XULOSA
Yoshlar ma‟naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida
shakllantirish vatanparvarlik, jamoatchilik, erk, ozodlik, adolatparvarlik,
mardlik,
do„stlik,
tarbiyalilik,
axloqiylik,
or-nomus,
halollik,
mexnatsevarlik, mehr-oqibat kabi ko„nikmalarning ular tarbiyasida vujudga
kelishi bilan bogliqdir.
Milliy qadriyatlarimizni o„zga xalqlar urf-odatlari bilan qiyoslab
o„rgatish bolalarda boshqa xalqlarning qadriyatlariga qiziqish uyg„otadi,
ularga nisbatan hurmat shakllanadi. Bunday dars o„tish darsning samarali
va mazmunli bo„lishiga ham yordam beradi.