Ozarbayjonning ijtimoiy iqtisody rivojlanishi va muammolari Kirish. Umumiy ma’lumotlar


Download 33.36 Kb.
bet3/9
Sana09.01.2022
Hajmi33.36 Kb.
#262622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi - Copy

Umumiy ma’lumotlar*




Mustaqillikka erishilgan sana

30-avgust, 1991-yil

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lishi

30-yanvar, 1992-yil

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lishi

2-mart, 1992-yil

Mustaqil Davlatlar Tashkilotiga a’zo bo’lishi

19-sentyabr, 1995-yil

Yevropa Konsulligiga a’zo bo’lishi

17-yanvar, 2001-yil

Maydoni

86600 km2

Aholi soni

10,140,000 kishi (dunyoda 91-o’rin)

Aholi zichligi (har 1 km kvga)

123 kishi

Poytaxti

Boku shahri

Rasmiy tili

Ozarbayjon

Pul birligi

Manat

Yalpi ichki mahsulot (nominal)

44 mlrd AQSh dollori (86-o’rin)

Yalpi ichki mahsulot (PPP)

187 mlrd AQSh dollori (72-o’rin)

Urbanizatsiya

56%

Ma’muriy hududiy bo’linishi*




Avtonom Respublika

1 ta – Navhichan Avtonom Respublikasi

Tumanlar

66 ta

Shaharlar

78 ta

Tuman maqomiga ega shaharlar

14 ta

Qishloqlar

4620

Geografik ma’lumotlar




Maydoni

86600 km2 (o’rmonlar 12%, haydaladigan qishloq xo’jaligi yerlari 31.1%, o’tloqlar 31.4%, baliqchilik uchastkalari 1.7%, tog’lar 23.8%)

Chegaralari

Jami chegaralarning uzunligi 2650 km, shundan 1007 km Armaniston bilan, 471 km Gruziya bilan, 392 km Rossiya bilan, 15 km Turkiya bilan; shuningdek 813 km lik sohilda Kaspiy dengizi bilan tutashgan

Asosiy sug’orish daryolari

Kur- 1515 km

Azar- 1071 km

Alazan- 413 km

Gabirri- 389 km



2.1 Ozarbayjon sobiq SSSR tarkibida.

Sobiq SSSR tarkibida Ozarbayjon iqtisodiyoti ittifoqning boshqa mamlakatlari kab ixtisoslashganlik xarakteriga ega edi. O’zbekiston paxtaga, Qozog’iton temir va ko’mir rudasiga ixtisoslashganligi kabi, Ozarbayjon SSSR uchun katta miqdordagi neft-gaz zaxiralari uchun kerak edi. Qazib chiqarilgan neft asosan Rossiya va Ukrainaga jo’natilardi, tabiiy gaz esa Kavkaz mamlakatlariga yetkazib berilgan. Shuningdek, Ozarbayjon qishloq xo’jaligida ham salohiyati mintaqa mamlakatlariga nisbatan yuqori edi. Hududining qariyb 55 (4.7mln ga)% sug’oriluvchi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar tashkil etardi

Mamlakatda kattta miqdorda neft qazib chiqarilishi tufayli Ozarbayjon yillik budjet profitsitiga ega mamlakat edi. Ushbu davrda Ozarbayjon bir qator iqtisodiy o’sishga erishdi, lekin bu o’sish stabil emas edi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyoti 1960-1970-yillarda o’rtacha 5.2 % o’sish ko’rsatkichiaga ega o’lgan bo’lsa, 1970-1980-yillllarda ushbu korsatkich 7.4% gacha oshdi, ammo 19980-1990 yillarda o’sish amalda to’xtadi, iqtisodiyot orqaga ketdi. Shunday bo’lsada mamlakatda 1990-yilda YIMning aholi jn boshiga to’g’ri kelish ko’rsatkicuhi boshqa mamlakatlarga qaraganda anchayin yuqori 1200 AQSH dollori atrofida edi.

Shunday bo’lsa-da, Sovet davrida Ozarbayjon iqtisodiyoti juda ko’plab muammolar bore di, bu esa keyinchalik bevosita mustaqillik uchun kurashga turtki bo’ldi. Jumladan:

1. Kommunistik tuzum mamlakat uchun farovon hayot tarzini ta’minlab berolmadi, aholda boqimandalik kayfiyati shakllandi. Siyosiy va iqtisodiy institutlar talabga javob bermasdi.

2. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi past edi. Asosan xomashyoga asosalangan iqtisodiyot 1990-yilda mahalliy talabning teng yarminigina qondira olardi.

3. Sobiq ittifoq ichidagi savdoda Ozarbayjon qariyb 30-40 lik ijobiy saldoga ega bo’lishiga qaramay, eksport tovarlarining 50% dan ziyodi neft-gaz mahsulotlari edi. Ishlab chiqarilga neftning yarmidan ko’pi Rossiyda qayta ishlanardi.

4. Mamlakatda ishlab chiqarishning yuqori darajadagi markazlashuvi (Kaspiybo’yi neft konlari) kuzatildi.

Yuqorida sanab o’tilgan bir qator omillar Ozarbayjonnning mustaqilligi uchun kurashni tezlatdi. Bu holat nafaqat Ozarbayjonda balki , butun ittifoq miqyosida bo’layotgan edi. Ittifoqning parchalanishi ushbu mamlakatlarning orzusini amalga oshirdi, lekin asoratlar uzoq cho’zildi. Jumladan, Ozarbayjonda ham.


Download 33.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling