Ozarbayjon ta’lim tizimi Bajardi: Xoshimova Y
Download 0.51 Mb.
|
Ozarbayjon ta’lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qashshoqlik
- Salomatlik
- Yetimbolalar
- Talim
Ma'lumki, Kavkaz mintaqasidagi eng zich joylashgan davlatlardan biri bo`lgan Ozarbayjon uzoq vaqt notinchliklar iskanjasida bo`lgan. Bu esa o`z-o`zidan mamlakatdagi bolalar hayotiga ham o`z ta'sirini o`tkazmay qolmagan. Garchi so`nggi yillarda bolalarning turmush tarzida anchayin ijobiy o`zgarishlar kuzatilgan bo`lsa-da, ayrim muammolar haligacha to`liq hal bo`lmagan. Quyida ozarbayjonlik bolalar duch keladigan ayrim muammoli sohalarni keltirib o`tamiz.QashshoqlikNisbatan barqaror iqtisodiy vaziyatga qaramay, asosan neft' sanoatidan olinadigan daromadlar xalqning aksariyat qismiga etib bormaydi. Shu sabab ba'zi oilalarda yashash sharoiti og`ir bo`lib, ular farzandlarining farovon hayotini ta'minlay olishmaydi. Shu sabab ayrim holatlarda bolalar mehnati ham kuzatilishi mumkin. BMTning Bola huquqlari to`g`risidagi Konventsiyasida belgilangan tamoyillar ana shu sabablar tufayli to`liq hayotga tatbiq etilmaydi.SalomatlikSalomatlikYashash sharoiti haminqadar bo`lgan pastki qatlam bolalari tibbiy jihozlar va infratuzilmalarning etishmasligi tufayli sog`lik bilan bog`liq muammolarga duch kelishadi. Aholining aksariyati A vitamini tanqisligidan aziyat chekadi. Natijada ko`plab bolalar ruhiy salomatlik muammolari bilan tug`iladi. Statistikaga ko`ra, yiliga taxminan 20 mingta holat aynan shunday oqibatga olib keladi. Shuningdek, bolalarni emlashda foydalaniladigan vaktsinalarni saqlashda ayrim kompaniyalarning sanitariya talablariga amal qilmasligi, natijada bunday vaktsina bilan emlangan bolalarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori ekani ta'kidlanadi.Bundan tashqari, kambag`al oilalarda to`yib ovqatlanmaslik natijasida tug`iladigan chaqaloqlarning 10 foizi kam vaznga ega bo`ladi.YetimbolalarOzarbayjonda ota-onasidan ajralgan 20 mingga yaqin bola bor. Ularning ba'zilari mehribonlik uyiga joylashtirilgan bo`lsa, ba'zilari ko`chada yashashi ham mumkin. Ko`pincha bunday bolalar chidab bo`lmas sharoitlarda kun kechiradi. Yana bir kutilmagan jihat shundaki, ayrim bolalar ota-onasi tirik bo`lsa ham oiladagi yomon munosabat tufayli o`zlarini "ijtimoiy etim" deb hisoblashar ekan. Bundan tashqari ta'lim, sog`liqni saqlash va boshqa xizmatlardan foydalanishda qarovsiz bolalarning imkoniyatlari mavjud emas.Ta'limTa'limOzarbayjonlik bolalarning to`rtdan bir qismidan ko`prog`i maktabga bormaydi. Ba'zi oilalar maktab xarajatlariga pul topa olmagani uchun farzandlarini o`qita olmaydi. Bundan tashqari ayrim oilalarda bola maktabga bormasa ko`proq foyda keltiradi, deb hisoblashadi. Chunki maktabga bormagan bolada ishlash uchun vaqt bo`ladi va nochor oila uchun bu ham bir najot bo`lib ko`rinadi. Qolaversa, ayrim maktablarda ta'lim sifati ham qoniqarli emas. Eski binolar, malakasiz o`qituvchilar sababli bolalar sifatli ta'lim ololmaydi.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling