Yutuq - har bir yurishda erishiladigan (pul yoki ball yoki boshqa ko‘rinishda ifodalanadigan) natija.
Strategiya – o‘yinchining qarori yoki yurishi, optimal strategiya esa – eng ratsional qaror yoki yurishdir.
To‘lov matritsasi – o‘yinchilar yurishlarining kombinatsiyalarini va ularga tegishli yutuqlarni ko‘rsatuvchi jadval. To‘lov matritsasi gohida yutuqlar jadvali deb ham ataladi. Yutuqlar ham alohida boshqa o‘zgaruvchilarning funktsiyasi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Nizolarni antagonistik o‘yinlar shaklida namoyon qilish. Agar o‘yinda ikkita ishtirokchi bo‘lsa, u holda antagonistik o‘yin – shunday o‘yinki, undagi bir o‘yinchining yutug‘i ikkinchi o‘yinchining yutkazishiga teng bo‘ladi.
Antagonistik o‘yinda quyidagilar berilgan bo‘lishi shart: birinchi o‘yinchining strategiyalari; ikkinchi o‘yinchining strategiyalari; barcha strategiyalar juftliklari uchun tegishli yutuqlar jadvali, ya’ni to‘lov matritsasi. To‘lov matritsasi. Har bir o‘yinning o‘lchovlari bo‘ladi. Umuman olganda, m n o‘lchovli o‘yinda birinchi o‘yinchining m ta strategiyasi va ikkinchi o‘yinchining n ta strategiyasi bo‘ladi.
Masala (jinoyatchini ketidan quvish). Faraz qilaylik, muayan shaxs jinoyat sodir etib, militsiyadan qochmoqchi. Militsioner A jinoyatchi B ni: mototsiklda, engil avtomobilda yoki mikroavtobusda quvishi mumkin, chunki uning yonida aynan shu transport vositalari turibdi. Jinoyatchi B esa: yuk mashinasi, engil avtomobil yoki mopedda qochishi mumkin. Ikkalasi bir vaqtda qaror qabul qilishi lozim. Agar A o‘yinchi i-strategiyani, B esa j-strategiyani tanlasa, u holda A ning yutug‘i ga teng, B ning yutug‘i esa ga teng. Yutuq - bu tegishli ball, ya’ni -10 dan 10 gacha bo‘lgan shkaladagi samaradorlik
Jadvalda militsionerning yutuqlari keltirilgan: agar son musbat bo‘lsa, militsioner yutadi, manfiy bo‘lsa esa – yutkazadi, nol bo‘lsa – poyga murosasiz davom etadi.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |