O’z-o’zini rivojlantirish


-mashg’ulot “Yuzma – yuz»” 10 minut


Download 14.9 Kb.
bet2/3
Sana03.04.2023
Hajmi14.9 Kb.
#1322256
1   2   3
Bog'liq
Rivojlantirish

2-mashg’ulot “Yuzma – yuz»” 10 minut
– Guruh a’zolari juftlarga boʻlinadilar va 3-5 minut oraligʻida bir-birlarining koʻzlariga tikilishadi, ular mashqdagi sherigining bolalikda qanday boʻlganligini tasavvur qilishga harakat qilishadi. Soʻngra taassurotlar bilan oʻrtoqlashib, oʻz tasavvurlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishadi.
Maqsad: trening qatnashchilarida shaxslararo aloqa oʻrnatish, ayni paytda
vujudga kelayotgan qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan bolalik xotiralariga qaytish.
3-mashg’ulot «Oʻzgaga e’tibor» . 10 minut
– Qatnashchilar tashqi (A) va ichki (B) doira hosil qilishadi. A doiradagi qatnashchi B doiradagi sherigining biror bir sifatini ijobiy baholaydi. U esa A qatordagi sherigi aytgan gapni takrorlaydi va oʻzidan qoʻshimcha qiladi, masalan, quyidagi mazmunda: «Bundan tashqari, men …» Soʻngra qatnashchilar bitta odamga suriladilar va muloqotdagi sheriklarini almashtiradilar. Mazkur holat barcha qatnashchilar bilan soʻzlashib chiqqanlaricha davom etadi. Keyin A va B qatorlar joy almashishlari mumkin.
Maqsad: Pozitiv tafakkur malakasini rivojlantirish. Maqtovni qabul qilish koʻnikmasi, «teskari aloqa»
4-mashg’ulot. “O’z-o’zini gipnoz qilish” (Motivatsiya) 10 minut
Avvalo kaftlaringizni bir-biriga yopishtiring, ko’rsatkich barmog’ingizni bir-biriga mahkam yopishtiring. Men hozir 3gacha sanaganimdan keyin, men aytgan harakatlarni qilishingizni so’rayman.
3 deganimda ko’rsatkich barmog’laringizni bir-biridan ayrib, barmoqlaringizdan ko’zingizni uzmasdan, meni tinglashingiz kk. Ushbu harakatlardan keyin o’zingizda o’zgarish seza boshlaysiz.
Xo’sh tayyormisiz!!! 1, 2, 3…
Barmoqlaringizni ayiring va ularga diqqat bilan qarang…. Barmoqlaringiz bir-biriga yaqinlashmoqda. Go’yoki ular orasiga magnit qo’yilganidek, yaqinlashdi va bir-biriga tegdi. Bu xol tezroq bo’lishi mumkin yoki sekinroq. Barmoqlar bir-biriga tekkanidan keyin yana airing. Ana endi ular tezroq bir-biriga yaqinlashyapti..
Agar sizda shunday xol ro’y bergan bo’lsa, siz hozirni o’zida gipnoz ostida bo’ldingiz. Bu gipnoz ongimizni, fikrlashimizni, axborot qabul qilib javob qaytarishimizni amalga oshiradi. Bundan maksimal darajada foydalanish sirini o’rganamiz. 1daqiqa oldingi topshiriqda barmoqlaringiz haqida buyruqni onggingizga berdingiz va bu amalga oshdi. Ushbu buyruq holatlarni uyquga yotishdan avval ham bajarishingiz mumkin. Demak siz uyqudan oldin ertaga, indinga nima bo’lishi haqidagi qayg’uyingizni to’xtating. Uni o’rniga ertaga va undan keying kunlarda nima qilishingiz qanday yaxshi ishlarni qilishingiz haqida rejalaringizni tuzing. Ertangi yangi kunni qanday baxtli voqealar bilan o’tkazish haqida aniq maqsadlar qo’ying. Bu mashqi har kecha uyquga yotishdan oldin qilishga odatlaning. Ertangi kunda o’zingiz istagandek ideal inson bo’lib uyg’onishni tasavvur qiling.
Sizda 1hafta ichida ijobiy o’zgarishlar seziladi. Ishlaringiz yurishadi, xayotga esa o’zgacha ko’z bilan qarasgni boshlaysiz. Muvaffaqiyatga erishayotganiningizni anglab yetasiz.

Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling