O`z istiqomat qiladigan hudud bo`yicha malumot


Download 445.92 Kb.
bet3/4
Sana23.09.2023
Hajmi445.92 Kb.
#1686211
1   2   3   4
Bog'liq
beshariq

Aholisi

  • Aholisi, asosan oʻzbeklar; ruslar, tojiklar, qirgʻizlar, tatarlar va boshqalar ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 193 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 22 ming kishi, qishloq aholisi 179 ming kishi (2000).
  • Tumanda Tibbiyot birlashmasi, markaziy poliklinika, Madaniyat uyi va boshqa davlat tashkilotlari faoliyat olib boradi.

Xo`jaligi

  • Tumanda paxta tozalash zavodi, tibbiyot paxtasi tayyorlaydigan, yigiruv toʻquv va mebel fabrikalari, paxta chiqindisidan karton ishlaydigan va past nav paxtani qayta ishlab tozalaydigan mahalliy sanoat kombinati bor. Tumanda 138 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: metall qopqoqlar tayyorlovchi, xalq isteʼmoli mollari chiqaruvchi „Navbahor“, „Bahor“ kichik korxonalaridir. Yerlari unumdor hisoblanadi. Suv bilan yaxshi taminlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 21,6 ming ga, shu jumladan 12,3 ming ga yerga paxta, 0,09 ming ga yerga sabzavot, 0,9 ming ga yerga beda, 0,76 ming ga yerga makkajoʻxori, 0,04 ming ga yerga sholi ekiladi.

Beshariq paxta tozalash zavodi AJ "Farg'onapaxtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmasi tarkibidagi paxta tozalash korhonasi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 12.06.2001 yildagi 252-sonli «Respublika paxta tozalash sanoatining boshqaruv tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi Qarori asosida shaklida tuzilgan. Korhona o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda o'zining ustavi asosida yuritadi.
Beshariq paxta tozalash zavodi AJ "Farg'onapaxtasanoat 1973 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2020 yilda noyabr oyidan boshlab klaster tizimiga utkazilgan.

Fermer xo’jaliklari tomonidan ekib yetishtirgan paxta hosilini kontraktatsiya shartnomasiga binoan Davlat paxta tozalash zavodiga qarashli paxta tayyorlash punktiga topshiradi. Paxta tayyorlash punktlari zavodga nisbatan joylashishiga qarab zavod qoshidagi yoki zavoddan tashqarigi punktlarga bo’linadi. Zavod qoshidagi tayyorlash punktlari zavodning umumiy teritoriyasida joylashgan bo’lib, bu yerdan (asosiy zavoddan) uzoqligi 15 km masofa chamasida joylashgan xo’jaliklarning, zavoddan tashqarigi punktlar esa 15 km dan uzoq joylashgan xo’jaliklarning paxtasini qabul qiladi.

  • Fermer xo’jaliklari tomonidan ekib yetishtirgan paxta hosilini kontraktatsiya shartnomasiga binoan Davlat paxta tozalash zavodiga qarashli paxta tayyorlash punktiga topshiradi. Paxta tayyorlash punktlari zavodga nisbatan joylashishiga qarab zavod qoshidagi yoki zavoddan tashqarigi punktlarga bo’linadi. Zavod qoshidagi tayyorlash punktlari zavodning umumiy teritoriyasida joylashgan bo’lib, bu yerdan (asosiy zavoddan) uzoqligi 15 km masofa chamasida joylashgan xo’jaliklarning, zavoddan tashqarigi punktlar esa 15 km dan uzoq joylashgan xo’jaliklarning paxtasini qabul qiladi.
  • Paxta tayyorlash punktining idorasi, laboratoriya va boshqa yordamchi xonalar odatda bir binoga joylashgan. quritish-tozalash tsexining o’txonasi, suyuq yoqilg’i ombori, transformator podstantsiyasi, 25 tonnali avtomobil tarozi joylashgan paxta qabul posti, hududga kirish darvozasi, chegara devorlari, mexanizmlar turadigan maydoncha, o’t o’chirish deposi, ko’mir saqlaydigan maydoncha, ichki darvoza, kanalizatsiya nasosi, 17,500 m3 suv sig’adigan xovuz, oshxona, o’t o’chirish nasosi, suv minorasi va projektorlar tegishli tarzda teritoriyaga joylashtirilgan.

Download 445.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling