Oyqor qfy raislik qiluvchi


Download 14.72 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi14.72 Kb.
#1462663
Bog'liq
61- maktab korrupsiya bayonnomasi


“Tasdiqlayman”
61- maktab direktori:
_________ F.Ataboyev.


BAYONNOMA
---------- Oyqor QFY


Raislik qiluvchi: Maktab direktori F.Ataboyev
Ishtirok etganlar: A.Abdurazoqov – tuman prokurori kata yordamchisi
Maktabning 24 nafar o’qituvchilari
Kun tartibi:

  1. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash, ta’lim muassasalarini “Korrupsiyasiz soha” ga aylantirish to’g’risida.




  1. O’quvchilar o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish to’g’risida.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktori F.Ataboyev so’zga chiqib, yig’ilish ishtirokchilariga, hozirgi kunda Respublikamizda korrupsiya jinoyatiga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligiga qaramasdan ayniqsa ta’lim muassasalarida to’la to’kis barham topmaganligini ta’kidladi. F.Ataboyev o’z ma’ruzasida davom etar ekan, so’z A.Abdurazoqov – tuman prokurori kata yordamchisi berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani va bu borada ustuvor vazifalar belgilab berilganligini ta’kidladi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 % ga va kelgusida 50-60 % ga yetkazish ko’zda tutilayotganligi, oliy o’quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar ko’paytirilishi, qizlar uchun alohida grantlar ajratilishi borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Hozirgi kunda ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha” ga aylantirish oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. A.Abdurazoqov so’zida davom etib, ishtirokchilarga korrupsiya haqida to’xtalib, korrupsiya - mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-huquqiy hodisa ekanligi, aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko’zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof ravishda daromadlarni qo’lga kiritish ekanligini tushunamiz.


Uning kelib chiqish ildizi qayerdaligi, uning sabablarini aniqlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo’llarini topish to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdi. Qonunda belgilanganidek, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etishi, qarindosh-urug’chilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga rahna solmaslik kerakligini gapirib, so’zining yakunida korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo’llash samarali hisoblanmasligi, zero korrupsiyaga qarshi kurashish butun jamiyat ishi ekanligini, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlar amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik-oldini olish choralari favqulotda muhim ekanligi to’g’risida, xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev- “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olamiz” deb ta’kidlaydilar.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab MMIBDO’ Sh.Musayev so’zga chiqib, tumandagi umumta’lim maktablari o’quvchi yoshlari tomonidan sodir etilgan jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Bu borada maktab ma’muriyati, ota-onalar tomonidan qanday profilaktik tadbirlar o’tkazib borishlik to’g’risida o’zining takliflarini berib o’tdi.


Yuqorida bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarish maqsadida kengaytirilgan tarkibdagi umumiy majlis ishtirokchilari


Qaror qiladi:

1. Maktab direktori F.Ataboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy targ’ibot ishlarini kuchaytirish MMIBDO’ Sh.Musayev zimmasiga yuklatilsin.
3. Maktabda o’qituvchi va o’quvchilarning huquqiy savodxonliklarini oshirishlarini ta’minlash maktabning huquqshunoslik fani o’qituvchisi S.Norbo`tayev zimmasiga yuklatilsin.
4. Maktabda yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilsin.

  1. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maktab MMIBDO’ Sh.Musayevga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi: F.Ataboyev
Kotibi: O’.Egamova
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling