqichli yoki koʻp bosqichli boʻlishi mumkin. Uning harakatini butun oʻyin davomida toʻla belgilab beruvchi qoidalar strategiya deyiladi. Strategiyalar toʻplami oʻyinchining imkoniyatlari koʻpligini, oʻyinning murakkabligini aks ettiradi. Strategiyalarning maqsadga muvofiqlik darajasini aniqlash uchun oʻyinda toʻlov funksiyasi berilgan boʻlishi kerak. Oddiy optimallashtirish masalalarida faqat bir oʻyinchi ishtirok etib, toʻlov funksiyasi f(x) koʻrinishida boʻlsa, oʻyinda toʻlov funksiyasining qiymati oʻyinchiga bogʻliq boʻlmagan omillar — boshqa oʻyinchilar strategiyalari, noaniq (hatto ehtimollar taqsimoti ham nomaʼlum) miqdorlarga ham bogʻliq boʻladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling