O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarbiya mustaqil ish
QIRG„IZ XALQI VA O„ZBEK XALQI QADRIYATLARIDAGI O„XSHASHLIKLAR
Qirg„iz xalqining milliy urf-odati hisoblangan “Oltin kuz” bayrami bizda nishonlanadigan “Hosil bayrami” ga o„xshaydi. Maktablarimizda sentabr- oktabr oylarida ko„p hollarda boshlang„ich sinf o„quvchilari orasida o„tkaziladi. Bunda bolalar turli xil poliz ekinlari, meva-sabzavotlar va ba‟zi hollarda milliy taomlarimizdan ham olib kelishadi. Hakamlar har bir sinfning keltirgan mahsulot turlarini sanaydi va son va tur jihatidan ko„p mahsulot olib kelgan sinf o„quvchilari g„olib bo„ladi. Bayram so„ngida barcha keltirilgan taom va mevalar o„rtaga qo„yiladi va barcha o„quvchilar bahamjihatlikda tanavvul qilishadi. Bu o„quvchilarda o„zaro hurmat, hamjihatlik tuyg„ularini shakllantirishga yordam beradi. Maktab davridan mazmunli xotiralar qoldiradi.
ANOR BAYRAMI
Har yil Ozarbayjonda anor terish mavsumida anor bayrami norasmiy tarzda nishonlanadi. Bayram kunlari Ozarbayjonning anorchilik markazi hisoblangan Geokchay shahrida, bogʻdorlar anorning turli navlari, anor sharbati, murabbolarni namoyish etadigan koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi.
5-SINF TARBIYA DARSLIGIDA “MILLIY AN‟ANA VA QADRIYATLARIMIZ” MAVZUSINING BERILISHI
mo„ljallangan bo„lib, “Ibrat” hikoyasi bilan boshlanadi. Ushbu mavzuda oilada ota-onaga g„amxo„rlik qilish, kattalarga hurmatda bo„lish; urf-odatlarimizdan hashar, bayramlarimizdan esa “Navro‘z” bayrami haqida ma‟lumotlar berilgan. Milliy taomlarimizdan osh, sumalak keltirilgan.
Darslikda o„zga xalqlarning urf-odat va qadriyatlari haqida to„xtalinmagan. Shu sababli o„qituvchining o„zi o„quvchilarga qo„shimcha bilim sifatida boshqa xalqlarning an‟analari, bayramlari haqida ma‟lumot berib borsa, o„quvchilarda o„zga millat vakillarining qadriyatlariga nisbatan qiziqish uyg„onadi va tasavvur hosil bo„ladi. Bunda o„qituvchi berayotgan ma‟lumotlariga qo„shimcha rasm va vedyo lavhalardan, audio materiallardan foydalansa dars yana ham jonli o„tadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling