Oynak ishlab chiqarish barcha mashinalar umumiy tuzilishi va tasnifi
Download 417.5 Kb.
|
Mashinalar yaratishning texnik asoslari-jasurbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha mahsulotlari qanday yaratilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz O‘zbekistonda ham tiniq, har tomonlama sifatli oynalar ishlab chiqarilishini bilasizmi
Farg’ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti TMJ 27-20 guruh talabasi Yakubov Jasurbekning mashinalar yaratishning texnik asoslari fanidan taqdimot loyasi
Oynak ishlab chiqarish barcha mashinalar umumiy tuzilishi va tasnifi
Farg‘onada joylashgan yirik Kvars zavodi shisha yetishtirish sohasida nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda ham yetakchi kompaniyadir. Mazkur kompaniya 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasida avtomobilsozlik sanoati uchun oynalar, qurilish oynalari, sayqallangan va chiniqqan shisha buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Avvallari shishasozlikning asosiy xomashyosi bo‘lgan kvars qumlari xorijdan keltirilgan. Biroq Navoiy viloyatida kvars qumi topilgani tufayli mahsulotni endi mahalliy xomashyodan tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Zavodda shuningdek, polietilen qop va plyonkalar, o‘rov qog‘ozlari ham ishlab chiqarilmoqda. Oynaga istalgan rangdagi turli tasvir va naqshlar tushirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda 4 mm.dan 19 mm.gacha bo‘lgan oynalarni ham topish mumkin.
Avvallari Kvars zavodida qumni tozalaydigan maxsus sex bo‘lmagan, mahsulotlar esa biroz xiraroq bo‘lganligi uchun aholi orasida sifatsiz deb yodda qolgan. Ammo kompaniya bu muammoga chek qo‘ydi. Hozirda qumlar alohida sexda obdan tozalanadi va o‘zining sifati bilan bozordagi raqobatdoshlaridan sira qolishmaydi.
Download 417.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling