O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar
Download 19.62 Kb.
|
Abdurahmonov Ibrohimjon 2 nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 1.Jismoniy tarbiya fani boyicha oquv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari.
- 5. Rejalashtirishning aniqligi orgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar. Yil bo‘yi davom etadigan sport mashg’ulotini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi? Mashg’ulot davrlari haqida nimalarni bilasiz? Tayyorlov davri bilan musobaqa davri nimasi bilan farq qiladi? Yakunlovchi davrda nima ishlar qilinadi? JAVOBLAR
1. 1.Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari.2. Ko'nikma va malakalarni shakllantirish yo'llarining psixologik, pedagogik-metodik tasnifi. 3. O'spirin yoshlarda sport mashqulotlarini amalga oshirish negizi va jismoniy mashqlarga o'rgatishning tarkibiy tuzilishi. Rejalar xalq va hunar- texnika ta'limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me'yoriy hujjatlariga muvofiq bo'lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo'g`inlari uchun tuziladi. Hamma o'quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo'lishi lozim.2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo'ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta'sir etsa, shunisiga keng yo'l ochib beriladi. O'rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko'proq qismini ochiq havodan o'tkazishni rejalashtirgan ma'qul.3. Rejalashtirishga qo'yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma'lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.4. Reja amalga oshiriladigan bo'lishi kerak. Rejalashtirishda o'quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta'minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo'lsa, o'quv dasturidan biroz chetlangan bo'lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma'lumki, imkoni bo'lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o'qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko'pincha dastur bo'limiga yangi talablar kiritilganda bo'ladi.5. Rejalashtirishning aniqligi o'rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.Ko'p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta'minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.Rejalarni tuzishdan oldin o'qituvchi zarur axborotlarni to'plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o'quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o'tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturlarini yaxshilab o'rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o'zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o'rganishda o'quv materiallarining sinfdan-sinfga o'tadigan izchilligini ta'minlash imkonini beradi. O'quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o'rganish, bunday ma'lumotlarni hujjatlarni o'rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o'quvchilar bilan suhbatlar boy ma'lumot beradi.Jismoniy tarbiya bo'yicha o'tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo'llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo'lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.Jismoniy tarbiya darslari bo'yicha o'quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o'rganish zarur. Ko'pincha bular bir-biridan farq qiladi.Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling