O’z o’lkasiviloyatidagi joy nomlarini o’rganish dalvarzintepa kushon podshohlarining qarorgohi tarixiy yodgorliklar


Download 0.62 Mb.
bet4/4
Sana13.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1195809
1   2   3   4
Qirq-Qiz qalʼasi
Eski Termizdan 3 kilometr g‘arbda qadimiy qalʼa joylashgan. Arxeologlar qalʼa qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va tadqiqotlar davomida bu yerda ko‘plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari, tangalar, gipsli haykallar va boshqalar.
Qirq-qiz qalʼasi bilan qadimgi afsona bog‘liq. Bir vaqtlar bu qalʼada jasur malika Guloyim 40 nafar dovyurak jangovar hur qizlardan iborat kanizaklari bilan birga yashagan. Qadimiy qalʼaning nomi mazkur qizlar nomidan kelib chiqqan. Jasur hur qizlar o‘zlarining qalʼalarini va bekalarini qattiq himoya qilganlar, dushmanlarning hujumlarini qaytarib, erkaklarning yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymaganlar.

Xulosa


Ammo bir kuni Kokildor-ota ismli yigit qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U sochlarini uzun qilib o‘stirdi va shu tufayli qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Yigitning ayyor rejasi tezlikda oshkor bo‘ldi, malika esa unga oshiq bo‘lib,ular ajoyib to‘y o‘tkazdi.
Balkim shuning uchun Qirq-Qiz qalʼasining xarobalari yengib bo‘lmaydigan qalʼaga o‘xshaydi. Lekin aslida bino keng yo‘lakli va ko‘p sonli xonalari bo‘lgan katta saroylardan biri edi.
Agar siz qadimiy qalʼani ziyorat qilsangiz, ilgari mahalliy chillaxona vazifasini o‘tagan g‘ayrioddiy xonaning qoldiqlarini ko‘rishingiz mumkin. U yerda hanuzgacha shoxlariga mayda matochalar bog‘lab qo‘yilgan eski daraxt bor. Afsonaga ko‘ra, onalik baxtiga erishish istagida bo‘lgan farzandsiz ayollar bu yerga kelib, zurriyot uchun ibodat qilib, bo‘lg‘usi bolalarning ismlari yozilgan kichik matochalarni daraxt shoxiga bog‘lab qo‘yadilar.

ADABIYOTLAR


1. Баратов П. Ер билими ва ўлкашунослик. –Т.: Ўқитувчи, 1980.
2. Maktab o’lkashunosligi (ma’ruzalar matni). Tuzuvchi Z.S.Saidkarimova. -T.: 1999.
3. Сафиуллин Х.З. Географическое краеведание в общеобразовательной школе. -М.: 1979.
4. Egamov B.Y. Ta’limda tog’ turizmi. – T:. Ilm ziyo, 2009. -160b.
5. Egamov Y.B., Egamov B.Y., Tovboyev Z.E. Yosh sayyoh –T.: Ilm ziyo, 2012, – 208 b.
6. Karpov V. Entsiklopedicheskiy slovar yunogo geografa – kraeveda. - M.: Prosveщenie, 1981.
7. Sayyohlik o’lkashunoslik to’garaklari. Dasturlar to’plami. –T.: Ilm ziyo, 2008. -160 b.
8. Xaydarov K., Nishonov S. Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish. -T.: O’qituvchi, 1982.
9. Egamov B. Sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimining tashkiliy-metodik asoslari. – T.: Ilm ziyo. 2010. – 128 b.
10. Qoraev S. O’zbekiston viloyatlari toponimlari. -T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2005, - 240 b.
11. Geografik o’lkashunoslik fanidan o’quv uslubiy majmua
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling