Ozarbayjonning ijtimoiy iqtisody rivojlanishi va muammolari Kirish. Umumiy ma’lumotlar
Mustaqillikning birinchi davri (1991-1994)
Download 33.36 Kb.
|
kurs ishi - Copy
2.1.Mustaqillikning birinchi davri (1991-1994)
amlakatning zamonaviy tarixini o’rganadigan bo’lsak, 1991-1994 yillarni mustqillikdan keyingi 1-davr sifatida ko’rishimiz mumkin. Zamonaviy Ozarbayjon iqtisodiyoti shaklanishida 1991-1994-yillarda Tog’li Qorabog’ urushi ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ozarbayjon ushbu urushni Armanistonga boy berdi. 20000ga yaqin Ozarbayjon fuqarolari qurbon bo’ldi. Mamlakat o’z hududining 20%- qariyb 22700 km2 dan ayrildi. 290000 ta oila yoki 1 millionga yaqin inson o’zlari yashab turgan joylarini tashlab chiqdi (ular hozir Ozarbayjon hududidagi 70 dan ziyod ahoi yashash manzilgohlari va shaharlarda yashashadi, 11 ta shahar, 7 ta tuman va yana 87 ta aholi yashash manzilgohlari armanlar tomonidan qo’ldan chiqdi. Shuningdek tashllab chqiqilgan hududlardagi turli infrastruktra: 180dan ziyod sanoat ishlab chiqarish obyektlari va ulardagi 18000 kishilik ish o’rni, 850 ta ta’liminshootari, 650 ta shifoxona va sog’liqni saqalsh obyektlari, 600000 ga yaqin chorva, 7000 ga yaqin qishloq xo’jaligiga taaluqli inshootlar va obyektlar, 1500 kmlik elektr toki uzatish liniylari, 2500 ta transformatorlar, 23000 kmlik suvoqava kanallari, 2000 kmlik gaz taqsimlash liniyalari, 4 ta aeroport va Boku-Agdam, Boku-Nakchivan-Yerevan yo’nalishidagi temir yo’llardan ayrildi. Boy berilgan hududda 650 ming gektarlik qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar bore di va u mamlakatda ishlab chiqariladigan uzumning 41%, kortoshkaning 46%, donli maxsulotlarning 24%, go’sht maxsulotlarining 18%, chorva va parranda maxsulotlarining 34%ini ta’minlar edi. Shuningdek, mamlakat 135 kmlik muhim temir yo’l tarmog’idn ajraladi, o’z anklavi Navhichan bilan aloqa o’rnatish murakkablashdi. 1991-1994-yillardagi Qorabog’ urushi Ozarbayjon iqtisodiyotiga keltirgan zarari 100 mlrd AQSh dollordan yuqori bahoanadi. Bu esa mamlakat ning keying rivojlaishiga ta’sir etmay qolmadi. Ozarbayjon sobiq Sovet ittifoqi tarkibiga 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR tashkil etilishi bilan kirdi. Mamlakat hududi qishloq xo’jaligi uchun qulay bo’lib, hududining 56 % haydaladigan unumdor yerlar edi. Shunday bo’lsada MarkazQo’mning noto’g’ri rejalari tufayli Ozarbayjon sobiq SSSR uchun, asosan, gaz va neft koni edi. 2-jahon urushi yillarida fashistlar armiyasi Kavkazga hujum qilishiga qaramay, ular Ozarbayjon hududiga kirishmadi. O’tgan asrning 60-yillarida mamlakat neft va gaz sanoatida o’zining strategic maqomini yo’qotdi, sobiq SSSRning boshqa hududlaridan ham katta miqdorda gaz va neft zaxiralari aniqlanib, qazib chqarish yo’lga qo’yildi. Qayta qurish davriga kelganda Ozarbayjon iqtisodiyoti deyarli tanazzulga uchrab bo’lgan edi.Shuningdek, mintaqadagi siyosiy holat ham turg’un bo’lmay Tog’li Qorabog’da harbiy to’qnashuvlar kuzatilmoqda edi. Mamlakat 1991-yil 30-avgustda mustaqillik e’lon qilindi. Lekin bu ham yuqorida qayd etilgan muammolarni yechimi bo’la olmadi. Mustaqil Ozarbayjonning 1-prezidenti Ayaz Mutalliboyev 1991-yil 18-oktabr kuni Ozarbayjonning Mustaqillik deklaratsiyasini e’lon qildi va ushbu kun ular uchun Mustaqillik bayrami hisoblanadi. Mamlakatda 1992-yilda ishlab chiqarish 1991-yilga nisbatan qariyb 2 barobarga qisqarib ketdi, hukumat siyosatda stabilikni ta’minlab bera olmadi, Armaniston Rossiya ko’magida Tog’li Qorabog’ uchun faol harbiy harakat boshladi. 1992-yil 25-fevral arman harbiylari Xo’jaylida tinch aholini qirg’in qilishdi, bunga javoban ozarbayjonlik harbiylar Maragada etnik armanlar qirg’inini amalga oshirishdi. Mamlakatning 1-hukumati yetarli darajada shakllantirilgan armiya tashkil eta olmagani uchun, Ozarbayjonning 1 Tog’li Qorabog’da ta’sir doirasi yo’qolib bordi, Tog’li Qorabog’dagi etnik ozarbayjonlar yashovchi Shusha shahri armanlar tomonidan egallandi. Shunday vaziyatda hukumatga qarshi 1992-yil 15-mart kuni siyosiy to’ntarish amalga oshirildi, Ayaz Mutalliboyev Moskvaga qochib ketdi. 17-iyun 1992-yil qayta saylv tashkil qilindi, hukumatga Abulfaz Elchibey keldi. U ham oldingi president kabi siyosatni barqarorlashtira olmadi, Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududining qariyb 20 % (20300 km2) egallandi, 1 milliondan ziyod aholi boshqa joyga ko’chishga majbur bo’ldi. Mamlakatda Surat Huseynov boshchiligida harbiy muholifat vujudga keldi.
Download 33.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling