O’z-o’zini baholash uchun test savollari


Download 178.87 Kb.
bet1/3
Sana27.08.2020
Hajmi178.87 Kb.
#127902
  1   2   3
Bog'liq
kolloid test


O’Z-O’ZINI BAHOLASH UCHUN TEST SAVOLLARI

1. Harorat ko’tarilishi bilan toza suyuqliklarning sirt tarangligi qanday o’zgaradi?

A. Ortadi;

B. Kamayadi;

D. O’zgarmaydi;

E. Ekstremal o’zgaradi.

J: B

2. Suyuqliklarning sirt tarangligi shuncha katta bo’ladi ...



A. Suyuqlik ichida molekulalararo ta’sirlashuv qancha katta bo’lsa;

B. Suyuqlik ichida molekulalararo ta’sirlashuv qancha kichik bo’lsa;

D. Harorat qancha yuqori bo’lsa;

E. Fazalararo sirt yuza qancha katta bo’lsa.

J: A.

3. Suyuqliklarni sirt tarangligi ortib borish tartibida joylashtiring:



A. Geptan;

B. Sirka kislota;

D. Izopropil spirt;

E. Suv


J: σgeptan < σizopropil spirt < σsirka kislota < σsuv.

4. Qaysi sistemada fazalararo sirt taranglik minimal qiymatga ega ?

A. Suv-benzol;

B. Suv – anilin;

D. Suv – geksan;

E. Suv – toluol.

J: B.

5. Fazaning hajmida atom, ion, molekulalarning tortishuviga nima deyiladi ?



A. Adgeziya;

B. Adsorbsiya;

D. Ho’llanish;

E. Kogeziya.

J: E.

6. Sirt tarnglik kamayishi bilan sodir bo’ladigan hodisa ...



A. Adsorbsiya;

B. Peptizatsiya;

D. Emulsiyalarning qatlamlanishi;

E. Ho’llanish

J: A va E.

7. Dispers sistemalarda o’zgarmas bosim va haroratda o’z-o’zicha boradigan jarayonga nima deb aytiladi ?

A. Dispergirlash;

B. Izotermik haydash;

D. Adsorbsiya;

E. Emulgirlash.

J: B va D.

8. Agar suv solingan idishga radiuslari bilan farq qiluvchi 2 ta shisha kapillyar tushirilsa, kapillyarlarda suyuqlik sathi ...

A. har ikkala kapillyarda bir xil bo’ladi;

B. radiusi katta bo’lgan kapillyarda suyuqlik sathi baland bo’ladi;

D. radiusi kichik bo’lgan kapillyarda suyuqlik sathi baland bo’ladi;

E. har ikkala kapillyarda suyuqlik sathi idishga nisbatan past bo’ladi.

J: D.

9. Mos javoblarni tanlang:



A. Ho’llanish; 1. > 900; 2. < 900;

B. Ho’llanmaydi; 3. =00; 4. cos > 00;

D. To’liq ho’llanish yoki yoyilish 5. cos = 1; 6. cos < 00;

7. σq/s> σq/g; 8. σq/s< σq/g;

9. σq/g > σq/s + σs/g.

J: A – 2,4,8; B – 1,6,7; D-3,5,9

10. Uglevodorodlarning ho’llash shartlari:

A. Qutbli qattiq sirtlarni ho’llaydi;

B. Qutbsiz qattiq sirtlarni ho’llaydi;

D. Istalgan sirtni ho’llaydi;

E. Qattiq sirtni amalda ho’llamaydi.

J: D.


11. Sirtning dag’alligi:

A. Ho’llanishni yaxshilaydi;

B. Ho’llanishni yomonlashtiradi;

D. Ho’llanishga ta’sir etmaydi;

E. Liofil sirtlar uchun yaxshi; liofob sirtlar uchun yomon ta’sir ko’rsatadi;

F. Liofob sirtlar uchun yaxshi; liofil sirtlar uchun yomon ta’sir ko’rsatadi.

J: E.

12. Sirt taranglik izotermasi bu qaysi parametrlar orasidagi bog’liqlik ?



A. σ = f(c);

B. σ = f(c) T = const bo’lganda;

D. σ = f(g) T = const bo’lganda;

E. To’g’ri javob yo’q.

J: B.

13. Traube – Dyuklo qoidasi ... uchun to’g’ri:



A. SAMlarning yuqori konsentratsiyadagi sohalari uchun;

B. SAMlarning istalagan konsentratsiyalari uchun;

D. SAMlarning past konsentratsiyali sohalari uchun;

E. SAMlarning o’rtacha konsentratsiyali sohalari uchun.

J: D.

14. Uglevodorod radikalining uzunligi ortishi bilan SAMlarning qutbli erituvchilardan adsorbsiyasi ...



A. Ortadi;

B. Kamayadi;

D. O’zgarmaydi;

E. Maksimum orqali o’tadi.

15. Noto’g’ri javobni tanlang. Kolloid eritmalar:

A. Qog’oz filtrlardan o’tadi;

B. Dializga uchraydi;

D. Sedimentatsion barqaror;

E. Termodinamik barqaror.

J: Kolloid eritmalar – liofob dispers sitemalar bo’lib, dispers faza va dispersion muhit zarrachalari o’rtasidagi ta’sirlashuv kuchsiz ifodalangan, shuning uchun ular termodinamik beqarordir, ular o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi va stabilizatorsiz mavjud bo’la olmaydi.

J: E.

2. Kolloid eritmalar olish sharoitida muhim emas:



A. Erimaydigan moddaning hosil bo’lishi;

B. Reagentlardan birining mo’l miqdorda olinishi;

D. SAMlarning ishtiroki;

E. Begona (yot, o’zga) elektrolitlarning bo’lmasligi.

J: D.

3. {[Fe(OH)3]m ∙ n FeO+ ∙ (n – x)Cl-}x+ ∙ xCl- mitsellani tashkil etuvchi zarrachalarga mos keluvchi javoblarni tanlang:



1. Agregat; A. n FeO+;

2. Mitsellaning yadrosi; B. [Fe(OH)3]m;

3. Potensial aniqlovchi ion; D. [Fe(OH)3]m ∙ n FeO+;

4. Adsorbsion qavatdagi qarama-qarshi zaryadli ionlar; E. xCl-;

5. Diffuzion qavatning qarama-qarshi

zaryadli ionlari; F. {[Fe(OH)3]m ∙ n FeO+ ∙ (n – x)Cl-}x+;

6. Kolloid zarracha; G. (n – x)Cl-

J: 1B, 2D, 3A, 4G, 5E, 6F.

4. Dispers sistemalarning sedimentatsion barqarorligi...

A. φ – potensial kattaligiga;

B. ζ – potensial kattaligiga;

D. Zarrachaning radiusiga;

E. Yuqoridagi barcha omillarga bog’liq.

J: D.


5. Kolloid eritmalarning agregativ barqarorligi...

A. Elektrolit qo’shilganda;

B. Harorat pasaytirilganda;

D. Eritma aralashtirilganda;

E. SAM qo’shilganda ortadi.

J: D.


6. Moslarini tanglang:




Nomlanishi




Fizik ma’nosi

1

Koagulyatsiya

A

Zarrachalarning elektr maydonida ko’chishi

2

Peptizatsiya

B

Gelning zolga o’tishi

3

Sedimentatsiya

D

Zolning gelga o’tishi

4

Koalessensiya

E

Mayda tomchilarning qo’shilishi

5

Elektroforez

F

Sentrifugada zarrachalarning cho’kishi

J: 1D, 2B, 3F, 4E, 5A.

7. Moslarini tanlang:



1

Fazalar chegarasidagi potensial – bu...

A

Sirg’anish chegarasidagi potensial

2

Diffuzion qavat potensial – bu...

B

Adsorbsion va diffuzion qavatlar chegarasidagi potensial

3

Elektrokinetik potensial-bu...

D

Dispersion muhit bilan dispersion faza chegarasidagi potensial

4

Izoelektrik nuqta - bu...

E

Sekin koagulyatsiya tez koagulyatsiyaga o’tganidagi kolloid zarrachaning potensiali

5

Kritik ζ – potensial – bu ...

F

Koagulyatsiya boshlangan vaqtdagi kolloid zarrachaning potensiali

J: 1D, 2B, 3A, 4E, 5F.

8. As2S3 zoli uchun indifferent elektrolitni ko’rsating:

A. NaNO3; B. KMnO4; D. CaCl2; E. barcha javoblar to’g’ri.

J: E.


9. AgI zoli uchun noindifferent elektrolitni ko’rsating:

A. KI; B. AgNO3; D. hech qaysi elektrolit; E. KI va AgNO3.

J: E.

10. AgNO3 (mo’l) + KI = AgI↓ + KNO3 reaksiyasi natijasida olingan zolning koagulyatsiyasini qaysi ionlar chaqiradi ?



A. Suv molekulalari;

B. Kationlar;

D. Anionlar;

E. Kationlar va anionlar.

J: D.

11. Ionning zaryadi ortishi bilan uning koagullovchi ta’siri...



A. O’zgarmaydi;

B. Ortadi;

D. Kamayadi;

E. Har xil o’zgaradi.

J: B.

12. Manfiy zaryadli Mn(OH)2 zoli uchun quyidagi elektrolitlarning koagulyatsiya bo’sag’asi kichik bo’ladi ?



A. Na2SO4; B. Ca(NO3)2; D. K4[Fe(CN)6]; D. AlCl3.

J: D.


13. Tez koagulyatsiyaning tezlik konstantasi-...

A. Muhitning qovushqoqligi va haroratga;

B. Elektrolit konsentratsiyasiga va haroratga;

D. Potensial baryer kattaligiga;

E. Zolning tabiatiga va haroratga bog’liq.

J:A ga muvofiq A-javob to’g’ri.

14. Koagulyatsiya turlari va elektrolitlar orasidagi mos keluvchilarni aniqlang:

A. Konsentratsion;

B. Neytralizasion;

D. Tez;


E. Sekin.

Elektrolitlar:

A. Noindifferent elektrolit;

B. Indifferent elektrolit;

D. Erimaydigan birikma hosil qilib potensial belgilovchi ion bilan kimyoviy ta’sirlashadigan ion saqlovchi elektrolit;

E. Zarrachaning ζ – potensialini 30 mV gacha kamaytiruvchi istalgan elektrolit;

F. Zarrachaning ζ – potensialini 0 gacha kamaytiruvchi istalgan elektrolit;

J: 1B, 2A,D; 3F, 4E.

15. Yangi tayyorlangan bariy karbonat cho’kmasining kimyoviy peptizatsiyasini qaysi ion chaqiradi:

A. CaCl2; B. BaCl2; D. NaCO3; E. HCl.

J: E.

1. Quyidagi kislotalardan qaysi biri suvning sirt tarangligini yuqori darajada kamaytiradi ?



A. Chumoli kislota;

B. Sirka kislota;

D. Propion kislota;

E. Kislotalarning barchasi ham bir xil sirt taranglikka ega.

J: Dyuklo-Traube qoidasiga ko’ra suyultirilgan eritmalarda bir xil molyar konsentratsiyalarda gidrofob qismidagi metilen guruh ( - CH2 -) bittaga ortganda SAMlarning sirt faolligi 3 ÷ 3,5 marta ortadi. Demak, to’g’ri javob D ya’ni propion kislota.

2. Aktivlangan ko’mir – gidrofob sorbent bo’lib;

A. Qutbsiz erituvchilardan qutbli moddalarni;

B. Qutbli erituvchilardan qutbsiz moddalarni;

D. Qutbli erituvchilardan qutbli moddalarni;

E. Qutbsiz erituvchilardan qutbsiz moddalarni yaxshi adsorbilaydi.

J: B

3. Berilgan moddalar orasidan sirt noaktiv moddalarni tanlang:



A. NaOH; B. H2SO4 D. C17H35COONa; E. K2SO4; F. CH3COOH

J: A,B,E.

4. Benzoldagi eritmadan silikagelga adsorbsiyasida natriy sterat silikagelga qaysi tomonidan yo’naladi ?

A. gidrofob guruh tomonidan;

B. gidrofil guruh tomonidan;

D. karboksil guruh tomonidan;

E. hohlagan tomonidan.

J: Rebinder qoidasiga ko’ra to’g’ri javob B va D.

5. Berilgan ionlardan qaysi birining adsorbsion xususiyati yuqori ?

A. K+ B. Ca2+ D. Al3+ E. Adsorbsion xususiyatlari bir xil.

J: Ionlarning adsorbsiyalanuvchanligi ularning tabiatiga (zaryadiga, radiusiga, gidratlanish darajasga) bog’liq. Radiusi katta bo’lgan ion, kam solvatlanadi va yaxshi adsorbsiyalanadi. Ko’p zaryadli ionlar bir zaryadli ionlarga nisbatan (H+ dan tashqari) yaxshi adsorbilanadi. Demak, to’g’ri javob Al3+.

6. Liofob kolloid eritmalar:

A. Stabilizatorlar ishtirokida barqaror;

B. Stabilizator bo’lmaganda barqaror;

D. Stabilizator ishtirokida beqaror;

E. Stabilizatorning ishtiroki ahamiyatga ega emas.

J: A.

7. NaCl ning koagulyatsiya bo’sag’asi (Ca(NO3)2 nikiga nisbatan katta. Zolning zarrachasi qanday zaryadlangan ?



A. Musbat;

B. Manfiy;

D. Zaryadga ega emas;

E. Zaryadi 0 ga teng.

J: B.

8. AgI zoli KI miqdorda olinganda AgNO3 bilan KI larning o’zaro ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan. Qaysi ion potensial belgilovchi ion bo’la oladi ?



A. Ag+ B. I- D. K+ E. NO

J: B.


9. Elektroforez – bu...

A. Dispersion muhitga nisbatan dispersion fazaning siljishi;

B. harakatsiz dispers fazaga nisbatan dispersion muhitning siljishi;

D. Elektr maydonida ham dispersion muhitning ham dispers fazaning harakati;

E. Oqsillarni ajratish usuli.

J: A va E.

10. Qaysi komponentlar emulsiya hosil qila oladi ?

A. Gazsimon muhit va suyuq zarracha;

B. Suyuq muhit va qattiq zarracha;

D. Qattiq muhit va gazsimon zarracha;

E. Suyuq muhit va suyuq zarracha.

J: E


11. Qaysilari gidrofob adsorbentlarga mansub:

A. Aktivlangan ko’mir;

B. Grafit;

D. Talk;


E. Tuproq;

F. G’ovak shisha.

J: A,B,D

12. Qaysilari gidrofil adsorbentlarga mansub:

A. Aktivlangan ko’mir;

B. Grafit;

D. Silikagel;

E. Rux;


F. Tuproq.

J: D,F


13. Dispergirlash metodiga qaysilari kiradi?

A. Tuman hosil bo’lishi;

B. Peptizatsiya;

D. Erituvchini almashtirish usuli;

E. Ultratovush ta’siri.

J: B,E


14. Kolloid sistemalarning osmotik bosimi nimaga bog’liq ?

A. Molyar konsentratsiyaga;

B. Qismiy konsentratsiyaga;

D. Zarrachalar o’lchamiga;

E. Zarrachalar shakliga.

J: B


15. Kolloid sistemalarning buzilishi:

A. Sedimentatsiya;

B. Koagulyatsiya;

D. Koalessensiya;

E. Peptizatsiya.

J: B


16. Quyidagilarning qaysilari kolloid sistemalar olishning kondensatsion usuliga kiradi ?

A. Peptizatsiya;

B. Erituvchini almashtirish usuli;

D. Ultratovush ta’siri;

E. Tutunning hosil bo’lishi.

J: B,E


O’z-o’zini baholash testi

  1. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. Au - H2O (r = 5nm) B. Kaolin – H2O (r = 20nm)

C. CaCO3 – H2O (r =15 mkm) D. AgI - H2O (r = 130nm)

2. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. BaSO4 – H2O B. Ba(NO3)2 – H2O

C. Ba3(PO4)2 – H2O D. BaCl2 – H2O

3. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. Lateks B. AgI - H2O (r = 200mkm)

C. Tabiiy kauchuk – benzol D. BaSO4 – H2O (r = 20 mkm)

4. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. CaCO3 – H2O (r =25 nm) B. CaCO3 – H2O (r =15 mkm) C. CaCO3 – H2O (r = 10-4 sm) D. CaCO3 – H2O (r =500 A0 )

5. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. NaCl – C6H6 B. NaCl – H2O

C. K2CO3 – H2O D. AgNO3 – H2O

6. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. Fe(OH)3 – H2O B. FeCl3 – H2O

C. Fe(PO4)2 – H2O D. Fe(NO3)3 – H2O

7. Qaysi sistema kolloid sistema hisoblanadi?

A. AgI – H2O (r =30 nm) B. Kaolin – H2O (r =20 mkm)

C. Oltin – H2O (r =0.05 nm) D. CaCO3 – H2O (r =25 mkm)

8. Fe(OH)3 zolining mitsellasini ko’rsating

A.

B.

C.

D.


Download 178.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling